Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2025 09.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3116
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 09.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3116
Kuchga kirish sanasi
09.01.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2025
Hujjat 09.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 9-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3116]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 10-fevraldagi 3-mh sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3116-2, 14.02.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 8-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ‒3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlar (keyingi oʻrinlarda yuridik kollejlar deb yuritiladi) oʻquvchilari (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb yuritiladi) tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni tashkil etish va oʻtash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi tashkilot — oʻquvchilar tomonidan amaliyot oʻtalayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, moliya-bank va boshqa muassasalar hamda ularning yuridik xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot — nazariy taʼlim berish jarayonida oʻquvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik boʻyicha zarur layoqatga, koʻnikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega boʻlish uchun oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining tarkibiy bir qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv amaliyoti — yuridik kollejlarning birinchi kurs oʻquvchilari tomonidan kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlangʻich maʼlumotlarni olish va egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash, tanlangan mutaxassislik boʻyicha amaliy kasb layoqati va koʻnikmalarini egallash maqsadida oʻtaladigan amaliyot turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakaviy amaliyot — yuridik kollejlarni bitiruvchi kurs oʻquvchilarini oʻqitishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi va ularning boshlangʻich kasb tajribasiga hamda malakaga ega boʻlishi, oʻquvchilarning mustaqil ravishdagi mehnat faoliyatiga kasb boʻyicha tayyorligini tekshirish, maxsus fanlarni oʻrganishda olingan bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish, tizimlashtirish maqsadida oʻtkaziladigan amaliyot turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollejdan amaliyot rahbari — oʻquv yuklamasiga amaliyot kiritilgan yuridik kollej pedagog xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari — oʻquvchilarni amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish masʼuliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotni oʻtash dasturi — oʻquv rejalarini hisobga olgan holda yuridik kollejlar tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dastur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Amaliyotni oʻtash muddati va joyi amaliyotni oʻtash dasturi va oʻquv rejalari bilan nazariy tayyorgarlik hamda tanlangan mutaxassislikni inobatga olgan xolda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Amaliyot uzluksiz hamda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotning barcha turlari oʻquv dasturida nazarda tutilgan muddatlarda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻquv amaliyoti oʻquvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlarni chuqur oʻzlashtirishlari, tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha dastlabki malaka va koʻnikmalarni egallashlari uchun oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv amaliyoti birinchi kurs yakunidan soʻng oʻtkaziladi, alohida hollarda esa oʻquv rejada koʻrsatilib oʻqish bilan bir vaqtda uzviy tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Malakaviy amaliyot oʻquvchining tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, oʻquvchi tomonidan kasbiy faoliyatni egallashning uzluksiz va izchil jarayonini taʼminlashga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malakaviy amaliyot yuridik kollejning ikkinchi kurs oʻquvchilari uchun 4-semestr davomida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaliyot oʻtash joyi oʻquvchilar uchun yuridik kollej tomonidan tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi yoki tanlangan mutaxassislik boʻyicha tashkilotlarning kelishuv xatlariga muvofiq kelgusida ishga joylasha oladigan korxona, muassasa va tashkilotlardan biri tanlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Amaliyotni oʻtashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Amaliyot oʻtash yakunlangach, oʻquvchi tomonidan amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobot tayyorlanadi va topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotda bajarilgan ish, oʻrganilgan huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va koʻnikmalar aks ettiriladi. Hisobot oʻquvchi tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbarlari amaliyot oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotga oʻquvchining ijobiy va salbiy fazilatlarini, uning oʻzlashtiruvchanligi va boshqa maʼlumotlarni yorituvchi yozuvlarni kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hisobotning titul varagʻida oʻquvchining amaliyot oʻtash joyi, muddati, uning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Amaliyot oʻtashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Amaliyotni oʻtashning bosqichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Amaliyot uch bosqichga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy;

amaliyot boʻyicha imtihon.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tayyorlov bosqichida oʻquv rejaga asosan amaliyot oʻtashning birinchi kunida yuridik kollej va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbarlari tomonidan yigʻilish oʻtkaziladi. Yigʻilishda oʻquvchilar amaliyotni oʻtash dasturi bilan tanishadi, uning maqsad va vazifalariga taalluqli koʻrsatmalar, ularni bajarish boʻyicha qoʻllanmalarni oladi, amaliyot oʻtash va amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobot tuzish tartibi haqida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaliyotni oʻtashning boshida oʻquvchilar qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari, oʻziga xosligi bilan tanishadi hamda yuridik kollej va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyotni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalini tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Amaliyot oʻtashning asosiy bosqichida oʻquvchi bevosita qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalida koʻrsatib oʻtilgan ishni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Amaliyot boʻyicha imtihon amaliyotning yakuniy bosqichi hisoblanib, unda oʻquvchilar tomonidan amaliyotni oʻtash jarayonida bajarilgan ishlarning natijalari tahlil qilinadi va baholanadi. Amaliyot boʻyicha imtihon yuridik kollej vakillari orasidan tuzilgan komissiya tomonidan yuridik kollejda, qoida tariqasida, yozma ravishda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Amaliyot boʻyicha imtihon quyidagi baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotda egallangan nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalari darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi tomonidan amaliyot davomida toʻplangan materiallarning tuzilishi, darajasi va sifati hamda uni oʻtash davomida oʻrganilgan masalalarning yoritib berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Amaliyotni oʻtashda oʻquvchiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻquvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot boʻyicha uslubiy va koʻrsatma materiallar bilan tanishishi