14.01.2019 yildagi PF-5630-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish, investitsiyalarni, avvalambor iqtisodiyotning bazaviy va tarkibiy asosini tashkil etuvchi sohalarga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, fond bozorini rivojlantirish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish faol investitsiya siyosatini olib borish, jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini jadal va barqaror rivojlantirish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bir davlat organi doirasida davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi hamda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish funksiyalarining jamlanishi tizimli muammolarning toʻplanishiga olib keldi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) kundalik xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari aralashuvining yuqori darajadaligi, bozor tendensiyalariga moslashuvchanlik va sezuvchanlikning yoʻqligi, davlat ishtirokidagi korxonalarning soliq va bojxona, shu jumladan yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan imtiyozlarga haddan tashqari bogʻliqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, strategik rejalashtirish, xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarish tizimining yoʻqligi, shu jumladan ishlab chiqarishning past texnik darajasi, koʻplab ixtisoslikka kirmaydigan aktivlar mavjudligi, moliyaviy resurslarning ishlab chiqarishga taalluqli boʻlmagan maqsadlarga yoʻnaltirilishi sababli davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligi pastligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, davlat aktivlarini hisobga olishning tartibli tizimi yoʻqligi, xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligining pastligi, faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar va boʻsh yotgan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash uchun institutsional salohiyatning sustligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha oʻz vaqtida va samarali tekshiruvlar oʻtkazish uchun vakolatli organda huquqlar va institutsional potensialning yetarli emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning xalqaro standartlar va bugungi kun talablariga javob bermasligi, qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash tizimining yoʻqligi hamda tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish usullarining eskirganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishining oldini olishga doir korporativ standartlarni (monopoliyaga qarshi komplayens) joriy etish boʻyicha tizimli ishlarning, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat huquqi va siyosati, shuningdek isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida kadrlarni tayyorlashning barqaror tizimi yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, mamlakat kapital bozorining hozirgi holati iqtisodiyotning real sektoriga uzoq muddatli va toʻgʻridan-toʻgʻri, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mavjud imkoniyat va salohiyatdan foydalanishga imkon bermayapti, koʻzlangan islohotlarni samarali amalga oshirish va respublikani jadallik bilan innovatsion rivojlantirishga toʻsiq boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutsional va tarkibiy islohotlarni jadallik bilan amalga oshirish, davlat aktivlarini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, kapital bozorining ishonchli ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat raqobat qoʻmitasi), Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat aktivlarini boshqarish markazi) negizida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) tashkil etish va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish markazining shtat birliklari, shuningdek davlatning, shu jumladan xorijdagi aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (xususan, davlat ulushlarini sotish), davlat mulklarini ijaraga berish, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvni joriy etish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, bankrotlik, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni taʼminlash, mulkni baholash standartlarini tasdiqlash va rieltorlarni sertifikatlash boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasini (keyingi oʻrinlarda — Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi) tashkil etish va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasining shtat birliklari, shuningdek monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan nazorat qilish, tovar xom-ashyo birjalarini litsenziyalash boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlarini oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Kapital bozorini rivojlantirish agentligi) tashkil etish va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining shtat birliklari, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek korporativ boshqaruvni rivojlantirish, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining lotereyalarni tashkil etish faoliyati boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlarini berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yurituviga Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasining quyidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni xatlovdan oʻtkazish va aniqlash hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish, shuningdek boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“Yoʻl xaritalari”)ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat aktivlarini boshqarish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularning boshqaruv organlari masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan ularning jozibadorligini va ularni boshqarishning samaradorligini oshirishni koʻzda tutuvchi samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorning barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun teng imkoniyatlarni taqdim qilish, ruxsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish va davlat xizmatlari koʻrsatish hisobiga ularga teng shart-sharoitlar va xoʻjalik faoliyati erkinligi berilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sifatini oshirish, narxlarning asossiz oshib ketishini cheklash va shu hisobidan ichki talabni yuqori darajada qondirishni taʼminlash uchun sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar va moliya bozorlarida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav kapitalidagi (fondidagi) davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kapital bozorini rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital bozorini rivojlantirishning yaxlit strategiyasini shakllantirish va ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital bozorining samarali infratuzilmasi shakllanishida koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish va uning koʻlamini kengaytirish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruv