O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasining davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga muvofiq, respublikaning davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2018-yilning dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini (keyingi o‘rinlarda davlat qimmatli qog‘ozlari deb ataladi) muomalaga chiqarishni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Belgilansinki:
davlat qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tasarrufida bo‘lgan barcha aktivlar bilan ta’minlanadi;
davlat qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hujjatsiz shaklda chiqariladi va qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozorlarida muomalada bo‘ladi;
davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan va hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (fiskal agent) tomonidan “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJning savdo maydonchasi orqali joylashtiriladi va so‘ndiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qimmatli qog‘ozlari (Markaziy bank obligatsiyalari bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari o‘rtasida joylashtirilishi mumkin. Norezidentlar o‘rtasida joylashtiriladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining yillik miqdorlari Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilanadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qimmatli qog‘ozlari kupon stavkali (qat’iy belgilangan foiz daromadli), nol kupon stavkali (diskont obligatsiyalar), inflyatsiyaga bog‘langan va boshqa turlarda chiqariladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligini qoplashga va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining tasdiqlangan parametrlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
moliya yilida chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan miqdorlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan limitlar doirasida chiqarish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
moliya bozori konyunkturasi va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining ehtiyojlaridan kelib chiqib, bozor ishtirokchilarini (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari) tanlash, davlat qimmatli qog‘ozlarining har bir chiqarilishi miqdori va muddatlarini, ular bo‘yicha to‘lovlarning davriyligi va foizli daromad miqdorini belgilash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, shuningdek, ularni sotib olish orqali muddatidan oldin so‘ndirish operatsiyalarini amalga oshirish.
(3-bandning to‘rtichi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda moliya yilida chiqarilib, shu moliya yilining o‘zida so‘ndiriladigan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining daromad qismidan to‘liq so‘ndirish;
muomalaga chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan muddatida so‘ndirish va ularni sotib olish orqali muddatidan oldin so‘ndirish va foiz to‘lovlarini fiskal agentga topshiriq berish orqali amalga oshirish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
4. O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida shtatdagi xodimlar soni yetti nafardan iborat bo‘lgan Davlat qimmatli qog‘ozlari bozori va moliya institutlari bilan o‘zaro munosabatlar boshqarmasi tashkil etilsin.
Davlat qimmatli qog‘ozlari bozori va moliya institutlari bilan o‘zaro munosabatlar boshqarmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
respublika davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha, shu jumladan ilg‘or jahon amaliyotini inobatga olgan holda, takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki qarzini rejalashtirish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullaridan foydalangan holda moliya institutlari bilan, shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-dekabr,
1016-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1016-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda Moliya vazirligi deb ataladi) tomonidan chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat qimmatli qog‘ozlari (keyingi o‘rinlarda DQQ deb ataladi) — Moliya vazirligi tomonidan hujjatsiz shaklda chiqariladigan va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari;
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda O‘zRVB deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb ataladi) bilan tuzilgan shartnoma asosida vakolat berilgan avvaldan belgilangan joyda va belgilangan vaqtda o‘rnatilgan tartib asosida birja savdolarini tashkil qiluvchi yuridik shaxs. O‘zRVB diler va investor funksiyalarini bajarishi mumkin emas;
Oldingi tahrirga qarang.
diler — investitsiya vositachisi sifatida qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat yuritish huquqini olgan va O‘zRVB a’zosi hisoblangan tijorat banki yoki boshqa yuridik shaxs;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investor — diler bilan tuzilgan shartnoma asosida DQQni sotib oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
savdo tizimi — O‘zRVB ning avtomatlashtirilgan elektron tizimi bo‘lib, DQQ bilan birja bitimlarini tuzish bo‘yicha elektron birja savdolarini o‘tkazish, qabul qilingan buyutmalarni ro‘yxatga olishni ta’minlash, DQQni saqlash va ularga bo‘lgan huquq xisobini, shuningdek, DQQ bilan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha kliringni va hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
global sertifikat — DQQlar chiqarilishining asosiy parametrlarini (chiqarilish miqdori, muomala muddati, majburiyatlarni sotib olish miqdoriga bo‘lgan mavjud cheklovlar, kupon stavkasi va boshqalarni) o‘z ichiga olgan hujjat bo‘lib, uning shakli va rekvizitlari Markaziy bank bilan kelishilgan holda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
birja guvohnomasi — O‘zRVB tomonidan belgilangan shaklda savdo tizimida diler tomonidan birja bitimi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat;
treyder — belgilangan tartibda O‘zRVB savdo tizimiga ruxsat olgan va uning nomidan O‘zRVB birja bitimlarini tuzishga vakolatli bo‘lgan diler xodimi;
REPO shartnomasi — belgilangan muddatdan keyin qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan DQQning oldi-sotdi shartnomasi.
depo hisob varag‘i — DQQni saqlash va ularga bo‘lgan huquqlar hisobini yuritish maqsadida bozor qatnashchilari uchun O‘zRVB da ochilgan hisob varag‘i;
raqobatli buyurtmanoma — buyurtmanomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha DQQning muayyan sonini sotib olish yoki sotish istagini ifodalovchi diler buyurtmanomasi;
raqobatsiz buyurtmanoma — buyurtmanomada ko‘rsatilgan pul mablag‘lari summasiga qoniqtirilgan raqobatli byurtmanomalarning o‘rtacha belgilangan narxi bo‘yicha DQQ sotib olish istagini ifodalovchi diler buyurtmanomasi;
chegara narxi — auksionda DQQlarni sotish uchun Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan eng past narx.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Moliya vazirligi, Markaziy bank, dilerlar va investorlar DQQ bozorining ishtirokchilari hisoblanadi. Markaziy bank Moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga asosan DQQni joylashtirish va so‘ndirish hamda foizli daromad to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha fiskal agent funksiyalarini amalga oshiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. DQQ O‘zbekiston Respublikasi g‘aznachilik majburiyatlari shaklida chiqariladigan qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi g‘aznachilik obligatsiyalari shaklida chiqariladigan o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq muddatgacha) bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida joylashtirilishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
DQQ ularning so‘ndirilishida nominal qiymatini va qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan va o‘zgaruvchan foizli daromad olish huquqini beradi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
DQQ kreditlarning garov ta’minoti va REPO shartnomalarida oldi-sotdi predmeti bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
DQQ bo‘yicha daromadlilik va foizlarni hisoblashda Xalqaro kapital bozorlari xalqaro assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan qo‘llaniladigan formulalardan foydalanilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
5. DQQning nominal qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi va 1 000 000 (bir million) so‘mni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Diler o‘z nomidan va hisobidan, shuningdek, investor topshirig‘iga asosan va uning mablag‘i evaziga bitimlar tuzishi mumkin. Investorning DQQni sotish yoki sotib olish bo‘yicha buyurtmanomalari tegishli shartnoma tuzilgan diler tomonidan taqdim etiladi.
Dilerlar ikki toifaga, ya’ni birlamchi va ikkilamchi diler toifalariga bo‘linishi mumkin.
Birlamchi diler:
o‘z nomidan (diler arizasi) va o‘z hisobidan, shuningdek, investor topshirig‘i bilan va uning hisobidan (investor arizasi) auksionda DQQni sotib olish huquqiga ega;
DQQni birlamchi joylashtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan auksionda Markaziy bank tomonidan birlamchi diler uchun DQQni sotib olish yuzasidan o‘rnatilgan eng kam hajm doirasida raqobatli buyurtmanoma taqdim etishga majbur;
market-meykerlik funksiyasini bajarishi, DQQni sotib olish va sotish bo‘yicha kotirovkalar tashkil etish yo‘li bilan ikkilamchi bozorda DQQni qo‘llab-quvvatlashga majbur;
DQQ bozori holatidan kelib chiqib, birlamchi dilerga boshqa talab va shartlar diler bilan tuziladigan shartnomada ko‘zda tutilishi mumkin;
Moliya vazirligi birlamchi dilerni moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida diler bilan tuziladigan shartnomada barcha uchun yagona va shaffof mezonlar asosida komission to‘lov chora-tadbirlarini amalga oshirishni ko‘zda tutishi mumkin;
Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birlamchi diler funksiyalarini bajarish bo‘yicha tegishli shartnomalarni tuzadi;
ikkilamchi diler birlamchi diler orqali birlamchi bozordan DQQni sotib olish, ikkilamchi bozorda ishtirok etish hamda o‘z nomi va o‘z hisobidan, shuningdek, investor topshirig‘i bilan va uning hisobidan ikkilamchi bozorda DQQni sotib olish huquqiga ega.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
7. DQQ oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar savdo tizimi orqali savdo davomida Markaziy bank tomonidan O‘zRVB bilan birgalikda belgilangan savdo qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar ishtirokida DQQ oldi-sotdisini amalga oshirishdagi o‘zaro hisob-kitoblar ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
8. Sotib oluvchining savdo tizimidagi “depo” hisob varag‘iga DQQ o‘tkazilishi faqat sotib oluvchining pul mablag‘lari sotuvchining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkazilgandan keyingina amalga oshiriladi.
DQQ bo‘yicha huquq sotib oluvchining savdo tizimidagi “depo” hisob varag‘iga tegishli kirim yozuvi amalga oshirilgan vaqtdan boshlab sotib oluvchiga o‘tadi va amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida “depo” hisob varag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi.
