28.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3108
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘i, 28.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3108
Kuchga kirish sanasi
28.12.2018
Oldingi tahrirga qarang.
(buyruqning nomi O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining 2021-yil 25-oktabrdagi 149-MH-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3108-1, 12.11.2021 y.) tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2021-y., 10/21/3108-1/1042-son, 12.11.2021-y., 10/21/3108-1/1042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining 2021-yil 25-oktabrdagi 149-MH-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3108-1, 12.11.2021 y.) tahririda (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2021-y., 10/21/3108-1/1042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining 2021-yil 25-oktabrdagi 149-MH-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3108-1, 12.11.2021 y.) tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2021-y., 10/21/3108-1/1042-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ish turlari

Ish turlari uchun ajratilgan vaqt me’yori

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

1. O‘quv ishlari

1.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun o‘quv (nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya va ko‘chma) mashg‘ulot o‘tkazish.

Bir akademik soat uchun — 1 soat.

O‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilganligi guruh jurnali asosida aniqlanadi.

2.

Masofaviy ta’lim asosida qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun onlayn mashg‘ulotlarni o‘tkazish.

Bir akademik soat uchun — 5 soat.

O‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilganligi o‘quv jurnali asosida aniqlanadi.

3.

Qayta tayyorlash va maxsus kurslarda bitiruv malakaviy ishlarga rahbarlik qilish va xulosa yozish.

Bitta bitiruv malakaviy ishga rahbarlik qilish va xulosa yozish — 4 soat.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i, yozilgan xulosa hamda ishning himoyaga taqdim etilganligi asosida aniqlanadi.

4.

Qayta tayyorlash va maxsus kurslarda bitiruv malakaviy ishlariga taqriz yozish.

Bitta bitiruv malakaviy ishga taqriz yozishga — 0,5 soat.

Bitiruv malakaviy ishiga yozilgan taqriz asosida aniqlanadi.

5.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi yakuniy davlat attestatsiyasini (yakuniy test, suhbat, bitiruv malakaviy ish himoyasi) o‘tkazish.

Bitta akademik guruh uchun yakuniy testga — 2 soat.

Bitta tinglovchi uchun yakuniy suhbatga — 0,5 soat.

Bitta bitiruv malakaviy (loyiha) ish himoyasi uchun — 0,6 soat.

Komissiya a’zosiga beriladigan bir kunlik o‘quv ishlari yuklamasi hajmi — 8 soatdan oshmasligi lozim.

Attestatsiya komissiyasining bayonnomasi asosida aniqlanadi.

6.

O‘quv rejasidagi modullar bo‘yicha joriy nazorat o‘tkazish va baholash.

Joriy nazorat yozma shaklda (test) bo‘lsa, bitta yozma ishga — 0,3 soat;

Og‘zaki yoki ijodiy shaklda bir nafar tinglovchi uchun — 0,3 soat.

Tegishli qaydnomalar va tinglovchining shaxsiy attestatsiya varaqalari asosida aniqlanadi.

7.

Doktorant va mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbarlik (maslahatchilik) qilish.

Bitta doktorant uchun bir o‘quv yilida — 100 soat;

Bitta mustaqil izlanuvchi uchun bir o‘quv yilida — 50 soat.

Doktorant va mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi asosida aniqlanadi.

8.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruzalar va master-klasslarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish.

bir akademik soat ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruzalar va master-klass uchun — 5 soat; ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruza uchun bir o‘quv yilida ko‘pi bilan — 30 soat.

Master-klass:

ta’lim muassasasi miqyosida o‘tkazilganda, bir o‘quv yilida ko‘pi bilan — 30 soat;

respublika miqyosida o‘tkazilganda, bir o‘quv yilida ko‘pi bilan — 40 soat;

xalqaro miqyosda o‘tkazilganda, bir o‘quv yilida ko‘pi bilan — 60 soat.

Ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruza va master-klasslar tegishli rejalar va ularning o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kafedra bayonnomasi) asosida aniqlanadi.

9.

Pedagogik (malakaviy) amaliyot va stajirovkaga rahbarlik, hisobotlarni qabul qilish va baholash.

Har bir tinglovchi uchun — 0,5 soat, (1 ish kunida — 6 soatdan oshmasligi lozim).

Ta’lim muassasasining amaliyot yoki stajirovka o‘tash bo‘yicha buyrug‘i, tinglovchining amaliyot kundaligi (individual rejasi) va amaliyot uchun baho qo‘yilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

10.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi o‘quv rejasidagi modullarning o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish va yangilash.

Modul bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua yaratishga bir bosma taboq uchun — 3 soat.

O‘quv-uslubiy majmuani yangilashga (qayta ishlashga) bir bosma taboq uchun — 1,5 soat.

Ta’lim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi qarori asosida aniqlanadi.

11.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish yo‘nalishlari modullari doirasida uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatmalar yozish va nashr etish.

Uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatmalar tayyorlashga bir bosma taboq uchun — 30 soat.

Ta’lim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar asosida aniqlanadi.

2. O‘quv-uslubiy ishlar

12.

Darslik, o‘quv qo‘llanmalar yozish, nashrga tayyorlash.

Darslikning bir bosma tabog‘i uchun — 50 soat.

