O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan, shuningdek biometrik hujjatlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-yanvar,
53-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-yanvardagi 53-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga kiritilayotgan
qo‘shimchalar
1. Qarorning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar” so‘zlaridan keyin “, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari” so‘zlari qo‘shilsin.
2. 1-bandda:
a) “a” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar” so‘zlaridan keyin “, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari” so‘zlari qo‘shilsin;
b) “b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “biometrik pasportlar” so‘zlaridan keyin “, xorijga chiqish biometrik pasportlari” so‘zlari qo‘shilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 09/19/53/2523-son)