Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugatilgan “Qarshi 16-son Avtobus Saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksi negizida xom ipakni qayta ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 5-noyabrdagi 315-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek yuqori sifatli raqobatbardosh ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugatilgan “Qarshi 16-son Avtobus Saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksi negizida xom ipakni qayta ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 5-noyabrdagi 315-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 45-son, 513-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Roʻziyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-dekabr,
1063-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1063-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugatilgan “Qarshi 16-son Avtobus Saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksi negizida xom ipakni qayta ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 5-noyabrdagi 315-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2012 — 2019-yillar mobaynida kamida 3,0 mln. AQSh dollarini, shu jumladan I bosqichda (2014-yil 1-yanvargacha) — 1,8 mln. AQSh dollarini, II bosqichda (2019-yil 1-iyulgacha) — 1,2 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish”;
uchinchi xatboshidagi “II bosqich — 2014-yilda” soʻzlari “II bosqich – 2019-yilning 1-iyuligacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Radiant Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi tomonidan loyihaning har bir bosqichi boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar alohida bajarilgandan keyin Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri hokimligining tugatilgan “Qarshi 16-son Avtobus Saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining binolari va inshootlarini ishga tushirilgan qismiga mulkchilik huquqini rasmiylashtirish (davlat orderini berish) sharti bilan, istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma boʻyicha investitsiya majburiyatlari ostida “Radiant Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga “nol” xarid qiymati boʻyicha sotsin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining II bosqichi oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda I bosqich doirasida rasmiylashtirilgan mulk huquqini (davlat orderi) oʻrnatilgan tartibda bekor qilsin”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1063/2408-son)