1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Mas’ullar |
|
1. |
Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda boshqaruv kompaniyasi deb ataladi) aniqlash uchun tanlov o‘tkazish tartibini ishlab chiqish. |
Ko‘p kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish hamda boshqaruv kompaniyasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. |
2019-yil 31-yanvargacha |
Toshkent shahar hokimligi |
|
2. |
Boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish. |
Ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash, foydalanish va saqlash uchun boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish. |
2019-yil 31-yanvargacha |
Toshkent shahar hokimligi |
|
3. |
Ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari tomonidan to‘lanadigan majburiy badallarning eng kam miqdorini tasdiqlash. |
Yunusobod tumani xalq deputatlari Kengashining qarori. |
2019-yil 31-yanvargacha |
Toshkent shahar hokimligi |
|
4. |
Ko‘p kvartirali uyni saqlash va undan foydalanish talablarini ishlab chiqish. |
Ko‘p kvartirali uyni va uning oldidagi uchastkalarni saqlash hamda ulardan foydalanish talablarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
2019-yil 1-aprelgacha |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Toshkent shahar hokimligi, loyiha institutlari |
|
5. |
Ko‘p kvartirali uyga tutash bo‘lgan yer uchastkalarining hajmlari va chegaralari normativlarini belgilash. |
1. Yong‘in xavfsizligi, shaharsozlik va sanitariya normalarini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, ko‘p kvartirali uyga tutash bo‘lgan yer uchastkalarining hajmlari hamda chegaralari normativlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
2. Ko‘p kvartirali uyga tutash bo‘lgan yer uchastkasini ko‘rsatgan holda, har bir ko‘p kvartirali uyga kadastr hujjatlarini berish. |
2019-yil 1-aprelgacha
|
Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Davergeodezkadastr, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
6. |
Xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. |
1. Uy-joy kommunal soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish. 2. O‘quv dasturlari va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish.
3. Uy-joy kommunal soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. |
2019-yil 20-yanvargacha 2019-yil 1-fevralgacha
|
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’lim markazi |
|
7. |
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalarini tanlov asosida tanlash. |
1. Tanlovga qo‘yiladigan ko‘p kvartirali uy-joy fondi lotlarining ro‘yxatini aniqlash. 2. Tanlov shartlarini ochiq holda, shu jumladan Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish. 3. Tanlov o‘tkazish va boshqaruv kompaniyalarini tanlash. |
2019-yil 31-yanvargacha
|
Toshkent shahar hokimligi |
|
8. |
Ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash uchun shartnoma tuzish. |
Boshqaruv kompaniyasi va ko‘p kvartirali uy-joy fondining turar-joylari mulkdorlari yoki ularning ishonchli shaxsi bilan ko‘p kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish |
2019-yil 1-martgacha |
Toshkent shahar hokimligi, boshqaruv kompaniyalari |
|
9. |
Tuzilgan shartnoma doirasida ko‘p kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish. |
1. Amaldagi shaharsozlik qoidalari va normalariga qat’iy muvofiq holda ishlarni tashkil etish. 2. Bajarilgan ish to‘g‘risida turar-joylar mulkdorlariga muntazam hisobotlar berish. |
2019-yil mobaynida |
Yunusobod tumani hokimligi, boshqaruv kompaniyalari |
|
10. |
Boshqaruv kompaniyalarini binolar va yer uchastkalari bilan ta’minlash. |
Boshqaruv kompaniyalarining asoslantirilgan buyurtmanomalari bo‘yicha binolar, inshootlar va yer uchastkalari ajratish. |
Boshqaruv kompaniyalarining buyurtmanomalari bo‘yicha |
Toshkent shahar hokimligi |
|
11. |
Toshkent shahrining suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish va sanitar tozalash tizimini, zarur hollarda xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, modernizatsiya qilish hamda boshqarishga doir loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish. |
1. Vazirlar Mahkamasiga kommunal obyektlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida topshirish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga va qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritish. 2. Kommunal tizimning har bir obyektidan texnik foydalanish shartlarini aniqlash. |
2019-yil 1-aprelgacha |
Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar davlat qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik agentligi, “Suvsoz” DUK, “Toshissiqquvvati” DUK, “Maxsustrans” DUK |
|
12. |
Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini yaratish va iste’molchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobraqamini joriy etish. |
1. Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq ishlab chiqish. 2. Yagona billing tizimini yaratish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash. |
2019-yil 1-aprelgacha |
Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi |
|
13. |
Kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturini ishlab chiqish. |
1. Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun texnik talablar ishlab chiqish va topshiriq belgilash. 2. 2020 — 2022-yillarda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturini 2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil 1-aprelgacha |
Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Investitsiyalar davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ. |
|
14. |
Uy-joy kommunal sohaga davlat-huquqiy sheriklik joriy qilish to‘g‘risida aholi va tadbirkorlar o‘rtasida soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida keng tushuntirish ishlarini o‘tkazish. |
1. Boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish va ularning faoliyati to‘g‘risida tegishli maqolalar, tele, radiodasturlar, roliklar tayyorlash. 2. Toshkent shahar hokimligining veb-saytida boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida ma’lumot joylashtirish. |
2019-yil mobaynida |
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi |