Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2019 26.12.2018 yildagi 1048-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyatida seleksiya-naslchilik ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion usullarini joriy etish, chorva mollari bosh soni va ozuqa maydonlari mutanosibligini taʼminlash, aholi xonadonlarida sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tashkil etishning yangi tizimini sinab koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Fargʻona viloyati hokimligi huzurida muassasa shaklidagi Fargʻona viloyati “Chorva nasl xizmat” markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) va uning tuman (shahar)lardagi hududiy markazlarini (keyingi oʻrinlarda tuman (shahar) hududiy markazlari deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Chorva nasl xizmat” markazi xodimlarining cheklangan umumiy soni 6 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga, tuman (shahar) hududiy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoramollarni boʻrdoqiga boqish ishlarini keng joriy etish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va kelgusida eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki bozorlarda goʻsht narxlari oshib ketishining oldini olish maqsadida 2019 — 2021-yillarda Fargʻona viloyatida goʻsht yoʻnalishidagi boʻrdoqichilik komplekslarini tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati hokimiga Markaz va tuman (shahar) hududiy markazlari tuzilmalariga xodimlarning cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Markaz bosh direktori Fargʻona viloyati hokimi tomonidan, tuman (shahar) hududiy markazlari direktorlari esa — Markaz bosh direktori tomonidan Fargʻona viloyati hokimi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyatidagi shaxsiy yordamchi dehqon fermer xoʻjaliklarida chorva mollarini sunʼiy urugʻlantirish, seleksiya-naslchilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtirish, nasldor mollar, ozuqabop ekinlar urugʻlari, ozuqabop qoʻshimchalar, sunʼiy urugʻlantirish asbob-anjomlari, uskunalari, veterinariya dori vositalari importini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
goʻsht yoʻnalishidagi boʻrdoqichilik komplekslarida ozuqa ekin maydonlari uchun ajratilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda ishtirok etish, boʻrdoqichilikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seleksiya-naslchilik sohasi, sunʼiy urugʻlantirish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fargʻona viloyati hokimligi tegishli tuman va Quvasoy shahar hokimlari bilan birgalikda Fargʻona viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasining asoslangan hisob-kitoblariga asosan Markaz va uning tuman boʻlinmalaridagi sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-ilovaga muvofiq Dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-ilovaga muvofiq mebel, kompyuter, avtotransport vositasi va inventarlar bilan jihozlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2018-2019-yillarda mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, 2019-yil 1-martdan boshlab Fargʻona viloyatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik xoʻjaliklarining yerlariga paxta ekinini joylashtirmaslik yuzasidan masʼuliyat shaxsan tuman hokimlariga yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik xoʻjaliklari tomonidan ishlab chiqarish, sotilgan mahsulotlar uchun toʻlovlar faqat pul oʻtkazish, naqd pullarni bank orqali kirim qilish yoki bank plastik kartalari orqali amalga oshirilishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga muvofiq paxta, gʻalla va bogʻdorchilik fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan yer uchastkalarida uchinchi shaxs tomonidan chorva ozuqa mahsulotlari yetishtirish uchun pudrat shartnomasi tuzilishiga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollari bosh soni 50 shartli bosh va undan ortiq boʻlgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarda alohida shtat asosida veterinariya vrachi va zootexnik mutaxassislar faoliyat yuritishi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan har yili 1-dekabrgacha Markaz bilan kelishgan holda Fargʻona viloyati hokimligiga fermer xoʻjaliklari boʻyicha kelgusi yil uchun ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasi toʻgʻrisidagi qaror taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaz ijro etuvchi apparati va tuman (shahar) hududiy markazlari xodimlari ish haqi mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi. Bunda, Markaz ijro etuvchi apparati xodimlari ish haqi — Fargʻona viloyatining viloyat budjeti, tuman hududiy markazlari xodimlari ish haqi esa — tegishliligiga koʻra tuman budjetlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oltiariq, Quva, Toshloq, Dangʻara (Qoʻqon shahar) tumanlaridagi sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalari faoliyati — sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan tushadigan tushumlar va har bir sunʼiy urugʻlantirilgan sigir uchun ushbu hududlarning mahalliy budjetlaridan ajratiladigan eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdoridagi subsidiya hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Beshariq, Buvayda, Bagʻdod, Yozyovon, Rishton, Fargʻona (Fargʻona shahar) tumanlari, Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Furqat, Qoʻshtepa (Margʻilon shahar), Soʻx tumanlari va Quvasoy shahar sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalari sunʼiy urugʻlantiruvchilari — istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi tomonidan 12 oylik shartnoma asosida ishsizlar va band boʻlmagan shaxslar sifatida jamoat ishlariga jalb qilinadi va ularning ish haqi jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fargʻona viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markazning ustavini tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini hamda Markaz va tuman (shahar) hududiy markazlari malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz va tuman (shahar) hududiy markazlarini tegishlicha qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va boʻlimlari binolariga ijara toʻlovlarisiz joylashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yil yakunlariga koʻra Fargʻona viloyatida yaratilgan yangi tizim samarasini chuqur tahlil qilib, uni respublika miqyosida joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupov, Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov va Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1048-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Chorva nasl xizmat” markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi

