01.02.2019 yildagi 78-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish orqali sport inshootlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish va ularning bu sohaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, jismoniy tarbiya va sport sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va trenerlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2019-yil 1-fevraldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq jismoniy tarbiya soatlaridan bo‘sh vaqtlarida sport inshootlarida trenerlar tomonidan aholiga, shu jumladan, o‘quvchi-yoshlar va talabalarga ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport xizmatlari pullik asosda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida trenerlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushgan to‘lovning 20 foizi kommunal xizmatlar xarajatlariga yo‘naltiriladi, qolgan qismi davlat ta’lim muassasasi va trenerlar o‘rtasida teng miqdorda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda sport turlari, eng avvalo, ommaviy sport turlari bo‘yicha yangi qo‘shimcha seksiya va guruhlarni tashkil etish hisobiga sport inshootlaridan foydalanish darajasini oshirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pullik xizmat ko‘rsatiladigan sport inshootlarining manzili, ish vaqti, ko‘rsatiladigan xizmat turlari va narxlari haqidagi ma’lumotlar Internet jahon axborot tarmog‘ida doimiy ravishda keng yoritilishini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 78-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom davlat ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) sport inshootlarida trenerlar tomonidan jismoniy tarbiya soatlaridan bo‘sh vaqtlarda aholiga, shu jumladan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga (keyingi o‘rinlarda shug‘ullanuvchilar deb ataladi) pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pullik xizmat ta’lim muassasalari sport inshootlaridan (keyingi o‘rinlarda sport inshootlari deb ataladi) foydalanish orqali aholining jismoniy tarbiya va sport sohasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ushbu sohada xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda pullik xizmat ko‘rsatuvchi trenerlar (keyingi o‘rinlarda trenerlar deb ataladi) mehnatini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sport inshootida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sport inshootida tashkil etiladigan pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklari to‘g‘risida ta’lim muassasalari tomonidan aholi, shu jumladan, o‘quvchi-yoshlar va talabalar o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali va boshqa shaklda targ‘ibot ishlari olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Targ‘ibot ishlari natijalari bo‘yicha sport to‘garaklarida shug‘ullanish istagida bo‘lganlar to‘g‘risida ta’lim muassasasida doimiy yangilab boriladigan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport to‘garaklari shug‘ullanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib ta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi asosida va trenerlarning ixtisosligini inobatga olgan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shug‘ullanuvchilar tomonidan sport to‘garaklariga qatnashish uchun ta’lim muassasasi rahbariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasasi rahbari nomiga sport to‘garagiga qatnashish to‘g‘risida ariza (voyaga yetmagan shug‘ullanuvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar ishonchli shaxslar nomidan ariza);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik pasporti nusxasi, voyaga yetmagan shug‘ullanuvchilarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (hujjatni topshirish vaqtida hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shug‘ullanuvchilarning 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 ta rangli fotosurati;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim muassasasi rahbari tomonidan mazkur bandda ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ta’lim muassasasida ta’lim muassasasi rahbari, malakali trenerlar va tibbiyot xodimidan iborat bo‘lgan arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi guruh tomonidan arizalar ular kelib tushgandan boshlab 5 kun ichida ko‘rib chiqiladi va shug‘ullanuvchilarning sportning muayyan turi bilan shug‘ullanishga loyiqligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Ishchi guruhning bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi guruh bayonnomasi asosida ta’lim muassasasi rahbari va shug‘ullanuvchilar o‘rtasida sport to‘garagiga qatnashish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnoma tuziladi. Shartnomada pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarining turi, o‘quv-mashq jarayonining davomiyligi, taraflarning huquq va majburiyatlari kabi asosiy qoidalar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik xizmat ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori trener tomonidan ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim muassasasi rahbari rejalashtirilayotgan pullik xizmat turi, hajmi va uni bajarish xarajatlari, tasdiqlangan narxlar va tariflardan kelib chiqib, sport inshootlarida ko‘rsatiladigan pullik xizmatning daromadlar hamda xarajatlar smetasini tuzadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar moliya yili mobaynida pullik xizmatdan olinadigan daromadlar prognoziga nisbatdan kamaysa yoki ko‘paysa, sport inshootlari rahbariyati xarajatlarni tegishli miqdorda mustaqil ravishda kamaytiradi yoki ko‘paytiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sport inshootida pullik xizmat ko‘rsatuvchi trenerlar hamda shug‘ullanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Trener quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootida pullik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbariga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasasi rahbaridan sport inshootida sport to‘garaklarining faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shug‘ullanuvchilarning o‘quv-mashq jarayonida zarur rejimga amal qilishlarini nazorat qilib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trener qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Trener:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasasi rahbari bilan o‘quv-mashq, ommaviy sport tadbirlari o‘tkazishni kelishib olish va unga ushbu tadbirlarga erkin kirish imkonini berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish davrida shug‘ullanuvchilar xavfsizligini ta’minlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga va ta’lim muassasasi ustaviga rioya qilishga majbur.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trener qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shug‘ullanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trener rahbarligida o‘quv-mashq, ommaviy sport tadbirlarida qatnashish uchun ta’lim muassasasi rahbari bilan shartnoma tuzish va uni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasasi rahbari bilan tuzilgan shartnomada belgilangan talablarni ta’lim muassasasi rahbaridan talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trener nazoratida hamda faqat o‘quv-mashq vaqtlarida ta’lim muassasasining jismoniy tarbiya-sport inshootlari, sport jihozlari va anjomlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va ommaviy sport tadbirlari jarayonida xavfsiz shart-sharoitlarga rioya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shug‘ullanuvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shug‘ullanuvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi va guruhli mashg‘ulotlarning o‘quv rejalari va dasturlarini bajarish, sport rejimi, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootlarining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shug‘ullanuvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sport inshootida pullik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sport inshootlarida pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar har oyda kelgusi oyning 10-sanasidan kechikmasdan shug‘ullanuvchilar va ta’lim muassasasi rahbari bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar ta’lim muassasasining tegishli shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga to‘lanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolari bo‘lgan shug‘ullanuvchilardan pullik xizmat ko‘rsatilganligi uchun belgilangan to‘lovlarni imtiyozli ravishda 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolari bo‘lgan shug‘ullanuvchilardan mazkur xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlarni imtiyozli ravishda 25 foiz miqdorida amalga oshiriladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambag‘al oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qo‘llaniladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand ishtirok etgan taqdirda, pullik xizmat ko‘rsatilganligi uchun belgilangan to‘lovlarni imtiyozli ravishda har biri uchun 70 foiz miqdorida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sport inshootida pullik xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sport inshootlarida har bir trener tomonidan birinchi navbatda ko‘rsatilgan pullik xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lov summasining 20 foizi ta’lim muassasasi tomonidan foydalanilgan sport inshootlarining kommunal to‘lovlari xarajatlariga yo‘naltiriladi hamda mablag‘larning qolgan qismi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — sport inshootining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — trenerga belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirish sifatida to‘lab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sport inshootlarida bir vaqtning o‘zida ikki va undan ko‘p trenerlar pullik xizmat ko‘rsatgan taqdirda sport inshootlarining kommunal to‘lovlari miqdori har bir trenerga bir xil miqdorda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Buxgalteriya hisobi va hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Har bir trener tomonidan ko‘rsatilgan pullik xizmat uchun to‘lovlarning tushumi va ularga to‘langan to‘lovlar bo‘yicha alohida buxgalteriya hisobini yuritilishi tegishli ta’lim muassasasining buxgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ta’lim muassasasi rahbari pullik xizmat ko‘rsatish to‘lovlari tushumining maqsadli sarflash bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlarni amalga oshirish hamda ularning taqsimoti monitoringini olib boradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar nomi

