27.12.2018 yildagi 1052-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 682-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 682-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son)

T/r

Tadbir nomi

Moliyalashtirish manbalari*

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Tinglovchilar uchun maishiy sharoitlar yaratish maqsadida binolarni kapital ta’mirlash va jihozlash tadbirlari

1.

1. Malaka oshirish instituti binosining o‘quv auditoriyalari, xizmat xonalari, ma’rifat va ma’naviyat markazi, konferens zali, axborot-resurs markazi, masofadan o‘qitish markazi, innovatsion-pedagogik texnologiyalar markazi, kompyuter xonalari, tashqi va ichki fasadlari, tom hamda boshqa yordamchi xonal�rini kapital ta’mirlash.

2. Eshik, rom, isitish, sovuq-issiq suv, kanalizatsiya tizimini, elektr simlar va kabellarini yangilash, qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasini o‘rnatish.

3. Har bir qavatda hojatxona qurish va mavjudlarini me’yor talablari asosida sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq javob beradigan holatga keltirish.

4. O‘t o‘chirish va boshqa vositalar bilan jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
Qurilish vazirligi

2.

Malaka oshirish institutini eng zamonaviy interaktiv doska, videoproyektor, audio-video apparatlar, mebellar, sovutgich (konditsioner)lar, elektr yoritish vositalari, pardalar, zamonaviy va kattalar uchun mos o‘quv partalari va boshqalar bilan jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi

3.

Malaka oshirish instituti hududining butun perimetri bo‘ylab videokuzatuv uskunalarini o‘rnatish.

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

2019-yil yanvar

Ichki ishlar vazirligi

4.

“E” ma’muriy bino o‘rnida ikki qavatli bino qurish. Uning birinchi qavatida avtomobil parkini, ikkinchi qavatida esa zamonaviy ma’rifat va ma’naviyat markazini tashkil etish. Shuningdek, “G” ma’muriy binoning tergov hibsxonasi joylashgan birinchi qavatini ta’mirlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2020-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
Qurilish vazirligi

5.

Malaka oshirish institutini transport vositalari bilan ta’minlash (yengil avtotransport, avtobus, yuk avtomobillari).

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2019-yil
yanvar — may

Ichki ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi

II. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, auditoriya fondini zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash

6.

Har bir o‘quv, xizmat va boshqa xonalarni o‘qitishning zamonaviy o‘quv-texnik vositalari, shuningdek, eng zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash (kompyuterlar, printerlar, skanerlar, raqamli proyektorlar va foto-video-apparatlar, interfaol doskalar, planshetlar, televizorlar, elektron tablo, ovoz kuchaytirgichlar, shuningdek, WiFi-router va SDSL modemlar, server va boshqalar).

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Masofadan (elektron) o‘qitish, videokonferensaloqa, lokal tarmoq va boshqalarning sifatli ishlashi uchun Internetga optik tolali kabel orqali ulanish.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2019-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi

8.

Elektron hujjatlarning aylanishini ta’minlash va Internet tarmog‘idan unumli foydalanish uchun Malaka oshirish institutining barcha kompyuter texnikasini yagona lokal tarmoqqa ulash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2019-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi

9.

Masofadan (elektron) o‘qitishni yo‘lga qo‘yish uchun eng zamonaviy (MOODLE kabi) tizimni o‘rnatish va unga IIVning akademik litseylaridagi filiallarni ham ulash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan
va mahalliy budjet mablag‘lari

2019-yil

1-dekabr

Ichki ishlar vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan lokal va hududlararo (IIVning joylardagi akademik litseylari) auditoriyalar tarmog‘ini yaratish.

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

2019-yil

1-dekabr

Ichki ishlar vazirligi

11.

Axborot-resurs markazining umumiy, maxsus va elektron kutubxona seksiyalarini yaratish, ularni o‘quv adabiyotlari, o‘quv-texnika vositalari (infokiosk, kompyuterlar va boshqalar) va mebellar (kitob javonlari, qulay stol-stullar va boshqalar) bilan jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.

Barcha o‘quv auditoriyalarini o‘quv jarayoni sifatini nazorat qilish uchun yagona videokuzatuv tizimiga ulash.

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

2019-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi

13.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi qoshida kompyuterlashtirilgan interaktiv o‘quv-metodik xona va bilimlarni nazorat qilish markazini tashkil etish va jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2019-yil

1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

14.

Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasini tashkil etish va barcha binolarni, shuningdek, xizmat xonalarini aloqa vositalari bilan jihozlash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar

2019-yil

1-may

Ichki ishlar vazirligi