Markazning umumiy cheklangan boshqaruv xodimlari soni — 6 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) “Chorva nasl xizmat” hududiy markazlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI

Izoh. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 ta tuman (shahar) hududiy markazlari xodimlari ish haqi — tuman (shahar) mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltiariq, Quva, Toshloq, Dangʻara (Qoʻqon shahar) tumanlaridagi 91 ta sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalari faoliyati — sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan tushadigan tushumlar va har bir sunʼiy urugʻlantirilgan sigir uchun mahalliy budjetdan ajratiladigan eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdoridagi subsidiya hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beshariq, Buvayda, Bogʻdod, Yozyovon, Rishton, Fargʻona (Fargʻona shahar), Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Furqat, Qoʻshtepa (Margʻilon shahar), Soʻx tumanlari va Quvasoy shahar 234 ta sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalari faoliyati — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2021-yillarda Fargʻona viloyatida goʻsht yoʻnalishidagi boʻrdoqichilik komplekslarini tashkil etishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Tashkil etiladigan goʻsht yoʻnalishidagi (boʻrdoqichilik) komplekslar soni

shu jumladan:

2019-yil

2020-yil

2021-yil

1.

Quvasoy shahar

2

1

1

2.

Bogʻdod

3

1

1

1

3.

Beshariq

2

1

1

4.

Buvayda

2

1

1

5.

Dangʻara

2

1

1

6.

Yozyovon

2

1

1

7.

Oltiariq

2

1

1

8.

Qoʻshtepa

3

1

2

9.

Rishton

2

1

1

10.

Toshloq

3

1

1

1

11.

Uchkoʻprik

2

1

1

12.

Fargʻona

4

1

2

1

13.

Furqat

4

1

2

1

14.

Oʻzbekiston

4

1

1

2

15.

Quva

3

1

1

1

Jami:

40

10

15

15

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Chorvachilikda sunʼiy urugʻlantirish ishlarini yanada rivojlantirish
va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash

1.

Mavjud sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va qoʻshimcha talab etiladiganlarining joylashishini belgilash hamda viloyat boʻyicha jami 325 ta shoxobchalar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-2019-yillar

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi,

“Chorva nasl xizmat” markazi, tumanlar hokimliklari, Xalq banki va tijorat banklari, Moliya boshqarmasi

2.

“Chorva nasl xizmat” markazi buyurtmasiga binoan “Fargʻonaazot” AJ tomonidan suyultirilgan azotni hududlarga bepul yetkazib berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

“Fargʻonaazot” AJ, “Chorva nasl xizmat” markazi va uning tuman (shahar) hududiy markazlari

3.

Sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalarini zarur anjomlar, asbob-uskuna va boshqalar bilan jihozlash uchun viloyat va mahalliy budjetdan bir martalik mablagʻ ajratish.

Mablagʻ ajratish

2018-yil IV chorak

2019-yil I chorak

Fargʻona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari, Moliya bosh boshqarmasi, “Chorva nasl xizmat” markazi

4.

Aholi va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019 — 2021-yillar

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, “Chorva nasl xizmat” markazi, tuman hokimliklari

5.

“Chorva nasl xizmat” markazining tuman (shahar) hududiy markazlarini qishloq xoʻjaligi boʻlimlari binolariga ijara toʻlovlarisiz joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil IV chorak

Fargʻona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari

6.

Hududlarda tashkil etiladigan sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalariga yer maydoni ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil IV chorak

Fargʻona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari

7.

Sunʼiy urugʻlantirish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Qayqubbod chorva” MChJ negizida doimiy faoliyat olib boruvchi oʻquv kursini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil I chorak

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, Fargʻona viloyati hokimligi

II. Chorvachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash

8.

Ozuqabop ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tomonidan tuman hokimliklarining buyurtmalariga binoan ozuqa ekinlarini (asosiy, takroriy, oraliq, yaylov ozuqabob ekinlari) ekish uchun talab qilinadigan urugʻlarni navlar va miqdori boʻyicha yetkazib berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili mavsum davomida

Viloyat urugʻchilik markazi, tumanlar hokimliklari, fermer xoʻjaliklari

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining Fargʻona viloyati veterinariya boshqarmasi tizimidagi mavjud sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalaridagi asbob-anjomlarni hamda Dyuar idishlarini belgilangan tartibda Markaz va uning tuman (shahar) hududiy markazlariga berish hamda “Fargʻonaazot” AJ tomonidan viloyatdagi sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalariga suyuq azotni bepul berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

“Fargʻonaazot” AJ, Fargʻona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari

III. Chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish

10.

