20.12.2018 yildagi 1036-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Sudyalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmonining ijrosini taʼminlash, shuningdek, sudyalarni yanada ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va AT “Xalq banki”ning sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan budjet yengil avtotransport vositalarini (keyingi oʻrinlarda avtotransport vositalari deb ataladi) sotib olish uchun quyidagi shartlarda kreditlar berish haqidagi takliflariga rozilik berilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit muddati — uch oylik imtiyozli davr bilan 5 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha foiz stavkasi — 2019-yil 31-dekabriga qadar kredit berish sanasida amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda belgilanadigan stavkalarda, foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining taqdimnomasi boʻyicha sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga imtiyozli kreditlar asosida sotib olishi uchun tegishli avtotransport vositalarining zarur miqdorda oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “Xalq banki”ga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilishini taʼminlash maqsadida Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlarini depozit hisob raqamlarga kelishilgan yillik foiz stavkasida joylashtirish masalasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalarini imtiyozli kreditlar asosida sotib olishni xohlovchi sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning ehtiyojini aniqlash va ularga imtiyozli kreditlar rasmiylashtirilishi uchun taqdimnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “Xalq banki” bilan birgalikda bankning hududiy filiallari joylashishidan kelib chiqib, salohiyatli qarz beruvchilarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslar oʻrtasida avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar olish shartlari va tartibi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1036-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 09/18/1036/2358-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)