9. Hisobot hujjatlari O‘zRVBda o‘n yil mobaynida saqlanadi. Barcha dilerlar bo‘yicha tuzilgan bitimlarning yig‘ma reyestri savdolardan so‘ng Markaziy bankka taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
2-bob. DQQni muomalaga chiqarish va joylashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
11. Muomalaga chiqariladigan DQQ identifikatsiya raqami (yoki qimmatli qog‘ozlarning xalqaro kodi) ko‘rsatilgan global sertifikat bilan rasmiylashtiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Global sertifikat ikkita asl nusxada rasmiylashtiriladi, bir nusxasi Moliya vazirligida, ikkinchi nusxasi Markaziy bankda saqlanadi.
12. Global sertifikatni olgandan so‘ng Markaziy bank O‘zRVBga DQQlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan emissiya hisob varag‘iga muomalaga chiqarilayotgan DQQning to‘liq hajmini joylashtirish bo‘yicha topshiriq beradi.
13. DQQ alohida chiqarilishlar bilan joylashtirishning barcha zaruriy shartlari ko‘rsatilgan holda chiqariladi.
14. DQQning birlamchi joylashtirilishi Moliya vazirligining topshirig‘iga asosan Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan auksion shaklida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Auksion o‘tkaziladigan kun Moliya vazirligi tomonidan har yili e’lon qilinadigan DQQni chiqarish grafigi asosida belgilanadi.
Bunda auksion o‘tkaziladigan kun qonunchilik hujjatlariga muvofiq dam olish, bayram va (yoki) ish kuni bo‘lmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga to‘g‘ri kelsa, auksionni o‘tkazish ish kuni bo‘lmagan kundan boshqa ish kuniga ko‘chiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Auksionning o‘tkazilishi, chiqarilishning parametrlari va shartlari to‘g‘risidagi axborot Markaziy bank tomonidan u o‘tkazilgunga qadar kamida bir kun oldin e’lon qilinadi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
15. Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda auksionga chiqarilayotgan DQQning bitta diler tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdorini belgilashi mumkin.
16. Raqobatli buyurtmanomalar, agar ularda ko‘rsatilgan narx chegara narxiga teng yoki yuqori bo‘lsa, qanoatlantiriladi. Bunda buyurtmanomalar ularning kelib tushishi vaqtidan qat’i nazar, narxlar pasayishi tartibida qanoatlantiriladi. Raqobatsiz buyurtmanomalar qanoatlantirilgan raqobatli buyurtmanomalarning o‘rtacha belgilangan narxi bo‘yicha qanoatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda savdo tizimi dastlab narxi chegara narxiga teng yoki undan yuqori bo‘lgan raqobatli buyurtmanomalarni, so‘ngra raqobatsiz buyurtmanomalarni qanoatlantiradi.
Raqobatsiz buyurtmanomalar bo‘yicha auksionda diler tomonidan DQQni sotib olishga yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
17. Savdo tizimida bir xil narxda bir nechta buyurtmanomalar mavjud bo‘lsa, birinchi navbatda tizimga vaqt bo‘yicha kech kiritilgan buyurtmanomadan oldinroq kiritilgan buyurtmanoma birinchi navbatda qondiriladi.
18. DQQ joylashtirilishi natijasida auksionda tuzilgan bitimlar birja guvohnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
19. Markaziy bank o‘tkazilgan auksion natijalariga asosan DQQlar chiqarilishining joylashtirilishi natijalari to‘g‘risida rasmiy hisobot tayyorlaydi.
20. Savdolar natijalari bo‘yicha axborot O‘zRVB rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
3-bob. Ikkilamchi bozorda DQQning muomalada bo‘lishi tartibi
21. Ikkilamchi bozorda DQQning muomalada bo‘lishi savdo tizimida DQQ bo‘yicha oldi-sotdi bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi.
22. Oldi-sotdi bitimlar dilerning DQQni sotishi yoki sotib olishi bo‘yicha raqobatli buyurtmanomalar asosida tuziladi.
23. Treyderlar savdo tizimiga DQQni sotish (sotib olish) bo‘yicha bitimning yo‘nalishi, DQQ soni, narxi va sotib oluvchi (sotuvchi) kodini ko‘rsatgan holda raqobatli buyurtmanomalar kiritadi.
Buyurtmanomalar taqdim etilgan vaqt savdo tizimi tomonidan qayd etiladi.
24. Dilerning har qanday buyurtmanomasi ayni vaqtga qadar qondirilmagan bo‘lsa, dilerning o‘zi tomonidan savdolardan qaytarib olinadi.
