03.01.2019 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridan o‘tadigan kanallar va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida” 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga asosan Toshkent shahridan o‘tadigan kanallardan foydalanish va boshqarish hamda ularga tutash hududlarni obodonlashtirish tizimi barpo etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan shahar hududida jami 417 km kanallar xatlovdan o‘tkazilib, kanallar va suv xo‘jaligi inshootlarining sanitar holati, qirg‘oq bo‘ylarining mustahkamligi, kanal bo‘yi hududlarining obodonlashtirish darajasi qoniqarsiz ahvolda ekanligi shaharning ko‘rkiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, shahar aholisining kanallardan foydalanish madaniyatiga rioya qilmaganligi sababli kanallarning sanitar ahvoli yildan yilga yomonlashib bormoqda. Jumladan, kanallarning qirg‘oq bo‘yi hududlarida turar va noturar obyektlarning mavjudligi kanallarni tozalashga to‘sqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2018-yilning iyul oyidan shu kunga qadar shahar kanallarining qirg‘oq bo‘yi hududlarida jami 1 320 ta noqonuniy qurilmalarning buzilishi ta’minlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Toshkent shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasining zamonaviy moddiy-texnika bazasi yetarli darajada shakllantirilmaganligi suv havzalarining o‘z vaqtida tozalanmasligiga sabab bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, xatlov natijasida 137 km kanallarga tutash hududlarda obodonlashtirish va sayilgohlar tashkil etilishi zarur bo‘lgan hududlar aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridan o‘tadigan kanallar va suv xo‘jaligi inshootlaridan oqilona foydalanish, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun madaniy hordiq chiqarish maskanlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Toshkent shahridan o‘tadigan kanallar va suv xo‘jaligi inshootlaridan oqilona foydalanishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar hududida joylashgan kanallar va suv xo‘jaligi inshootlarining tegishli sanitar holati va texnik ishonchliligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitar, ekologik talab va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahardan o‘tadigan kanallarning qismlarini, o‘zanlarini betonlash yo‘li bilan rekonstruksiya qilish, qirg‘oq bo‘ylarida zamonaviy landshaft me’morchiligi usullarini qo‘llagan holda rekreatsion hududlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini, jumladan, suv va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etgan holda oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridan o‘tuvchi kanallarning o‘zani va qirg‘oqlarini o‘rgangan holda ularning topografik, geologik va boshqa texnik ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi ishchi holatdagi kanallarning pasportlarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridan o‘tuvchi kanallarga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishning badiiy-me’moriy normativlarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarni betonlash, lotoklar va maxsus himoya qoplamalarini yotqizish, konstruktiv elementlarni shakllantirish, ularga o‘zgartirish kiritish hamda hudud atrofini obodonlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda Toshkent shahridan o‘tadigan kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasiga kanallarning o‘zani va ularga tutash hududlarni tozalash hamda obodonlashtirish uchun xarid qilinadigan moddiy-texnika vositalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligiga istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan moddiy-texnika vositalarini tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng maqbul takliflarni inobatga olgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskorlariga kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadlari uchun yer maydonlarini biriktirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda loyiha tashabbuskorlariga obodonlashtirish maqsadlari uchun biriktirilgan maydonlarda, kanallardan foydalanishga to‘sqinlik qilmagan holda, vaqtinchalik qurilmalarni belgilangan tartibda joylashtirishga ruxsat berish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Toshkent viloyati hokimligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini inobatga olgan holda, kanallarni tozalash va ta’mirlash tadbirlarini amalga oshirish uchun magistral kanallardagi suvni to‘xtatish tarmoq jadvalini ishlab chiqib, unga qat’iy rioya etishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirish, Toshkent shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasini jihozlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, 2019-yilda Toshkent shahridan o‘tadigan kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlarini jalb qilishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral kanallarga tutash hududlarda zamonaviy landshaft me’morchiligini qo‘llagan holda tematik xiyobonlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amfiteatrlar va aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniy-ko‘ngilochar maskanlar ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar uchun shaharning jozibadorligini oshirish yo‘nalishida kanallarga tutash hududlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarga tutash hududlarda sport va sog‘lomlashtirish (baydarka va kanoeda eshkak eshish, yugurish va velosiped yo‘laklari) maskanlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil konstruksiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, “Wi-Fi” hududlar va musiqali favvoralarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bo‘zsuv” kanalining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan “Gondola” qayiqlarida sayr qilish maskanlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarga tutash hududlarda “Book cafe”, “Open air” kinoteatrlari, “Ekstremal sport turlari”, “Sun’iy plyaj” tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va salohiyatli investorlarni jalb etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiyasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda kanallarga tutash hududlarda turli xil millat madaniyatlarini aks ettiruvchi madaniy hordiq maskanlarini tashkil etish, badiiy ko‘rgazmalar, festival va ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha 2019-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarning sanitar holatini yaxshilash, shuningdek, kanallarga yo‘naltirilgan kanalizatsiyalar va oqova suvlarni bartaraf etish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining suv resurslaridan foydalanish, kanal bo‘yi hududlari ozodaligini saqlash borasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va doimiy ravishda nazoratini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qurilish vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Salar” kanalining bosh suv olish manbasini tiklash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda kanal bo‘yi hududlarida tashkil etilgan maskanlarni turistik yo‘nalishlarga doimiy ravishda kiritib borishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Toshkent shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga Vazirlar Mahkamasining Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarorida nazarda tutilgan tartibga muvofiq tarif setkasi hamda mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi tatbiq etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-yil, 46-son, 414-modda) 4i-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda kanal bo‘yi hududlarini muhofaza qilish va ozoda saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 3-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-yanvardagi 3-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda Toshkent shahridan o‘tadigan kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshiriladigan ish hajmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbasi

o‘lchami
(km)

taxminiy qiymati
(mlrd.so‘m)

respublika budjeti
(mlrd.so‘m)

mahalliy budjet
(mlrd.so‘m)

investor mablag‘lari
(mlrd.so‘m)

Jami:

22,1

192,6

32,7

48,2

111,7

1.

Yunusobod tumani “Yuqori Qoraqamish” ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Qoraqamish” kollektoriga tutash hududda sayilgoh tashkil etish

1,2

10,5

2019-yil aprel

1,8

2,6

6,1

2.

Mirzo Ulug‘bek tumani “Do‘rmon yo‘li” ko‘chasidan “Ziyolilar” ko‘chasigacha bo‘lgan “Salar” kanalining Botanika bog‘iga tutash qismida qirg‘oqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish

1,6

13,9

2019-yil aprel

2,4

3,5

8,1

3.

Olmazor tumanidan oqib o‘tuvchi “Damashi” kanalining “Qorasaroy” ko‘chasidan “Keles yo‘li” ko‘chasigacha bo‘lgan qismida sayilgoh tashkil etish

2,4

20,9

2019-yil aprel

3,6

5,2

12,1

4.

Mirzo Ulug‘bek tumanidan oqib o‘tuvchi “Qorasuv” kanalining “Temur Malik” ko‘chasidan “Do‘rmon yo‘li” ko‘chasigacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

2,3

20,0

2019-yil iyul

3,4

5,0

11,6

5.

Yashnobod tumanidan oqib o‘tuvchi “Qorasuv” kanalining “Boysun” ko‘chasidan “Farg‘ona yo‘li” ko‘chasigacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1,5

13,1

2019-yil iyul

2,2

3,3

7,6

6.

Mirobod tumanidan oqib o‘tuvchi “Qorasuv” kanalining “Farg‘ona yo‘li” ko‘chasidan “Fitrat” ko‘chasigacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

1,1

9,6

2019-yil iyul

1,6

2,4

5,6

7.

Bektemir tumanidan oqib o‘tuvchi “Bektemir” kanalining “Xusayn Boyqaro” ko‘chasidan “Bilol Nozim” ko‘chasigacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish

2,0

17,4

2019-yil sentyabr

3,0

4,4

10,1

8.

Yakkasaroy tumanidan oqib o‘tuvchi “Salar” kanalining “Bobur” ko‘chasidan Kichik xalqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismida sayilgoh tashkil etish

2,4

20,9

2019-yil sentyabr

3,6

5,2

12,1

9.

Shayxontohur va Chilonzor tumanlari chegarasidagi “Baynalmilal” ko‘chasiga tutash qismidan oqib o‘tuvchi “Bo‘zsuv” kanalining “Oqtepa” maydonidan “Oqtepa” gidro elektr stansiyasigacha bo‘lgan qismida sayilgoh tashkil etish

1,0

8,7

2019-yil sentyabr

1,5

2,2

5,1

10.

Uchtepa tumanidan oqib o‘tuvchi “Bo‘zsuv” kanalining “Farxod” ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish

3,5

30,5

2019-yil dekabr

5,2

7,6

17,7

11.

Sergeli tumani “Choshtepa” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Jo‘n” kanalining qirg‘oq qismini mustahkamlash

2,0

17,4

2019-yil dekabr

3,0

4,4

10,1

12.

Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanalining Kichik halqa avtomobil yo‘liga tutash qismining qirg‘oqlarini obodonlashtirish

1,1

9,6

2019-yil dekabr

1,6

2,4

5,6

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan so‘ng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-yanvardagi 3-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasiga kanallarning o‘zani va ularga tutash hududlarni tozalash hamda obodonlashtirish uchun xarid qilinadigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MODDIY-TEXNIKA VOSITALARI RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Transport / maxsus texnika nomi

Soni

1.

Ekskavator

4

2.

Kanallarni tozalash texnikalari

4

3.

Motorli qayiqlar

1

4.

Avtokran

1

5.

Teleskopik ko‘targich

2

6.

Trayler (tirkamasi bilan)

2

7.

Samosval

5

8.

Musorovoz

1

9.

Ilosos

1

10.

Damas

4

11.

Neksiya

1

12.

Benzovoz

1

13.

Benzinli arra

20

14.

Maysa va o‘tlarni o‘rish texnikasi (gazonokosilka)

10

Jami:

57

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Xarid qilinadigan moddiy-texnika vositalari uchun mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 09/19/3/2414-son; 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son)