1-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni va innovatsion ishlarni amalga oshirish | ||||
|
1. |
“Aqlli shahar” texnologiyasini joriy etish sohasida quyidagilarga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlarni oʻtkazish: asosiy yoʻnalishni belgilash — hudud profilini shakllantirish, taalluqli infratuzilmani baholash, rivojlanish indikatorlarini aniqlash, joiz aktivlarni, amaldagi sinovlarni va yutuqlar tarixini tahlil qilish; “aqlli shahar” konsepsiyasini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish — manfaatdor tomonlarni jalb qilish, chora-tadbirlar va rejalar yoʻnalishlarini belgilash, tavakkalchiliklarni baholash, moliya strategiyasini shakllantirish, samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (KPI) va maqsadlarni belgilash; tafsilotli rejalashtirish — budjetlash, samaradorlik prognozi, avtomatizatsiyalash va axborot tizimlarini joriy etish imkoniyatlarini aniqlash; joriy etish va samaradorlikni baholash — hamkorlikda (barcha manfaatdor tomonlar bilan birgalikda) joriy etish, samaradorlik monitoringini oʻtkazish, baholash va qayta baholash (KPIni kuzatib borish, trendlar, investitsion koʻrsatkichlarni tahlil qilish), kengaytirilish (ekspansiya)ni taʼminlash. |
Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish. Tegishli vazirliklar va idoralarga tavsiyalar kiritish. |
2019 — 2021-yillar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
2. “Aqlli shahar” texnologiyasini joriy etishning meʼyoriy-huquqiy asoslarini shakllantirish | ||||
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasida “aqlli” shaharlarni rivojlantirish koʻrsatkichlari tizimini va uning samaradorligini baholash uslubini xalqaro standartlar talablari hisobga olingan holda ishlab chiqish. |
Oʻzbekistonda “Aqlli shahar” konsepsiyasini amalga oshirish samaradorligini baholash uslubi va vositalarini belgilovchi Davlat standartlarini ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini xalqaro standartlar hisobga olingan holda ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzstandart” agentligi |
|
3. |
“Aqlli shahar” konsepsiyasini amalga oshirishning huquqiy taʼminoti. |
“Aqlli shahar” konsepsiyasini amalga oshirishning huquqiy taʼminoti quyidagilarni nazarda tutadi: “Aqlli shahar” konsepsiyasi natijalariga erishishga koʻmaklashuvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga taalluqli oʻzgartirishlar kiritish. |
2019 — 2021-yillar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. “Aqlli shahar” texnologik yechimlarini joriy etish | ||||
|
3.1. “Aqlli transport” | ||||
|
4. |
Transport oqimlarini boshqarish, jamoat transportini boshqarish samaradorligi va xavfsizligi, transport oqimini optimallashtirish va ekologik yoʻqotishlarni kamaytirish tizimlarini tashkil etish. |
1. Manfaatdor vazirliklar va idoralar mutaxassislari orasidan muassasalararo ishchi guruhni tashkil etish. |
2019-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. “Aqlli shahar” texnologiyasini joriy etish doirasida Transport harakatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil | |||
|
3. Transport oqimlarini va intellektual transport-logistika tizimlarini boshqarish tizimlarini tashkil etish, jamoat transportini boshqarish uchun sensorlar (datchiklar) va ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminotni joriy etish. |
2019-2020-yillar | |||
|
4. Transport harakati toʻgʻrisida axborot bilan taʼminlovchi infratuzilma bilan jihozlangan yuqori tezlikka moʻljallangan avtotransport yoʻlaklari tarmogʻini tashkil etish. |
2019-2020-yillar | |||
|
5. Haydovchilarni axborot tablolari, radio-xizmatlar, veb-saytlar vositasida xabardor qilish tizimini tatbiq qilish orqali harakat xavfsizligini oshirish, shuningdek kompyuterli yoʻl harakati, videokuzatuv, yoʻl harakati qoidalarini buzuvchilarni foto va video qayd etish hamda noxush hodisalarni avtomatik ravishda aniqlash tizimlarini joriy etish. |
2019-2020-yillar | |||
|
6. “Aqlli parking” va “Aqlli toʻxtash” texnologik tizimini tashkil etish. |
2019-2020-yillar | |||
|
7. Yangi ekologik talablarni, ekologik nazoratning avtomatlashtirilgan koʻchma tizimlarini, transport oqimlari harakatining energiyaning samarali rejimlarini, muayyan zonalarda transport harakatini cheklash tizimini joriy etish hisobiga ekologik yoʻqotishlarni kamaytirish. |
2019-2020-yillar | |||
|