Har bir tumanda kamida 2-3 tadan 200 — 500 boshga moʻljallangan goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik boʻrdoqichilik xoʻjaligini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi,tuman (shahar) hokimliklari, “Chorva nasl xizmat” markazi

11.

Isteʼmol uchun yetkazib berilayotgan sut va sut mahsulotlarining sifatini kafolatlash va ularning savdosidan tushadigan mablagʻlarning banklar orqali aylanishini taʼminlash maqsadida aholi va kichik chorvachilik fermer xoʻjaliklari yetishtirgan sutni yigʻib olish shoxobchalarini tashkil �tish va qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Tumanlar hokimliklari tijorat banklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati hududida aholi va shaxsiy yordamchi dehqon xoʻjaliklari qaramogʻidagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etish uchun talab etiladigan bir martalik moddiy-texnika taʼminoti mablagʻlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOB-KITOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Shoxobchalar soni

Moddiy texnika resurslari

Maxsus azot tashuvchi mashina (Isuzi 5 tn)

Kriogen idish (TRJK-8M) 2100 litr

Dyuar idish (35 va 5 litr)li

Texnik osemenator sumkasi

Velosiped

Jami talab etiladigan mablagʻ (mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi (mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi (mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi (mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi (mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi (mln. soʻm)

1.

Viloyat markazi

1

350,0

1

175,0

525,0

2.

Quvasoy shahar

12

22

53,0

12

43,2

12

12,0

108,2

3.

Bogʻdod

23

43

104,5

23

82,8

23

23,0

210,3

4.

Beshariq

28

53

129,5

28

100,8

28

28,0

258,3

5.

Buvayda

22

41

99,5

22

79,2

22

22,0

200,7

6.

Dangʻara (Qoʻqon shahri)

28

51

122,5

28

100,8

28

28,0

251,3

7.

Yozyovon

11

20

48,0

11

39,6

11

11,0

98,6

8.

Oltiariq

24

44

106,0

24

86,4

24

24,0

216,4

9.

Qoʻshtepa (Margʻilon shahri)

21

37

87,5

21

75,6

21

21,0

184,1

10.

Rishton

21

40

98,0

21

75,6

21

21,0

194,6

11.

Soʻx

9

17

41,5

9

32,4

9

9,0

82,9

12.

Toshloq

16

28

66,0

16

57,6

16

16,0

139,6

13.

Uchkoʻprik

20

37

89,5

20

72,0

20

20,0

181,5

14.

Fargʻona
(Fargʻona shahri)

30

55

132,5

30

108,0

30

30,0

270,5

15.

Furqat

15

27

64,5

15

54,0

15

15,0

133,5

16.

Oʻzbekiston

22

39

92,5

22

79,2

22

22,0

193,7

17.

Quva

23

42

101,0

23

82,8

23

23,0

206,8

Jami:

325

1

350

1

175

596

1 436,0

325

1 170,0

325

325,0

3 456,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Chorva nasl xizmat” markazi va uning tuman (shahar) markazlarining faoliyat yuritishi uchun talab etiladigan bir martalik moddiy-texnika taʼminoti mablagʻlari hisob-kitobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Shtat birliklari soni

Moddiy taʼminot

Mebel (stol, stul) (rahbarlar uchun)

Mebel (stol, stul) (mutaxassis xodimlar uchun)

Kompyuter

Printer

Xizmat mashinasi

Jami talab etiladigan mablagʻ (mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi (mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi (mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi (mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi(mln. soʻm)

Soni (dona)

Narxi(mln. soʻm)

1.

Viloyat markazi

8

1

7,5

2

7,0

3

15,6

3

6,3

1

80

116,4

2.

Quvasoy shahar

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

3.

Bogʻdod

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

4.

Beshariq

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

5.

Buvayda

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

6.

Dangʻara

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

7.

Yozyovon

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

8.

Oltiariq

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

9.

Qoʻshtepa

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

10.

Rishton

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

11.

Soʻx

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

12.

Toshloq

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

13.

Uchkoʻprik

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

14.

Fargʻona

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

15.

Furqat

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

16.

Oʻzbekiston

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

17.

Quva

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

Jami:

56

1,0

7,5

34,0

61,4

19,0

98,8

19

39,9

1,0

80,0

287,6

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1048/2385-son)