31.01.2019 yildagi 68-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olmaliq shahrining 2035-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish va qurishni rejalashtirish sifati va darajasini oshirish, shaharning meʼmoriy-rejalashtirish qiyofasini hamda infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan 2035-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan Olmaliq shahrining bosh rejasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birgalikda tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyati va Olmaliq shahri hokimliklari tasdiqlangan shahar bosh rejasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbollarga moʻljallangan qurilish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istiqbollarini rejalashtirishni hisobga olgan holda 2035-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan Olmaliq shahrini kompleks qurish Dasturi loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar yerlaridan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish yoʻli bilan ulardan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va magistral koʻchalar, yoʻl oʻtkazgichlar va avtobekatlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni hisobga olgan holda yoʻl-transport infratuzilmasi tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan suv taʼminoti, kanalizatsiya, irrigatsiya, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, issiqlik taʼminoti va telekommunikatsiyalar obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yoʻli bilan muhandislik-kommunikatsiya tuzilmasini modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi mavjud maydonlar, obodonlashtirilgan xiyobonlar va bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish yoʻli bilan arxitektura-rejalashtirishni yaxshilash ishlarini tashkil etish hamda arxitektura ansambllari yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat, sanʼat va dam olish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hisobiga infratuzilmani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar asosida sizot suvlar sathini pasaytirish boʻyicha shahar hududini muhandislik jihatidan tayyorlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharning atrof-muhitini muhofaza qilish tizimini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ohangaron va Olmaliqsoy daryolari oʻzanlarini obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining fuqarolik muhofazasi boʻyicha muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda quriladigan massivlarning batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylar qurilishini va boshqa obyektlarni ekologiya jihatidan noqulay hududdan boshqa joyga koʻchirish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz funksiyalari boʻyicha joylashishga muvofiq boʻlmagan obyektlarni rekonstruksiya qilinadigan shahar markazi hududidan bosqichma-bosqich koʻchirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharning tasdiqlangan bosh rejasiga muvofiq shaharning qurilish bazasini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati hokimligi Olmaliq shahrining tasdiqlangan bosh rejasi asosida Olmaliq shahri chizigʻi loyihasini 2019-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyati va Olmaliq shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlari zimmasiga 2035-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan Olmaliq shahri bosh rejasini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shaharsozlik jihatidan taʼminlovchi obyektlarni kompleks va oqilona joylashtirish, shuningdek, ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilayotgan moliyaviy mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi har yili yarim yilliklar yakunlari boʻyicha oʻz majlislarida 2035-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan Olmaliq shahri bosh rejasining amalga oshirilishini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Toshkent viloyati hokimi Gʻ.I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri A.X. Toʻxtayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2019-y., 09/19/68/2551-son)