03.01.2019 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridan oʻtadigan kanallar va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida” 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga asosan Toshkent shahridan oʻtadigan kanallardan foydalanish va boshqarish hamda ularga tutash hududlarni obodonlashtirish tizimi barpo etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan shahar hududida jami 417 km kanallar xatlovdan oʻtkazilib, kanallar va suv xoʻjaligi inshootlarining sanitar holati, qirgʻoq boʻylarining mustahkamligi, kanal boʻyi hududlarining obodonlashtirish darajasi qoniqarsiz ahvolda ekanligi shaharning koʻrkiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganligi aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, shahar aholisining kanallardan foydalanish madaniyatiga rioya qilmaganligi sababli kanallarning sanitar ahvoli yildan yilga yomonlashib bormoqda. Jumladan, kanallarning qirgʻoq boʻyi hududlarida turar va noturar obyektlarning mavjudligi kanallarni tozalashga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2018-yilning iyul oyidan shu kunga qadar shahar kanallarining qirgʻoq boʻyi hududlarida jami 1 320 ta noqonuniy qurilmalarning buzilishi taʼminlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Toshkent shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasining zamonaviy moddiy-texnika bazasi yetarli darajada shakllantirilmaganligi suv havzalarining oʻz vaqtida tozalanmasligiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, xatlov natijasida 137 km kanallarga tutash hududlarda obodonlashtirish va sayilgohlar tashkil etilishi zarur boʻlgan hududlar aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridan oʻtadigan kanallar va suv xoʻjaligi inshootlaridan oqilona foydalanish, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun madaniy hordiq chiqarish maskanlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Toshkent shahridan oʻtadigan kanallar va suv xoʻjaligi inshootlaridan oqilona foydalanishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar hududida joylashgan kanallar va suv xoʻjaligi inshootlarining tegishli sanitar holati va texnik ishonchliligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitar, ekologik talab va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahardan oʻtadigan kanallarning qismlarini, oʻzanlarini betonlash yoʻli bilan rekonstruksiya qilish, qirgʻoq boʻylarida zamonaviy landshaft meʼmorchiligi usullarini qoʻllagan holda rekreatsion hududlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini, jumladan, suv va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etgan holda oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridan oʻtuvchi kanallarning oʻzani va qirgʻoqlarini oʻrgangan holda ularning topografik, geologik va boshqa texnik koʻrsatkichlarini aks ettiruvchi ishchi holatdagi kanallarning pasportlarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridan oʻtuvchi kanallarga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishning badiiy-meʼmoriy normativlarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarni betonlash, lotoklar va maxsus himoya qoplamalarini yotqizish, konstruktiv elementlarni shakllantirish, ularga oʻzgartirish kiritish hamda hudud atrofini obodonlashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda Toshkent shahridan oʻtadigan kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasiga kanallarning oʻzani va ularga tutash hududlarni tozalash hamda obodonlashtirish uchun xarid qilinadigan moddiy-texnika vositalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligiga istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan moddiy-texnika vositalarini tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan, eng maqbul takliflarni inobatga olgan holda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskorlariga kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadlari uchun yer maydonlarini biriktirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda loyiha tashabbuskorlariga obodonlashtirish maqsadlari uchun biriktirilgan maydonlarda, kanallardan foydalanishga toʻsqinlik qilmagan holda, vaqtinchalik qurilmalarni belgilangan tartibda joylashtirishga ruxsat berish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Toshkent viloyati hokimligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini inobatga olgan holda, kanallarni tozalash va taʼmirlash tadbirlarini amalga oshirish uchun magistral kanallardagi suvni toʻxtatish tarmoq jadvalini ishlab chiqib, unga qatʼiy rioya etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirish, Toshkent shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasini jihozlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, 2019-yilda Toshkent shahridan oʻtadigan kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlarini jalb qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral kanallarga tutash hududlarda zamonaviy landshaft meʼmorchiligini qoʻllagan holda tematik xiyobonlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amfiteatrlar va aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniy-koʻngilochar maskanlar ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar uchun shaharning jozibadorligini oshirish yoʻnalishida kanallarga tutash hududlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarga tutash hududlarda sport va sogʻlomlashtirish (baydarka va kanoeda eshkak eshish, yugurish va velosiped yoʻlaklari) maskanlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil konstruksiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, “Wi-Fi” hududlar va musiqali favvoralarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boʻzsuv” kanalining Chilonzor tumanidan oʻtgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan “Gondola” qayiqlarida sayr qilish maskanlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarga tutash hududlarda “Book cafe”, “Open air” kinoteatrlari, “Ekstremal sport turlari”, “Sunʼiy plyaj” tashkil etish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va salohiyatli investorlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiyasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda kanallarga tutash hududlarda turli xil millat madaniyatlarini aks ettiruvchi madaniy hordiq maskanlarini tashkil etish, badiiy koʻrgazmalar, festival va koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarning sanitar holatini yaxshilash, shuningdek, kanallarga yoʻnaltirilgan kanalizatsiyalar va oqova suvlarni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining suv resurslaridan foydalanish, kanal boʻyi hududlari ozodaligini saqlash borasida ekologik madaniyatni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va doimiy ravishda nazoratini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qurilish vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Salar” kanalining bosh suv olish manbasini tiklash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda kanal boʻyi hududlarida tashkil etilgan maskanlarni turistik yoʻnalishlarga doimiy ravishda kiritib borishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, Toshkent shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq toʻlashda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 5-ilovadagi tarmoq tarif setkasi qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-yil, 46-son, 414-modda) 4i-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda kanal boʻyi hududlarini muhofaza qilish va ozoda saqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 3-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-yanvardagi 3-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda Toshkent shahridan oʻtadigan kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshiriladigan ish hajmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbasi

