Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.2021 23.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3128
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining buyrugʻi, 23.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3128
Kuchga kirish sanasi
23.01.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.2021
Hujjat 23.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3128]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining 2021-yil 1-maydagi 32-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3128-3, 17.05.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-son “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktorning birinchi oʻrinbosari D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 7-yanvardagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-son “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy maktab magistraturasida boshqaruv kadrlarni tayyorlash toʻlov-kontrakt asosida, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq meʼyoriy va qisqartirilgan muddatlarda, oʻqishni tamomlagandan keyin tegishli mutaxassislik boʻyicha magistr darajasini beruvchi davlat namunasidagi hujjat beriladigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy maktab magistraturasi dasturlari boʻyicha oʻqitish yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalari va dasturlari asosida “ikki diplom” (double degreye) modeli boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan davlat namunasidagi diplomlar berilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy maktab “Loyiha boshqaruvi” (“Project management”) mutaxassisligi boʻyicha bir yillik magistratura, “Biznes boshqaruvi” (“Master of Business Administration — MBA”) mutaxassisligi boʻyicha ikki yillik magistraturada oʻqitishni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqitish muddati va shakllari Oliy maktab tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy maktab magistraturasiga kirish test sinovlari va suhbat shaklida, nomzodlarning tanloviga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tilida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy maktab magistraturasiga oʻqishga barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov prinsiplari asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy maktab magistraturasida ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olayotgan tinglovchilarning asosiy ish joyi va oʻrtacha ish haqi miqdori oʻqish muddati mobaynida saqlanadi. Bunda ish beruvchi tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida magistraturada taʼlim olayotgan tinglovchining oʻqishni tamomlash davri yakuniga qadar muddatga tuzilgan shartnoma asosida boshqa xodimlarni tegishli ish joyiga qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish va oʻqishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy maktabning magistraturasiga oʻqishga qabul qilishning yillik kvotasi Agentlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy maktab magistraturasiga oliy maʼlumotga, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda olingan oliy maʼlumotga (diplomli mutaxassis, bakalavr) va oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin quyidagi zarur ish stajiga ega boʻlgan fuqarolar qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim uchun — uch yildan kam boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim uchun — besh yildan kam boʻlmagan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilishni tashkil etish uchun qabul komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Komissiya aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi, shuningdek ish reglamenti Oliy maktab direktori tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy maktab magistraturasiga kirish istagini bildirgan nomzodlar Oliy maktabning rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali Oliy maktabning direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish stajini tasdiqlaydigan belgilangan namunadagi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4x6 oʻlchamdagi rangli fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shartnoma shartlari, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi va veb-saytda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish shartlari, hujjatlarni qabul qilish muddatlari, Oliy maktab magistraturasiga hujjatlarni qabul qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin veb-saytda ommaviy eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda magistraturaga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishga yoʻl qoʻyilganlar roʻyxati veb-saytda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Test oʻtkazish tartibi, test sinovlari amalga oshiriladigan fanlar roʻyxati Komissiya tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlarining savollari Komissiya tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlari Oliy maktab tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlari natijalari Komissiya tomonidan tegishli bayonnoma rasmiylashtiriladi. Nomzodlarning testdan qayta oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar suhbatga kirishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlar bilan suhbat shaxsiy muloqot oʻtkazish orqali ularda boshqaruv qobiliyatlariga ega ekanlik darajasini baholash, tizimli va analitik fikrlash qobiliyatlarini, yetakchilik sifatlarini aniqlash yuzasidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat oʻtkazish tartibi, nomzodning oʻqitilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalish boʻyicha zarur bilim darajasi, shuningdek uning natijasi boʻyicha nomzodning bilimini baholash mezonlari Oliy maktab tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat natijalariga koʻra Komissiya tomonidan tegishli bayonnoma rasmiylashtiriladi. Nomzodlarning suhbatdan qayta oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar belgilangan kvotalar doirasida Komissiya tomonidan Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish uchun tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar roʻyxati veb-saytda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiyaning nomzodlarni Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish haqidagi qarori asosida nomzod (tashkilot) bilan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tegishli shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari Oliy Maktab tomonidan magistraturaga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilinganidan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tinglovchilarni Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish Komissiya qaroriga muvofiq Oliy maktab direktorining buyrugʻi bilan, shartnomada belgilangan muddatlarda tegishli taʼlim toʻlovi toʻlanganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Nomzod tomonidan shartnomada koʻrsatilgan muddatda taʼlim toʻlovi toʻlanmagan taqdirda, uning oʻrniga toʻplangan ballar soni boʻyicha navbatdagi nomzod qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tinglovchilar Oliy maktabning ichki tartib qoidalarini buzganligi yoki akademik qarzdorlik sababli tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, mazkur tinglovchi uchun amalga oshirilgan taʼlim toʻlovi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oliy maktab mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlaridan oʻta olmagan nomzod imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun ichida Oliy maktab orqali apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Apellatsiya komissiyasining tarkibi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar orasidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida nomzodga shu kunning oʻzida yozma ravishda xabar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nomzodning apellatsiyasini koʻrib chiqishda nomzod ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Apellatsiya komissiyasi nomzodning shikoyatini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda nomzodning shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish masalasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oliy maktab oʻquv kurslariga qabul qilish va oʻqitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oliy maktabda oʻquv kurslari oʻqishni tamomlagandan keyin tegishli tasdiqlovchi hujjatlar beriladigan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oliy maktab maxsus taʼlim dasturlari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv yoʻnalishi boʻyicha xoʻjalik boshqaruvi organlari, aksionerlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik subyektlarining oliy maʼlumotga ega boʻlgan (diplomli mutaxassis, bakalavr) yuqori va oʻrta boʻgʻin rahbarlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari yoʻnalishi boʻyicha, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, belgilangan namunadagi sertifikat beriladigan, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan namunadagi malaka sertifikati berilgan holda baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻquv kurslarida oʻqish istagini bildirgan nomzodlar direktor nomiga veb-sayt orqali ariza yozib, anketa toʻldiradilar hamda unga shaxsiy pasport va zarurat boʻlganda taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxalarini ilova qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻquv kurslarining qiymati Agentlik bilan kelishilgan holda direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv kurslarini oʻtkazish sanasi, davomiyligi, taʼlim shakli, ariza topshirishning tugallash muddatlari, shartnoma shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va oʻquv kurslari boʻyicha boshqa maʼlumotlar direktor tomonidan tasdiqlanadi va veb-saytda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tinglovchilarni Oliy maktab oʻquv kurslariga qabul qilish direktorning buyrugʻi shartnomada belgilangan muddatlarda va shaklda, oʻqitish uchun tegishli miqdordagi toʻlov toʻlanganidan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3128/2527-son, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son, 12.09.2019-y., 10/19/3128-2/3733-son)