23.11.2018 yildagi PQ-4027-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekologik vaziyatni yaxshilash va Orolboʻyi hududining barqaror rivojlanishini taʼminlash boʻyicha mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Orolboʻyi hududida ekologik muhitni barqarorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga yangi yondashuvlarni joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturlarini shakllantirish hamda barqaror moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Orolboʻyi hududida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarni belgilangan surʼatlarda va samarali amalga oshirishda, ushbu hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida davlat va mahalliy ijro hokimiyati organlarining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik borasidagi faoliyati yetarli darajada taʼminlanmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekologik vaziyatni yanada yaxshilash, Orolboʻyi hududini rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda tasdiqlangan chora-tadbirlar va dasturlarning joylardagi ijrosini tashkillashtirishda mahalliy ijro hokimiyati organlarining bevosita ishtirokini taʼminlash, roli va masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Qoraoʻzak, Kegeyli va Taxtakoʻpir tumanlari hokimlarining ekologiya va Orolboʻyi hududini rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimlarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Qoraoʻzak, Kegeyli va Taxtakoʻpir tumanlari hokimlarining ekologiya va Orolboʻyi hududini rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga quyidagi vazifalar yuklanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilmaxillikni tiklash, hayvonot va oʻsimlik dunyosini saqlash, shu jumladan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol dengizining qurib qolgan qismidagi shoʻrlangan yerlarda innovatsion texnologiyalar va yondashuvlar asosida ekotizimlarni tiklash hamda munosib hayot faoliyatini taʼminlash, himoya oʻrmonzorlarini barpo qilish ishlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi hududida yashovchi aholining genofondini tiklash va sogʻligʻini saqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar va dasturlarni shakllantirish hamda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi hududida qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya tizimlarini tiklash, suv resurslaridan tejamkor va samarali foydalanish boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi hududini rivojlantirish maqsadlari uchun xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish hamda moliyaviy mablagʻlarni jalb etishda faol ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalarining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga ushbu qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparati tuzilmasini hamda yangi joriy etilayotgan oʻrinbosarning funksional vazifalari va uning kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻkorgʻi Kengesi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvallarini ushbu qarorga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Qoraoʻzak, Kegeyli va Taxtakoʻpir tumanlari hokimlarining ekologiya va Orolboʻyi hududini rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish hamda moliyaviy mablagʻlarni jalb etishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 23-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4027-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-noyabrdagi PQ-4027-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3407-son qaroriga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror ilovasining 1-bandi “k” kichik bandi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“I toifa” kichik boʻlimining “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunida 1-pozitsiyadagi “25” raqami “28” raqami bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“II toifa” kichik boʻlimining “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunida 3-pozitsiyadagi “22” raqami “25” raqami bilan, 4-pozitsiyadagi “22” raqami “25” raqami bilan, 5-pozitsiyadagi “21” raqami “24” raqami bilan, 6-pozitsiyadagi “22” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

15.

Jami

353

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarorining 2b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni ― 23 ― 34 nafar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Taxtakoʻpir, Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Amudaryo, Nukus, Shumanay, Taxiatosh, Xoʻjayli, Izboskan, Paxtaobod, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Buloqboshi, Marhamat, Olot, Qorakoʻl, Mirzachoʻl, Forish, Baxmal, Yangiobod, Dehqonobod, Gʻuzor, Mirishkor, Shahrisabz, Kitob, Uchquduq, Tomdi, Pop, Chust, Kosonsoy, Yangiqoʻrgʻon, Chortoq, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Bulungʻur, Urgut, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Termiz, Muzrabot, Sherobod, Boʻstonliq, Qibray, Zangiota, Toshkent, Ohangaron, Yangiyoʻl, Chinoz, Bekobod, Boʻka, Piskent, Dangʻara, Furqat, Beshariq, Oʻzbekiston, Quva, Fargʻona, Oltiariq, Rishton, Soʻx, Bogʻot, Yangiariq, Xiva, Qoʻshkoʻpir, Shovot, Gurlan tumanlari hokimliklariga tegishli (jami 71 ta)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Mirishkor, Chiroqchi, Payariq, Pastdargʻom, Xovos, Sherobod va Qiziriq tumanlariga tegishli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni qishloq tumanlarining toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2 fevrapdagi PF-5325-son Farmonining 6-ilovasidagi 1-toifali tumanlarda (shaharlarda) nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
***** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga kiritilmagan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinnng 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq xotin-kizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadrnyatlarni mustaxkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi har bir fuqarolar yigʻinida 1 nafardan, 2000 ta va undan ortiq oila yashayotgan fuqarolar yigʻinlarida esa 2 nafardan koʻzda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
****** Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Qoraoʻzak, Kegeyli va Taxtakoʻpir tumanlarnga tegishli.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-son Farmonining 1-ilovasi 29-bandining “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 07/20/4027/0907-son)