O‘quv qo‘llanmaning bir bosma tabog‘i uchun — 40 soat.

Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llanma asosida aniqlanadi.

13.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi tinglovchilari bilimining reyting nazorati uchun test savollari, ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish.

Har bir modul bo‘yicha test savollarini ishlab chiqish uchun — 15 soat;

Har bir modul bo‘yicha ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish uchun — 15 soat;

Har bir modul bo‘y�cha test savollari va ijodiy topshiriqlarni takomillashtirish uchun — 5 soat.

Ta’lim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi qarori asosida.

14.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish yo‘nalishlari uchun ta’lim sohalari bo‘yicha malaka talablari, namunaviy o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

Bir qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish yo‘nalishlari o‘quv dasturi ishlab chiqish uchun — 100 soat;

Joriy o‘quv yili uchun tasdiqlangan malaka talabi, o‘quv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.

15.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish yo‘nalishlari o‘quv dasturi va modullar bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

Ishlab chiqilgan bitta malaka talablari, ishchi o‘quv dasturiga — 20 soat.

Bir modul bo‘yicha ishchi o‘quv dasturini takomillashtirish uchun — 20 soat;

Institut direktori tomonidan tasdiqlangan ishchi o‘quv dasturi asosida aniqlanadi.

16.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari modullari bo‘yicha elektron darsliklarni yaratish.

Bir modul bo‘yicha yaratilgan elektron darslikka — 60 soat.

Elektron darsliklarning mavjudligi, joriy o‘quv yilida yaratilganligi ta’lim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi qarori asosida aniqlanadi.

17.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish.

Tarjima qilingan o‘quv-uslubiy qo‘llanma va boshqa materiallarga bir bosma taboq uchun — 20 soat.

Ta’lim muassasasi Ilmiy-metodik kengashining qarori asosida aniqlanadi.

3. Ilmiy-tadqiqot ishlari

18.

Ilmiy maqola, tezislar nashr etish.

Bitta maqola yoki tezis uchun:

xalqaro miqyosda — 70 soat;

respublika miqyosida — 50 soat;

viloyat miqyosida — 10 soat;

tuman (shahar) miqyosida — 5 soat.

Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Davriy to‘plamlarda nashr etilgan ilmiy maqolalar respublika miqyosidagi maqolalarga tenglashtiriladi.

Joriy o‘quv yilida nashr etilgan ishlarning asli yoki nusxasi asosida.

19.

O‘quv-metodik materiallarga (darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma) taqriz berish.

Bir darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslikka taqriz berish uchun — 20 soat;

bir metodik qo‘llanmaga taqriz berish uchun — 10 soat;

uslubiy ishlanmaga taqriz berish uchun — 5 soat;

o‘quv amaliyotlari uchun nazorat savollari yoki topshiriqlar to‘plamiga taqriz berishga — 4 soat.

Berilgan taqriz nusxasi asosida.

20.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ixtiro (patent) yaratish, ratsionalizatorlik ishlari.

Bir patent uchun — 70 soat.

Bir dasturiy vosita uchun — 30 soat.

Tasdiqlanganligini asoslovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

4. Tashkiliy ishlar

21.

O‘zaro darslarga kirish va yozma rasmiylashtirgan holda tahlil qilish

Bir akademik soat uchun — 1 soat

Kafedraning o‘zaro darslarga kirish jadvali va dars taxlili asosida aniqlanadi.

22.

Pedagogik kengash yoki kafedra yig‘ilishida kotib vazifasini bajarish.

Pedagogik kengashning bir yig‘ilishidagi kotibligi uchun — 6 soat;

kafedraning bir yig‘ilishidagi kotibligi uchun — 3 soat.

Ta’lim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi yoki kafedraning yig‘ilish bayonnomasi asosida.

23.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi o‘quv (nazariy, amaliy, seminar va laboratoriya) mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish.

Har bir o‘quv (nazariy (ma’ruza), amaliy, seminar, laboratoriya,) mashg‘uloti uchun — 2 soat.

Tasdiqlangan materiallar asosida aniqlanadi.

5. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

24.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi guruhiga rahbarlik qilish.

Bir guruhga rahbarlik qilish — 10 soat (bir o‘quv yilida 100 soatgacha).

Institut rahbarining buyrug‘i asosida aniqlanadi.

25.

Darsdan tashqari vaqtda tinglovchilar bilan tadbirlar (sport musobaqalari, bayram tadbirlarida ishtiroki, ekskursiyalar) o‘tkazish.

Bir tadbir uchun — 8 soat.

Tadbir o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma asosida aniqlanadi.

26.

Davlat arboblari, mashhur (nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari) sportchilar bilan seminar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish.

Bitta seminar, davra suhbatlari va uchrashuvlar uchun — 8 soat.

Tadbir o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma asosida aniqlanadi.

27.

Ommaviy axborot vositalarida chiqish.

Ommaviy axborot vositalarida bir chiqish uchun — 6 soat

Ma’ruzalar va ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar (ma’lumotlar, video tasvirlar) asosida aniqlanadi.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining 2021-yil 25-oktabrdagi 149-MH-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3108-1, 12.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2021-y., 10/21/3108-1/1042-son)