Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymatini indeksatsiya qilish haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2943-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 29-sentabrdagi 6, 149 va 130-son “Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymatini indeksatsiya qilish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2943, 2017-yil 1-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 44-son, 1113-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
2-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
1-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
7-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/2943-1/2528-son)