Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3128]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining 2021-yil 1-maydagi 32-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3128-3, 17.05.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-son “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktorning birinchi oʻrinbosari D. LI
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 7-yanvardagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-son “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oliy maktab magistraturasida boshqaruv kadrlarni tayyorlash toʻlov-kontrakt asosida, oʻzbek, rus va ingliz taʼlim tillarida ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq meʼyoriy va qisqartirilgan muddatlarda, oʻqishni tamomlagandan keyin tegishli mutaxassislik boʻyicha magistr darajasini beruvchi davlat namunasidagi hujjat beriladigan tartibda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim sirtqi, kechki shakllarda, shu jumladan masofaviy oʻqitishni qoʻllash bilan amalga oshirilishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oliy maktab magistraturasi dasturlari boʻyicha oʻqitish yetakchi ixtisoslashgan xorijiy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan xalqaro kelishuvlarda nazarda tutilgan oʻquv rejalar, dasturlar va jadvallar asosida “ikki diplom” (double degreye) modeli boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Nomzodlarni “ikki diplom” (double degreye) modeli boʻyicha Oliy maktab magistraturasiga oʻqishga qabul qilish xalqaro kelishuvlarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Ikki diplom” (double degreye) modeli boʻyicha oʻqishni bitirgandan soʻng xorijiy taʼlim muassasasining diplomi va tegishli mutaxassislik boʻyicha davlat namunasidagi magistr darajasi diplomi beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oliy maktab magistraturasida mutaxassislarni tayyorlashni ishlab chiqarish (amaliy) (kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashgan dasturlar asosida amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oʻqitish muddati va shakllari Oliy maktab tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oliy maktab magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari yozma imtihon va test sinovlari shaklida (bundan buyon matnda kirish imtihonlari deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
Oliy maktab magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari magistraturada oʻqiydigan tilda oʻtkaziladi va bu haqda magistraturaga kirish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilishi lozim.
Kirish imtihonlari magistratura mutaxassisliklari va oʻqitish tillariga koʻra alohida oʻtkaziladi.
Kirish imtihonlari uchun maksimal ball 100 ballni tashkil etadi, ushbu ballar quyidagilardan tashkil topadi:
mutaxassislik fanlari boʻyicha — 0 balldan 75 ballgacha;
ingliz tili fani boʻyicha — 0 balldan 25 ballgacha.
Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, kirish imtihonlari oʻqish yilida ikki marta (yozgi va qishki qabul davrlarida) amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
5. Oliy maktab magistraturasiga oʻqishga barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov prinsiplari asosida qabul qilinadi.
6. Oliy maktab magistraturasida ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olayotgan tinglovchilarning asosiy ish joyi va oʻrtacha ish haqi miqdori oʻqish muddati mobaynida saqlanadi. Bunda ish beruvchi tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida magistraturada taʼlim olayotgan tinglovchining oʻqishni tamomlash davri yakuniga qadar muddatga tuzilgan shartnoma asosida boshqa xodimlarni tegishli ish joyiga qabul qilishi mumkin.
2-bob. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish va oʻqishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oliy maktabning magistraturasiga oʻqishga qabul qilishning yillik kvotasi, shuningdek kirish imtihonlari fanlari, dasturlari, natijalarni baholash mezonlari roʻyxati Agentlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oliy maktab magistraturasiga oliy maʼlumotga, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda olingan oliy maʼlumotga (diplomli mutaxassis, bakalavr) ega boʻlgan fuqarolar qabul qilinadi. Bunda xorijiy mamlakatlarda olingan diplomlar tegishli tartibda nostrifikatsiyalangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha B2, IELTS (International English Language Testing System) boʻyicha 5,5 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 72 balldan kam boʻlmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarini ingliz taʼlim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili boʻyicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
9. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilishni tashkil etish uchun qabul komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Komissiya aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi, shuningdek ish reglamenti Oliy maktab direktori tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oliy maktab magistraturasiga kirish istagini bildirgan nomzodlar Oliy maktabning rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali Oliy maktabning direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishadi:
oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
4x6 oʻlchamdagi rangli fotosurat;
pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
11. Shartnoma shartlari, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi va veb-saytda eʼlon qilinadi.
12. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish shartlari, hujjatlarni qabul qilish muddatlari, Oliy maktab magistraturasiga hujjatlarni qabul qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin veb-saytda ommaviy eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda magistraturaga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan kirish imtihonlarida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan kirish imtihonlarida ishtirok etishga yoʻl qoʻyilganlar roʻyxati veb-saytda eʼlon qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Kirish imtihonlarini oʻtkazish tartibi Komissiya tomonidan belgilanadi.
Kirish imtihonlarining savollari Komissiya tomonidan tuziladi.
Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha Komissiya tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Nomzodlarning kirish imtihonlaridan qayta oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
17. Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar belgilangan kvotalar doirasida Komissiya tomonidan Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish uchun tavsiya etiladi.
18. Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar roʻyxati veb-saytda eʼlon qilinadi.
19. Komissiyaning nomzodlarni Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish haqidagi qarori asosida nomzod (tashkilot) bilan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tegishli shartnoma tuziladi.
20. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari Oliy Maktab tomonidan magistraturaga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilinganidan keyin beriladi.
21. Tinglovchilarni Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish Komissiya qaroriga muvofiq Oliy maktab direktorining buyrugʻi bilan, shartnomada belgilangan muddatlarda tegishli taʼlim toʻlovi toʻlanganidan keyin amalga oshiriladi.
22. Nomzod tomonidan shartnomada koʻrsatilgan muddatda taʼlim toʻlovi toʻlanmagan taqdirda, uning oʻrniga toʻplangan ballar soni boʻyicha navbatdagi nomzod qabul qilinadi.
23. Tinglovchilar Oliy maktabning ichki tartib qoidalarini buzganligi yoki akademik qarzdorlik sababli tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, mazkur tinglovchi uchun amalga oshirilgan taʼlim toʻlovi qaytarilmaydi.
24. Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oliy maktab mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlaridan oʻta olmagan nomzod kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Oliy maktab orqali apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Apellatsiya komissiyasining tarkibi va uning ish reglamenti Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Apellatsiya komissiyasining tarkibi qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar orasidan shakllantiriladi.
Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida nomzodga shu kunning oʻzida yozma ravishda xabar beradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
27. Nomzodning apellatsiyasini koʻrib chiqishda nomzod ishtirok etish huquqiga ega.
28. Apellatsiya komissiyasi nomzodning shikoyatini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda nomzodning shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish masalasi koʻrsatiladi.
3-bob. Oliy maktab oʻquv kurslariga qabul qilish va oʻqitish
29. Oliy maktabda oʻquv kurslari oʻqishni tamomlagandan keyin tegishli tasdiqlovchi hujjatlar beriladigan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻtkaziladi.
30. Oliy maktab maxsus taʼlim dasturlari asosida:
Biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv yoʻnalishi boʻyicha xoʻjalik boshqaruvi organlari, aksionerlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik subyektlarining oliy maʼlumotga ega boʻlgan (diplomli mutaxassis, bakalavr) yuqori va oʻrta boʻgʻin rahbarlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, belgilangan namunadagi sertifikat (guvohnoma) beriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini, shuningdek boshqa shaxslarni loyiha boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek sud boshqaruvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
belgilangan namunadagi malaka sertifikati berilgan holda baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tinglovchilarni oʻquv kurslarida oʻqitish tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Oʻquv kurslarining qiymati Agentlik bilan kelishilgan holda Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻquv kurslarini oʻtkazish sanasi, davomiyligi, taʼlim shakli, shartnoma shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va oʻquv kurslari boʻyicha boshqa maʼlumotlar Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 1-iyuldagi 118-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3128-1, 08.07.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son)
4-bob. Yakuniy qoida
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3128/2527-son, 08.07.2019-y., 10/19/3128-1/3390-son, 12.09.2019-y., 10/19/3128-2/3733-son)