va kapital bozorini tartibga solish sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy vazifalari etib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (taʼsischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini taʼminlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat manfaatlarini taʼminlagan holda, shu jumladan davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO boʻyicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish) va ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini taʼminlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek davlat xususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini taʼminlash, mol-mulkni baholash standartlarini tasdiqlash, shuningdek rieltorlarni sertifikatlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining asosiy vazifalari etib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiisteʼmol qilishi, “kartel” bitimlari va til biriktirishi, nohalol raqobatchiligini aniqlash va oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat koʻmagini monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor ishtirokchilari, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlariga yuqori likvidli tovarlardan (ishlar, xizmatlar) foydalanishda teng sharoitlarni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Kapital bozorini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari etib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar amaliyoti bilan shugʻullanuvchi investorlar hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari toʻgʻrisida investorlar va jamoatchilikni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etish imkoniyatini beruvchi yangi moliyaviy vositalar turlarini joriy qilishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjalarining, qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini litsenziyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasidagi mablagʻlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar, ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganlik uchun jarimalar summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalariga boʻlgan huquqni va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi oʻrinlarda — davlat aktivlari) sotishdan tushgan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilgari berilgan qarzlar boʻyicha qarzdorlar tomonidan asosiy summa va ular boʻyicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar boʻyicha tushgan penyalar va jarimalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgandagi davlat ulushi boʻyicha tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy ofertalarning oldi-sotdi bayonnomasi yoki shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan gʻoliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilgari oʻtkazilgan mablagʻlar qaytarilgandagi tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro institutlar va tashkilotlarning, yuridik va jismoniy shaxslarning grant mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlash quyidagi nisbatlarda amalga oshirilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40 foiz — davlat mulkini balans saqlovchisiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foiz — tegishli mahalliy budjet daromadiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foiz — Jamgʻarmaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 foiz — davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha tegishli markazlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmoniga muvofiq, davlat mulki obyektlarini sotishdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga tushadigan mablagʻlar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24 foizi — Jamgʻarmaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 foizi — mablagʻlarni maqsadli ravishda tadbirkorlarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini moliyalashtirishga yoʻnaltirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga, jalb qilinadigan, shu jumladan xorijiy mutaxassislar va konsalting tashkilotlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maʼmuriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan davlat mulki elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish boʻyicha xarajatlarini qoplashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shu jumladan ular tomonidan uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirish, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ikki oy muddatda yuridik shaxslar hisobi va reyestrini yuritish tizimini takomillashtirish, bunda avvalo davlat korxonalari, ustav kapitalida (fondida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaxslar, shuningdek ustav kapitalida (fondida) 50 foiz va undan ortiq ulush 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobining yuritilishini taʼminlash yuzasidan amaliy choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini cheklaydigan qonunchilik normalarini bekor qilish boʻyicha takliflarni kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar davlat, shu jumladan unitar korxonalarni xatlovdan oʻtkazsin, bunda ushbu korxonalarning faoliyat maqsadlaridan kelib chiqib, ularni davlat muassasalari yoki xoʻjalik jamiyatlariga aylantirish va keyinchalik ularning ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar paketlari (ulushlarini) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlarni tiklash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga koʻmaklashish funksiyalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur Farmonga muvofiq tugatilayotgan tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda ularning mol-mulkini qabul-qilish va topshirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2019-yil 1-martga qadar tegishli sohalardagi kompleks kamchiliklarni, shuningdek maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) va ularga erishishning qadamba-qadam mexanizmlarini koʻrsatgan holda 2019-yil uchun mos ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ikki oy muddatda “Elektron hukumat” tizimiga taqdim etilishi va kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar tarkibi boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga kiritsin, shuningdek Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimining belgilangan protokol boʻyicha platforma formatida majburiy qoʻllanilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 26-martdagi PF-1414-son Farmoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 14-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5630-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 06/19/5630/2474-son; 27.05.2020-y., 06/20/6000/0673-son; 14.04.2021-y., 06/21/6207/0334-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 24.01.2023-y., 06/23/13/0051-son, 02.02.2023-y., 06/23/16/0067-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)