1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davr mobaynida sud tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish tartibini takomillashtirish, har bir ish boʻyicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi, sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, maʼmuriy sudlar tashkil etildi, shuningdek, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida koʻrib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yoʻlida koʻrilgan muhim chora boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, sud hokimiyati organlari faoliyatining tahlili ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlari qoniqarsiz darajada tashkil etilganligi sud faoliyatini lozim darajada yoritish imkonini bermayapti hamda aholining sud hokimiyatiga ishonchi pasayishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalarni moddiy taʼminlash va ijtimoiy himoya qilishning amaldagi tizimi sud hokimiyatining alohida mavqeyi va obroʻsiga, sudyalar mustaqilligi prinsiplariga muvofiq emasligi kasbiy oʻsishni yanada ragʻbatlantirishga toʻsqinlik qilib, kadrlar qoʻnimsizligiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Oʻzbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining quyidagilar orqali sud organlari faoliyatining shaffofligini yanada taʼminlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda eʼlon qilish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan sud hujjati oʻqib eshittirilganidan soʻng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirilishini sud amaliyotiga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan brifinglar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari tomonidan sud ishlarini nazorat tartibida, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrib chiqish amaliyoti obzorlarini har chorakda eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalarni tanlash va lavozimga tayinlashning xolisligi va shaffofligiga ishonchni oshirish maqsadida har bir hududda sudyalar korpusini shakllantirishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tuzish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini toʻlash boʻyicha amaldagi imtiyozlar va davlat bojlari stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.02.00 Umumiy mehnat staji;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.17.00 Sudyalarning malaka darajasi;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.20.00 Sud xodimlari. Malaka darajalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-avgustdan boshlab:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-yanvardagi PF-6143-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka darajasi va mansab darajasiga ega boʻlgan sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 50 foiz miqdorida ustama toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining koʻp yillik xizmatlari uchun, lavozim maoshlariga (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) ustamalar hamda malaka darajasi va mansab darajasi uchun qoʻshimcha haq miqdorlari adliya organlari xodimlari uchun belgilangan miqdorlarga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oliy sud matbuot xizmati rahbari, Odil sudlov akademiyasi rektori va prorektorlariga alohida mehnat sharoitlari uchun ustama toʻlanmaydi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning amal qilishi davlat organlari va tashkilotlaridagi lavozimlarga belgilangan tartibda, shu jumladan, ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar saylangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishi bilan tayinlangan, shuningdek, sudyalik malaka darajalariga ega sudyalarga ushbu davlat organlari va tashkilotlarida nazarda tutilgan barcha ustamalar va qoʻshimcha haqlarni saqlab qolgan holda tatbiq etiladi. Bunda ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlariga tatbiq etilmaydi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan sudyalarning davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimi lavozimida ishlagan vaqti ularning ushbu organ va tashkilotlardagi mehnat faoliyati boshlangan paytdan boshlab sudyalik stajiga kiritiladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Farmonning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Oliy sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini halol va samarali bajarayotgan sudyalari va xodimlariga Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ravishda oylik mehnatga haq toʻlash fondining 100 foizigacha miqdorda ustama (pul taʼminoti) toʻlash huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.17.00 Sudyalarning malaka darajasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, maxsus unvon va darajalar mavjud boʻlishi nazarda tutilgan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlardan tayinlangan (saylangan) sudyalarga malaka darajalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 6-ilovaga muvofiq sudyalar malaka darajalarining boshqa organlar unvonlari va darajalariga nisbatini hisobga olgan holda, lekin egallab turilgan lavozim uchun nazarda tutilganidan yuqori boʻlmagan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sudyalar hayoti va sogʻligini davlat tomonidan majburiy sugʻurtalash tartibi, shuningdek, ularning pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini kiritsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 879-sonli “Sudyalarning hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaziy bank bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun kreditlar taqdim etishni nazarda tutadigan takliflarni kiritsin;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sud, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudyalar oliy kengashi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.F. Kamilov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 13-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga 6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalar malaka darajalarining boshqa organlar unvonlari va darajalariga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura organlari (shu jumladan harbiy prokuratura) martaba darajalari
Adliya organlari martaba darajalari
Ichki ishlar organlari maxsus unvonlari
Milliy gvardiya organlari maxsus unvonlari
Sud organlari mansab darajalari
1.
Beshinchi malaka darajasi
Leytenant
Bojxona xizmati leytenanti
3-darajali yurist, adliya leytenanti
3-darajali yurist
Leytenant
Leytenant
3-darajali yurist
2.
Katta leytenant
Bojxona xizmati katta leytenanti
2-darajali yurist, adliya katta leytenanti
2-darajali yurist
Katta leytenant
Katta leytenant
2-darajali yurist
3.
Toʻrtinchi malaka darajasi
Kapitan
Bojxona xizmati kapitani
1-darajali yurist, adliya kapitani
1-darajali yurist
Kapitan
Kapitan
1-darajali yurist
4.
Uchinchi malaka darajasi
Mayor
Bojxona xizmati mayori
Adliya kichik maslahatchisi, adliya mayori
3-darajali adliya maslahatchisi
Mayor
Mayor
3-darajali adliya maslahatchisi
5.
Ikkinchi malaka darajasi
Podpolkovnik
Bojxona xizmati podpolkovnigi
Adliya maslahatchisi, adliya podpolkovnigi
2-darajali adliya maslahatchisi
Podpolkovnik
Podpolkovnik
2-darajali adliya maslahatchisi
6.
Birinchi malaka darajasi
Polkovnik
Bojxona xizmati polkovnigi
Adliya katta maslahatchisi,
adliya polkovnigi
1-darajali adliya maslahatchisi
Polkovnik
Polkovnik
1-darajali adliya maslahatchisi
7.
Oliy malaka darajasi
General-mayor
Bojxona xizmati general-mayori
3-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-mayori
3-darajali davlat adliya maslahatchisi
General-mayor
General-mayor
3-darajali davlat adliya maslahatchisi
8.
General-leytenant
Bojxona xizmati general-leytenanti
2-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-leytenanti
2-darajali davlat adliya maslahatchisi
General-leytenant
General-leytenant
2-darajali davlat adliya maslahatchisi
9.
General-polkovnik
Bojxona xizmati general-polkovnigi
1-darajali davlat adliya maslahatchisi
1-darajali davlat adliya maslahatchisi
General-polkovnik
General-polkovnik
1-darajali davlat adliya maslahatchisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: boshqa organlar unvonlari va darajalarini sudyalarning oliy malaka darajasiga tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga 7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4459-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1 — 4 ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-ilovaning “ustama haq miqdori” ustunida “35” va “10” raqamlari tegishli ravishda “50” raqamlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-band “sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Markaz binolari va xonalarini qurish va taʼmirlash” soʻzlaridan soʻng “sudlarni transport vositalari bilan taʼminlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin.