Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 07.04.1992 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.04.1992 yildagi 178-son
Kuchga kirish sanasi
07.04.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN TURKIYA RESPUBLIKASI O‘RTASIDAGI KADRLAR TAYYORLASh SOHASIDAGI BITIMLARNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi doimiy iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro tajribalardan foydalanish, mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kadrlar tayyorlash sohasidagi bitimlarning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish yuzasidan 1-ilovaga* muvofiq muvofiqlashtiruvchi guruh tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi bitimlarni bajarishning quyidagi grafiklari tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga* muvofiq kadrlarni tayyorlash sohasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga* muvofiq turk tili va adabiyoti bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaga* muvofiq umumta’lim maktablari va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilari bilan almashinish sohasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-ilovaga* muvofiq matbaa mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2—5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ko‘rsatib o‘tilgan bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha sarf-xarajatlar smetasi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur mablag‘larni ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi Turkiya Respublikasiga boruvchi talabalar va o‘quvchilarga hamrohlik qiluvchi shaxslarga xarajatlar uchun valyuta ajratish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, Aloqa vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi uchun eng zarur bo‘lgan mutaxassisliklar nomenklaturasiga muvofiq ravishda testlarda qatnashish uchun talabalarni o‘z vaqtida va sifatli tanlashni ta’minlasinlar, testlarni o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmalari bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni amalga oshirish uchun zarur adabiyotlarni birinchi navbatda nashr etilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi respublika va viloyatlar til o‘rganish markazlarida qisqa muddatli kurslar tashkil etish va testdan o‘tgan talabalarga turk va ingliz tillarini samarali o‘qitish, shu maqsadlar uchun Turkiya Respublikasi vakillaridan foydalanish masalalarini hal etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi talabalarning o‘qishi bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Turkiya Respublikasidagi vakolatxonasi to‘g‘risida Turkiya tomoni bilan kelishib olsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘qishga yuborilayotganlarning ketish hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirishni va ularni yuborishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, Milliy axborot agentligi hukumatlararo bitimlarning qanday bajarilayotganligini muntazam yoritib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq M.I. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin. O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kadrlarni tayyorlash sohasidagi bitimlarning qanday amalga oshirilayotganligi 1992-yilning oktyabr oyida ko‘rib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178-son