8. Aqlli svetoforlarni, elektron tablolarni, yoʻlovchilarni xabardor qilish tizimini, sputnikli navigatsiya tizimlarini, boshqaruvni avtomatlashtirish va yoʻlovchilar tashishni tartibga solish tizimlarini, transport turlari (avtobuslar, metro, tramvaylar, trolleybuslar, marshrut taksilari) oʻrtasida integratsiyalangan yoʻlkira uchun elektron toʻlov tizimlarini joriy etish orqali transport oqimini optimallash. |
2019-2020-yillar | |||
|
3.2. “Aqlli taʼlim” | ||||
|
5. |
Taʼlim sohasida taʼlim onlayn-platformalari va ommaviy ochiq onlayn-kurslar tomonidan ilgari suriladigan texnologik yechimlar toʻplamini oʻz ichiga oladigan innovatsion faoliyatni, virtual reallik bilan toʻldirilgan vizualizatsiya va masofadan turib foydalanishning ilgʻor texnologiyalarini kuchaytirish. |
1. Taʼlim onlayn-platformalari va ommaviy ochiq onlayn-kurslar, vizualizatsiya va masofadan turib foydalanishning ilgʻor texnologiyalarini tashkil etish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash. |
2019-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. Oliy umumtaʼlim muassasalarida kuzatish kameralarini oʻrnatish boʻyicha kerakli huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash. |
2020-yil | |||
|
3.3. “Aqlli tibbiyot” | ||||
|
6. |
Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatishning axborot ilovasi (mijozning elektron tibbiy kartasi, elektron retseptlar, dispanserizatsiya, homiladorlarni hisobga qoʻyish va h.k.) toʻliq sikli avtomatlashtiriladigan markazlashtirilgan tizimni joriy etishga koʻmaklashadigan sharoitlarni yaratish. |
1. “Aqlli shahar” texnologiyasini joriy etish doirasida Tibbiy xizmatlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. Aqlli tibbiy tizimlar sohasida quyidagilarni nazarda tutuvchi sinov loyihasini amalga oshirish: mijozlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasi; tarmoq tibbiy kartalarini yuritish; masofadan turib tashxis qoʻyish; virtual dispanserizatsiya; virtual bemorga xizmat koʻrsatish; telemetriya va simsiz aloqadan foydalanib bevosita uyda tibbiy yordam koʻrsatish; ilmiy-asosli tibbiyot (telekommunikatsiya sohasida soxta-intellekt va texnik yangiliklar asosida qurilmalardan foydalanish); davolash natijasiga asoslangan xizmatlar toʻlovi (shifokor qabuliga borishlar soni emas, balki erishilgan natija boʻyicha toʻlanadi); kompyuter tarmoqlari imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan shifokorlik amaliyoti. |
2019 — 2021-yillar | |||
|
3.4. “Aqlli energetika tizimi” | ||||
|
7. |
Energiyani ishlab chiqarish, energiya infratuzilmasi va sarflanishi servis, isteʼmolchilar va texnologiyalarni ragʻbatlantirish orqali integratsiyalanadigan va oʻzaro muvofiqlashtiriladigan barqaror, iqtisodiy jihatdan samarali va ishonchli energetika tizimini joriy etish. |
1. Elektr tarmoqlari obyektlarining samarali boshqaruvini taʼminlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Qurilish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi |
|
2. Avtomatlashtirilgan intellektual tarmoqlar va moslashuvchan taqsimlash tizimlarini joriy etish. |
2019 — 2021-yillar | |||
|
3. Binolar qurilishida mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash va zamonaviy energiyaning tejamli va xavfsiz energiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish. |
2019 — 2021-yillar | |||
|
4. Energetika menejmenti standartlari va tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
2020-yil | |||
|
3.5. “Aqlli suv taʼminoti va oqovani chiqarib tashlash tizimi” | ||||
|
8. |
Suv taʼminoti va oqovani chiqarib tashlash boshqaruvining amaldagi mexanizmlari samaradorligini tahlil qilish. |
1. Onlayn-gidravlik modellar asosida texnologik yechimlarni joriy etish boʻyicha tavsiya beruvchi meʼyorlarni ishlab chiqish. |
2019-yil |
Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. “Aqlli suv taʼminoti va oqovani chiqarib tashlash tizimi” sohasida tajriba-sinov(pilot) loyihalarini joriy etish. |
2019-2020 yillar | |||
|
3.6. “Aqlli uy-joy-kommunal xoʻjaligi” | ||||
|
9. |
Quyidagilarni taʼminlash uchun texnologiyalar, ilovalar, axborot tizimlari majmuini yaratish, aqlli hisoblash uskunalari (smart-schyotchiklar)ni joriy etish: yonilgʻi-energetik resurslar (keyingi oʻrinlarda YOER deb ataladi) va kommunal resurslar hamda ularni yetkazib beruvchilar oʻrtasida maʼlumotlarni almashish; YOER monitoringini amalga oshirish; energiya resurslari oʻgʻirlanishini aniqlash va ularning oldini olish; energiya samaradorligini oshirish; foydalanuvchi qurilmasiga uyning energiya taʼminoti tizimi ishlashi toʻgʻrisida axborot uzatish. |
1. “Aqlli shahar” texnologiyasini joriy etish doirasida YOER, kommunal resurslar va xizmatlar koʻrsatish sohalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil |
Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, |
|
2. Zarur meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. |
2020-yil | |||
|
3. Yetkazib beruvchilarni aniqlash, tender savdolarini oʻtkazish va “Aqlli shahar” majmuini tashkil etish boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun kontraktlar tuzish. |
2021-yil | |||
|
3.7. “Aqlli qurilish” | ||||
|
10. |
Qurilish majmuasida binolarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish jarayoniga texnologik yechimlarni joriy etish. Yangi binolarni “aqlli muhit” texnologiyasi va energiya samaradorligi talablari hisobga olingan holda qurish. |
1. Shaharsozlik meʼyorlarini, qurilish obyekti holati joriy koʻrsatkichlarining investitsiya asoslari tasdiqlangan koʻrsatkichlariga muvofiqligini uzluksiz nazorat qilish imkonini beradigan texnologiyalar, shu jumladan axborot-modellash texnologiyalarining qoʻllanish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil |
Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. “Aqlli shahar” loyihalarining muhandislik-kommunikatsion va ijtimoiy infratuzilmasiga talablarni ishlab chiqish. |
2021-yil |
Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | ||
|
3. Obyektlarni loyihalashtirish, qurish hamda binolar va inshootlardan foydalanish uchun kerakli ishlar bajarilishiga va xizmatlar koʻrsatilishiga eng yuqori xarajatlarni raqamli texnologiyalar qoʻllanilgan holda hisob-kitob qilish, qayd etilgan xarajatlar toʻgʻriligini investitsiyalarni asoslash auditi doirasida tekshirish uslublarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil |
Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi | ||
|
4. Zamonaviy va samarali uy-joy hamda zamonaviy koʻchmas mulk obyektlarini qurish standartlarini ishlab chiqish. |
2021-yil |
Qurilish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi | ||
|
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modellashtirish texnologiyalarini (Building Information Modelin, BIM) joriy etish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqish. |
2021-yil |
Qurilish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | ||
|
3.8. “Aqlli hokimiyat” | ||||
|
11. |
Shahar xizmatlari axborot tizimlari majmuini rivojlantirish boʻyicha aholiga xizmat koʻrsatish (ariza berishdan toʻliq ijrogacha) jarayonlarini monitoring qilish imkoniyatiga ega pilot loyihalarni amalga oshirish. |
Barcha shahar xizmatlari boʻyicha arizalar berish yagona portalini tashkil etish: kommunal xizmatlar (dispetcherlik markazi va arizalar bajarilishini hisobga qoʻyish, monitoringini oʻtkazish tizimi); shaharni yoritish xizmati. |
2019-2020-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
12. |
Jamoat joylari va transporti uchun simsiz tizimlar va qurilmalarni joriy etish uchun sharoitlar yaratish. |
Simsiz tizimlar va qurilmalarni (wi-fi bepul nuqtalarini) tashkil etish: jamoat joylarida — bozorlar, taʼlim va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish zonalari, madaniy, koʻngilochar va sport muassasalari; jamoat transportida — avtobuslar, mikroavtobuslar salonlarida yoʻlovchilarni tashish amalga oshirilishida, trolleybuslar, taksi va shahar relsli transporti (tramvay, metro); turizm obyektlarida — mehmonxonalar, muzeylar, galereyalar, art-kafe, shahar tarixiy-meʼmoriy majmualari, hiyobonlar, qoʻriqxonalar, botanika bogʻlari, hayvonot bogʻlari va h.k. |
2019-2020-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
13. |
Talab qilinadigan davlat elektron xizmatlarini shakllantirish uchun “Aqlli shahar” majmuasi axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimi bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash. |
1. Chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. Davlat organlari va fuqarolarning xizmatlar tez koʻrsatilishini, foydalanish oddiyligini, davlat xizmatlaridan foydalanish qulayligini taʼminlaydigan oʻzaro hamkorligi. |
2019-2020-yillar | |||
|
3. Davlat organlari va biznesning muvofiqlashtirish jarayonlaridan oʻtishni tezlashtirish, qogʻoz hujjatlardan foydalanish zaruratini istino qilish hamda kerakli axborotni toʻplash va ishlash jarayonini jadallashtirish imkonini beradigan oʻzaro hamkorligi. |
2019-2020-yillar | |||
|
4. Davlat organlarining zamonaviy texnologiyalar yordamida davlat organlari oʻrtasidagi ichki va tashqi aloqalarni takomillashtirish imkonini beradigan oʻzaro hamkorligi. |
2019-2020-yillar | |||
|
14. |