va yuridik kollejdan amaliyot rahbarida yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotni tashkil etish va oʻtashni nazorat qilish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotni oʻtash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, toʻliq hajmda va sifatli bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik kollejdan amaliyot rahbarining talabi bilan koʻrib chiqish uchun amaliyot oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotini taqdim qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi oʻquv va amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin boʻlgan materiallar toʻplamini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki mehnat tartib qoidalari va qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi hujjatlarga rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Amaliyot tugaganidan keyin oʻquvchi amaliyot boʻyicha imtihonni oʻtkazish kuniga qadar yuridik kollejdagi amaliyot rahbariga amaliyot oʻtagani toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻquvchi amaliyot yakunlanganidan soʻng yuridik kollejda amaliyot boʻyicha imtihon topshirishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Amaliyotni tashkillashtirishning shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Amaliyotni tashkil etish oʻquvchilar amaliyotni oʻtash dasturlari bilan belgilanadi. Amaliyotni barcha bosqichlarda tashkil etish oʻquvchilar tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni taʼminlashga yoʻnaltirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Pedagog xodimning amaliyotdagi oʻquv yuklamasi oʻquv rejada koʻrsatilgan oʻquv pedagogik soatlar (haftalar)dan va amaliyotni oʻtash turidan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Amaliyotni tashkil etish uchun, qoida tariqasida, amaliyot boshlanishidan bir oy oldin yuridik kollej direktori tomonidan buyruq qabul qilinadi. Buyruqda amaliyotlar turi, muddati va uni oʻtash joyi, moddiy taʼminot, yuridik kollejdan amaliyot rahbarlarini turar joy bilan taʼminlash, masʼul shaxslar va joʻnatilayotgan oʻquvchilar, yuridik kollejdan amaliyot rahbarlari tarkibining roʻyxati belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yuridik kollej direktori amaliyotga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida mehnatni muhofaza qilish hamda faoliyat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilishini hamda oʻquvchilarni oʻz vaqtida amaliyot oʻtash joylariga taqsimlanishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Amaliyotni tayyorlash, taʼminlash va oʻtashni muvofiqlashtirishni yuridik kollejning amaliyotni tashkillashtiruvchi tarkibiy boʻlinmasi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yuridik kollejdagi amaliyot rahbari:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotga ketayotgan oʻquvchilar bilan yoʻl-yoʻriqlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning amaliyot oʻtash joyiga yetib kelishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi tashkilot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan aloqalar oʻrnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarga amaliyotni oʻtash dasturini bajarish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotning butun davri uchun oʻquvchilarga individual reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotni oʻtash joylariga oʻquvchilarni taqsimlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot muddatlariga va uning tarkibiga rioya qilinishi, shuningdek amaliyotni oʻtash dasturi bajarilishining nazoratini amalga oshiradi (oʻquvchilarni amaliyot oʻtash joylariga koʻrishga borish yoʻli bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot boʻyicha imtihonda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻquvchi tomonidan amaliyot boshqa viloyatda oʻtalayotganda hamda yuridik kollejdan amaliyot rahbarini tayinlashning imkoni boʻlmagan hollarda, amaliyotni nazorat qilish uchun tegishli viloyat adliya organi rahbari bilan kelishib, shahar va tuman adliya boʻlimlari xodimlari amaliyot rahbari etib belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik kollejlar bilan amaliyotni oʻtash haqida shartnomalar tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni tashkil etish toʻgʻrisida buyruqlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan qabul qiluvchi tashkilotda amaliyot oʻtash uchun masʼul shaxslarni tayinlaydi, shuningdek ularning orasidan amaliyot oʻtashni tashkil etish va nazorat qilish uchun ishchi guruh tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotni oʻtash dasturiga muvofiq amaliyot oʻtash uchun sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarga texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari boʻyicha tushuntirish oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan obyektlari boʻyicha oʻquvchilarni taqsimlaydi, uning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari va oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni amaliyotni oʻtash dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar tomonidan amaliyotni oʻtash dasturining bajarilishi uchun zarur sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarga ishlab chiqarish masalalari boʻyicha maslahatlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilayotgan ish ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi ish kunining belgilangan davomiyligiga rioya etilishini hamda ish vaqtidan samarali foydalanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobotni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik kollejdan amaliyot rahbarini oʻquvchi tomonidan amaliyot oʻtash dasturi bajarilmayotganligi hamda barcha mehnat intizomi buzilish holatlari haqida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik kollejdan amaliyot rahbari bilan aloqani ushlab turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbariga oʻquvchiga amaliyot oʻtash dasturi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni bajarish topshirigʻini berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Amaliyot yuridik kollej bilan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasidagi qabul qiluvchi tashkilotning amaliyot oʻtash uchun joy ajratish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik kollej va qabul qiluvchi tashkilot amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shartnomada shartnoma predmetini, taraflarning huquq va majburiyatlarini, amaliyotni tashkil etish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Amaliyot boshlanishi vaqtidan boshlab oʻquvchilarga qabul qiluvchi tashkilotda belgilangan tartibda tanishtirilishi shart boʻlgan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartib qoidalari hamda qabul qiluvchi tashkilotda amalda boʻlgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Amaliyot boʻyicha baho taʼlim boʻyicha baholarga tenglashtiriladi va oʻquvchilar umumiy oʻzlashtirishining yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olinishi oʻquvchini akademik qarzdor sifatida tegishli oʻquv kursida qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzrli sabablarsiz amaliyotga kelmaslik oʻquv intizomini buzish sifatida oʻquvchini belgilangan tartibda yuridik kollej oʻquvchilari safidan chetlashtirilishiga asos boʻlib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yuridik kollejdan amaliyot rahbarlarining yuridik kollej joylashgan joydan amaliyotni oʻtash joyigacha borish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan yashash va sutkalik xarajatlar, oʻrnatilgan tartibda yuridik kollejning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 8-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/3116/2444-son; 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)