Muddat

1-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

Trener bilan shartnoma tuzadi.

Taraflar kelishuviga ko‘ra

2-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

1. Ta’lim muassasasi sport inshootida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garagini tashkil etadi.

2. Pullik xizmat ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdorini trener bilan kelishilgan holda belgilaydi.

Taraflar o‘rtasida shartnoma tuzilganidan so‘ng

3-bosqich

Ta’lim muassasasi

Sport inshootida tashkil etiladigan pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali va boshqa shaklda targ‘ibot ishlarini olib boradi.

Muntazam

4-bosqich

Ta’lim muassasasi

Targ‘ibot ishlari natijalari bo‘yicha sport to‘garaklarida shug‘ullanish istagida bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.

Muntazam

5-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

Ta’lim muassasasida ta’lim muassasasi rahbari, malakali trenerlar va tibbiyot xodimidan iborat bo‘lgan arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhni (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzadi.

Arizalar tushishiga qarab

6-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

Ishchi guruh bayonnomasi asosida shug‘ullanuvchilar bilan sport to‘garagiga qatnashish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.

1 kun

7-bosqich

Shug‘ullanuvchilar

Sport inshootlarida pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lovlarni amalga oshiradi. Bunda ushbu to‘lovlarni ta’lim muassasasining tegishli shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga to‘laydi.

Har oyda kelgusi oyning 10-sanasidan kechikmasdan

8-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

Sport inshootlarida har bir trener tomonidan birinchi navbatda pullik xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lov summasining 20 foizini ta’lim muassasasi tomonidan foydalanilgan sport inshootlarining kommunal to‘lovlari xarajatlariga yo‘naltiradi hamda mablag‘larning qolgan qismini quyidagi tartibda taqsimlaydi:

50 foizi — sport inshootining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish uchun;

50 foizi — trenerga belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirish sifatida to‘lab berish uchun.

Har oy

(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 09/19/78/2559-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son: 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)