Kanalizatsiya infratuzilmasini monitoring qilish va boshqarishga hamda maishiy, sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilishga yordam beradigan texnologiyalar, ilovalar, axborot tizimlarini joriy etish uchun sharoitlar yaratish. |
1. “Aqlli shahar” texnologiyasini joriy etish doirasida maishiy, sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Biznes-jarayonlarda chiqindilar bilan ishlash sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishni iqtisodiy ragʻbatlantirish boʻyicha aniq ilovalarni kiritish. |
2020-yil | |||
|
3.9. “Aqlli mahalla” | ||||
|
15. |
Shahar va aholi turmush sifatini oshirish, qulayligi va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek xarajatlarini optimallashtirish maqsadida mavjud infratuzilmalar darajasini rivojlantirish. |
1. Elektron ovoz berish axborot tizimlarini joriy etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. Raqamli servislarni joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish: koʻp kvartirali uylarda uy-joy egalarining elektron ovoz berishlari, ijtimoiy maqsadlarga moʻljallangan nafaqalar ajratish boʻyicha qarorlar qabul qilish. |
2020-yil | |||
|
16. |
“Aqlli shahar” texnologiyasini joriy etish orqali ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash. |
1. Koʻchalar, shuningdek oʻyin zonalari va jamoat dam olish joylarini yoritish uchun “NEK” AJ sertifikatsiya organlarida sertifikatsiyadan oʻtgan kompaniyalarning yorugʻlik diodli lampalarini joriy etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Sarflanishiga qarab, suvni isitish uchun quyosh kollektorlaridan foydalanish. |
2019 — 2021-yillar | |||
|
3. Issiqlik taʼminoti boʻyicha barcha kamchiliklar bartaraf etilgan holda binolar va inshootlarning energiya auditini oʻtkazish. |
2019 — 2021-yillar | |||
|
4. Koʻchalarni harakatlanish va yoritish tizimi rostlanishini avtomatik darajalash datchiklarini oʻz ichiga olgan yoritish tizimlari hamda onlayn rejimida ishlaydigan suv taʼminoti va elektr taʼminotini hisoblash uskunalari bilan taʼminlash. |
2019 — 2021-yillar | |||
|
5. Xonalarni isitish uchun quyosh vakuumli kollektorlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2019-yil | |||
|
6. Zamonaviy energiya tejaydigan derazalar, eshiklar, xonalarni isitish tizimlari va shu kabilarni oʻrnatish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2019-yil | |||
|
3.10. “Aqlli uy” | ||||
|
17. |
Uyda, ofisda, kvartirada yoki binoda datchiklar, boshqaruvchi qismlar va ijro qurilmalarini oʻz ichiga oladigan yagona boshqaruv tizimini yaratish. |
1. Uyda, ofisda, kvartirada yoki binoda datchiklar, boshqaruvchi qismlar va ijro qurilmalarini oʻz ichiga oladigan yagona boshqaruv tizimini joriy etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
Qurilish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Barcha yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylarda va jamoat binolarida “aqlli uy/bino” texnologiyalari: smart-schyotchiklar, tutun chiqishdan ogohlantiruvchi datchiklar, energiya tejamli diod yoritish lampalari, quyosh panellari, quyosh nuri bilan isituvchi qurilmalar oʻrnatish. |
2019 — 2021-yillar | |||
|
3. Suv, gaz sirqib chiqishi, avariya vaziyatlarida elektr tarmogʻida avariya datchiklari va sensorlarini joriy etish. |
2019 — 2021-yillar | |||
|
4. “Aqlli shahar” majmuasining texnik vositalari va boshqa tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish | ||||
|
18. |
Xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslanib, “Aqlli shahar” majmuasining texnik vositalari va boshqa tarkibiy qismlari ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish imkoniyatlarini oʻrganish. |
“Aqlli shahar” majmuasining texnik vositalari va boshqa tarkibiy qismlari ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash. |
2019-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. “Aqlli shahar” Konsepsiyasini aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini hamda uni ilgari surish va targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkillashtirish | ||||
|
19. |
“Aqlli shahar” majmuasi Konsepsiyasining aholi oʻrtasida targʻib qilinishini quyidagilar nazarda tutilgan holda tashkillashtirish: bosma nashrlarda, internet tarmoqlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, ijtimoiy videoroliklar, tahliliy maqolalar tayyorlash; koʻcha bannerlarida, ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda tegishli materiallarni joylashtirish. |
“Aqlli shahar” majmuasi Konsepsiyasini aholi oʻrtasida targʻib qilish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019 — 2021-yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |