09.11.2018 yildagi PQ-4009-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va davlatning rolini kamaytirish, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb qilishni ragʻbatlantirish, paxta xom ashyosi yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni chuqur qayta ishlashni tashkil etish, agrar sektorda mehnat unumdorligini va unga haq toʻlashni oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan hamkorligini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 24-maydagi PQ-3739-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Silverleafe International LLC” kompaniyasining (AQSH) va “VMV Trade Group” MCHJning (Oʻzbekiston) Jizzax viloyatida zamonaviy agroklasterni tashkil etish uchun 344,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilgan holda “ Silverleafe VMV Agro Trade Group” qoʻshma korxonasini (keyingi oʻrinlarda — qoʻshma korxona) tashkil etish toʻgʻrisidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtirish va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va tijorat banklarining kreditlarini jalb qilish hisobiga qishloq xoʻjaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproqni tahlil qilish, biotexnologiya va oʻsimliklarni himoya qilish, gʻoʻza, poliz va sabzavot ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi, oʻsimliklar genetikasi bilan shugʻullanuvchi markaz, shuningdek, genetik modifikatsiyalangan organizmlar kirib kelishidan genofondni himoya qilish uchun markaz faoliyatini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jizzax viloyati hokimligining loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichi doirasida qoʻshma korxonaga gʻoʻza va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini zamonaviy usullar va texnologiyalarni qoʻllagan holda namunali tarzda yetishtirish uchun Paxtakor tumanidagi yaxlit yer uchastkasidan iborat 2,0 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonini uzoq muddatga ijaraga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beriladigan yer uchastkasidagi yerdan foydalanuvchilarning amalda xarajatlari qoʻshma korxonaning mablagʻlari hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jizzax viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish loyihasini amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Ishchi komissiyaning (N.S. Otajonov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani sifatli va samarali amalga oshirishga, uni ijro etish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga va hamkorligini taʼminlashga qaratilgan tashkiliy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarni bajarishda har tomonlama koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga muvofiq qoʻshma korxonaga va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarga beriladigan yer uchastkalarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beriladigan yer uchastkasidagi yerdan foydalanuvchilar xarajatlarining oʻz vaqtida va toʻliq qoplanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani 2020 ― 2023-yillarda Jizzax viloyatining boshqa tumanlarida amalga oshirishni davom ettirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ijrosining borishini tizimli tahlil qilish, loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq muammolarni aniqlash, barcha kompleks masalalarni oʻz vaqtida va tezkorlik bilan hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amaliy choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan investor bilan loyihani amalga oshirish uchun bitim tuzishni taʼminlasin, unda investorning quyidagilarni taʼminlashga oid majburiyatlarini nazarda tutsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorda nazarda tutilganidan kam boʻlmagan hajmda investitsiyalarni oʻz vaqtida va toʻliq kiritish, shuningdek, loyihaning maqsadli parametrlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini saqlab qolish va oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning ilmiy asoslangan va innovatsion texnologiyalariga tayangan eng ilgʻor agrotexnologiyalarini, shu jumladan, zamonaviy sugʻorish tizimlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklar va hayvonlarni qishloq xoʻjaligi zararkunandalari va kasalliklaridan himoya qilishga doir zarur chora-tadbirlar koʻrish, ularning paydo boʻlishi va respublika hududida tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosini ishlab chiqarishda va uni keyinchalik qayta ishlashda VSI (“Yanada ekologik paxta uchun”) standartlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori qoʻshilgan qiymatga ega qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash uchun quvvatlar yaratish yoxud qoʻshma korxona va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga hamda hamkor fermer xoʻjaliklariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga bogʻliq hajmda respublikada ularni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun jahon brendlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotni valyuta xarajatlaridan ortiq hajmda eksport qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrinlari tashkil etish, shu jumladan ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq qoʻshma korxonaga oʻtkaziladigan yer uchastkalariga ishlov berish uchun jalb qilingan shaxslarni ishga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 1-bandidan kelib chiqadigan boshqa shartlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma korxonaga Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarori tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilmagan, ushbu qaror asosida berilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilmagan, ulardan notoʻgʻri yoxud tuproqlar unumdorligi kamayishiga, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishga, ekologik holat yomonlashishiga olib keladigan tarzda foydalanilgan, shuningdek, yer uchastkalaridan foydalanilmagan taqdirda yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni ijaraga berish huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq bekor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qoʻshma korxona va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar, qishloq xoʻjaligi yer-mulklaridan, shuningdek, qoʻshma korxona asboblari va uskunalari bilan band boʻlgan yerlardan olinadigan yagona yer soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish jarayonida oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, maxsus transport vositalari va texnikasi, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, qurilish materiallari, issiqxona komplekslari, uchuvchisiz uchish apparatlari, hayvonlar, urugʻliklar va oʻsimliklar, veterinariya preparatlarini belgilangan tartibda tuziladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kirishda bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) norezident tashkilotlar — doimiy muassasa orqali va Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlash manbasidan olinadigan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jizzax viloyati hokimligi (E.A. Saliyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir kun muddatda ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq qoʻshma korxonaga yer uchastkasi belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq qishloq xoʻjaligi yer-mulklari olib qoʻyilayotgan yerdan foydalanuvchilarga ularning xohishi boʻyicha boshqa yer uchastkalarini berish imkoniyatini koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda qoʻshma korxonaning murojaatiga koʻra fermer xoʻjaliklari roʻyxatini belgilasin va kontraktatsiya shartnomalarini tuzishda amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya bilan kelishgan holda qoʻshma korxonaga va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni tashkil etish, shuningdek keyinchalik qayta ishlash maqsadida qattiq yogʻochli daraxtlarni ekish uchun qoʻshimcha yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoʻshma korxonaning buyurtmalariga koʻra qishloq xoʻjaligi boʻyicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma korxonaning buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish, amaliyot oʻtash va malaka oshirish uchun xorijga joʻnab ketadigan qoʻshma korxona mutaxassislariga vizalar olish bilan bogʻliq tadbirlarni bajarishda koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoʻshma korxonaning buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar uchun davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M. Mavlonov, G.K. Saidova va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 9-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4009-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-noyabrdagi PQ-4009-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish loyihasini amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha ishchi komissiyaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Otajonov N.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh raisi

Rustambekov N.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

Nikonov I.G.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

Radjabov B.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

Abdullayev A.X.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

Joʻrayev N.S.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sharipov N.Sh.

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Mirzayev M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

Karimov A.R.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

Xodjayev S.S.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

Xalilov U.Ya.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

Bekenov S.X.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Fayziboyev O.E.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Saliyev M.O.

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Pak D.G.

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

Saliyev E.A.

Jizzax viloyati hokimi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.