oʻlchami
(km)

taxminiy qiymati
(mlrd.soʻm)

respublika budjeti
(mlrd.soʻm)

mahalliy budjet
(mlrd.soʻm)

investor mablagʻlari
(mlrd.soʻm)

Jami:

22,1

192,6

32,7

48,2

111,7

1.

Yunusobod tumani “Yuqori Qoraqamish” koʻchasidan oqib oʻtuvchi “Qoraqamish” kollektoriga tutash hududda sayilgoh tashkil etish

1,2

10,5

2019-yil aprel

1,8

2,6

6,1

2.

Mirzo Ulugʻbek tumani “Doʻrmon yoʻli” koʻchasidan “Ziyolilar” koʻchasigacha boʻlgan “Salar” kanalining Botanika bogʻiga tutash qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

1,6

13,9

2019-yil aprel

2,4

3,5

8,1

3.

Olmazor tumanidan oqib oʻtuvchi “Damashi” kanalining “Qorasaroy” koʻchasidan “Keles yoʻli” koʻchasigacha boʻlgan qismida sayilgoh tashkil etish

2,4

20,9

2019-yil aprel

3,6

5,2

12,1

4.

Mirzo Ulugʻbek tumanidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” kanalining “Temur Malik” koʻchasidan “Doʻrmon yoʻli” koʻchasigacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

2,3

20,0

2019-yil iyul

3,4

5,0

11,6

5.

Yashnobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” kanalining “Boysun” koʻchasidan “Fargʻona yoʻli” koʻchasigacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1,5

13,1

2019-yil iyul

2,2

3,3

7,6

6.

Mirobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” kanalining “Fargʻona yoʻli” koʻchasidan “Fitrat” koʻchasigacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1,1

9,6

2019-yil iyul

1,6

2,4

5,6

7.

Bektemir tumanidan oqib oʻtuvchi “Bektemir” kanalining “Xusayn Boyqaro” koʻchasidan “Bilol Nozim” koʻchasigacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

2,0

17,4

2019-yil sentyabr

3,0

4,4

10,1

8.

Yakkasaroy tumanidan oqib oʻtuvchi “Salar” kanalining “Bobur” koʻchasidan Kichik xalqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismida sayilgoh tashkil etish

2,4

20,9

2019-yil sentyabr

3,6

5,2

12,1

9.

Shayxontohur va Chilonzor tumanlari chegarasidagi “Baynalmilal” koʻchasiga tutash qismidan oqib oʻtuvchi “Boʻzsuv” kanalining “Oqtepa” maydonidan “Oqtepa” gidro elektr stansiyasigacha boʻlgan qismida sayilgoh tashkil etish

1,0

8,7

2019-yil sentyabr

1,5

2,2

5,1

10.

Uchtepa tumanidan oqib oʻtuvchi “Boʻzsuv” kanalining “Farxod” koʻchasidan Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismini obodonlashtirish

3,5

30,5

2019-yil dekabr

5,2

7,6

17,7

11.

Sergeli tumani “Choshtepa” mahallasidan oqib oʻtuvchi “Joʻn” kanalining qirgʻoq qismini mustahkamlash

2,0

17,4

2019-yil dekabr

3,0

4,4

10,1

12.

Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi “Boʻrijar” kanalining Kichik halqa avtomobil yoʻliga tutash qismining qirgʻoqlarini obodonlashtirish

1,1

9,6

2019-yil dekabr

1,6

2,4

5,6

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-yanvardagi 3-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasiga kanallarning oʻzani va ularga tutash hududlarni tozalash hamda obodonlashtirish uchun xarid qilinadigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MODDIY-TEXNIKA VOSITALARI ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Transport / maxsus texnika nomi

Soni

1.

Ekskavator

4

2.

Kanallarni tozalash texnikalari

4

3.

Motorli qayiqlar

1

4.

Avtokran

1

5.

Teleskopik koʻtargich

2

6.

Trayler (tirkamasi bilan)

2

7.

Samosval

5

8.

Musorovoz

1

9.

Ilosos

1

10.

Damas

4

11.

Neksiya

1

12.

Benzovoz

1

13.

Benzinli arra

20

14.

Maysa va oʻtlarni oʻrish texnikasi (gazonokosilka)

10

Jami:

57

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Xarid qilinadigan moddiy-texnika vositalari uchun mablagʻlar Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 09/19/3/2414-son; 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)