27.12.2018 yildagi 1051-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

““Oʻzbekkimyomash zavodi” AJ negizida metall quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish sexi qurilishi” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekkimyomash zavodi” AJ negizida metal quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish sexining qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-sentabrdagi PQ-3944-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, jahon standartlarga javob beruvchi metall quyish mahsulotlari ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan umumiy qiymati 23,76 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan va bir yilda 4 000 tonna yaroqli quyilgan metall ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan “Oʻzbekkimyomash zavodi” AJ negizida metall quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish sexi qurilishi” investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasini moliyalashtirish ATB “Oʻzsanoatqurilishbank”ning 20,0 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti va “Oʻzbekkimyomash zavodi” AJning 3,77 mln AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. ““Oʻzbekkimyomash zavodi” AJ negizida metall quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish sexi qurilishi” investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va 2019-yil 1-dekabrgacha foydalanishga topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi B.B. Ashrafxanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1051-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1051/2396-son)