Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan garovni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizomning 1.2-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 757-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 14-sentabrdagi 01-02/8-53-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan garovdan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 757-4, 16.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 19-mayda 02/8-55-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan garovni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 757, 1999-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 7-son) 1.2-bandida:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-dekabr,
01-02/13-76-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/757-3/2512-son)