25. Savdolar tugagandan so‘ng savdo tizimi barcha qondirilmagan buyurtmanomalarni bekor qiladi va dilerlar barcha pozitsiyalarining yakuniy qiymatini hisoblab chiqadi. Savdo tizimi har bir dilerning hisobvarag‘idan (hisobvarag‘iga) o‘tkazilishi kerak bo‘lgan pul mablag‘larining sof saldosini, shuningdek, har bir dilerning (investorning) savdo tizimidagi “depo” hisobvarag‘idan yoki “depo” hisobvarag‘iga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan DQQning sof saldosini hisoblab chiqadi.
26. Tuzilgan bitimlar asosida savdo tizimi elektron shaklda bitimlar reyestrini hamda o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida “depo” hisobvarag‘i bo‘yicha hisobotni shakllantiradi.
Bitimlar reyestri hamda o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida “depo” hisobvarag‘i bo‘yicha hisobot dilerlarga ularning talabiga asosan berilishi mumkin.
27. REPO shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq savdo tizimi orqali tuziladi va amalga oshiriladi.
4-bob. DQQ bilan bitimlar bo‘yicha pul o‘tkazmalarini va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
28. Savdolarda ishtirok etish uchun va savdolar natijalari bo‘yicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida dilerlar uchun savdo tizimida alohida shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi.
29. DQQ bilan shartnomalar bo‘yicha investorlarning savdo tizimidagi hisob-kitoblari faqat dilerlarning hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
30. DQQ bitimlari bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zRVBning Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markazidagi (keyingi o‘rinlarda HKKM deb ataladi) maxsus hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi.
O‘zRVB maxsus hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar birja savdo qoidalariga muvofiq va tomonlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi tegishli shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Dilerlar hisob-kitob kuni O‘zRVB maxsus hisobvaraqlariga komissiya to‘lovlarini hisobga olgan holda, tuzilgan bitimlar bo‘yicha mablag‘larni to‘liq to‘lashlari shart.
Shu bilan birga, auksion boshlanishidan oldin dilerlar mablag‘larining O‘zRVB hisobvaraqlarida bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
DQQ bo‘yicha auksion natijalari hisob-kitoblari T+0, T+1 va T+2 xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladi.
Bunda hisob-kitob sanasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq dam olish, bayram va (yoki) ish kuni bo‘lmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga to‘g‘ri kelsa, hisob-kitoblar dam olish, bayram va (yoki) ish kuni bo‘lmagan kundan keyingi ish kunida amalga oshiriladi.
O‘zRVB hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘lari dilerlarning savdo tizimdagi shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
HKKMdan olingan O‘zRVB hisobvarag‘idan ko‘chirma pul mablag‘larining dilerlar shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazib berilishiga asos hisoblanadi.
Markaziy bank savdolarda O‘zRVB komission mukofotini to‘lamagan holda ishtirok etadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
32. Savdolar mobaynida DQQ bo‘yicha tuzilgan bitimlar natijasida pul mablag‘lari bo‘yicha dilerlar va ularning investorlarining o‘zaro majburiyatlarini belgilash, aniqlash va hisoblash (kliring) amalga oshirilib, savdo sessiyasi natijasiga ko‘ra har bir dilerning sof majburiyatlari aniqlanadi.
33. O‘zRVB hisobvarag‘i bo‘yicha pul mablag‘larning yechib olinishi va tushirilishi Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq O‘zRVB tomonidan HKKMga taqdim etiladigan to‘lov topshiriqnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
5-bob. DQQ bo‘yicha daromad to‘lovlarini amalga oshirish tartibi
35. Foiz to‘lovlari hamda sotib olish narxi (yoki sotish narxi) va so‘ndirish narxi o‘rtasidagi farq tarzidagi DQQ egalarining daromadlarini to‘lash ular to‘lanishining har bir muddati tugagandan so‘ng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foiz to‘lovlarining miqdori DQQning nominal qiymatiga nisbatan Moliya vazirligi tomonidan belgilangan va chiqarilish shartlariga muvofiq ularning butun muomala bo‘lish davrida to‘lanadigan (yoki auksionda aniqlanadigan) foiz stavkasidan kelib chiqib, hisoblangan foizlar tarzida aniqlanadi .
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan va o‘zgaruvchan foizli daromad olish huquqini beradigan DQQ bo‘yicha foiz to‘lovlari har olti oyda amalga oshiriladi. DQQ bozori talabidan kelib chiqib, yangi chiqariladigan DQQ bo‘yicha foiz to‘lovining muddatlari o‘zgartirilishi mumkin.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
36. Foiz to‘lovlarning to‘lanishi davrining so‘nggi ish kunida, savdolar tugashi bilan O‘zRVB Markaziy bankka DQQning har bir egasi bo‘yicha “depo” hisobvaraqlaridagi qoldiqlar hamda foiz to‘lov muddatining oxirgi kunidagi holatiga ko‘ra hisoblangan foizlar bo‘yicha yig‘ma to‘lov qaydnomasini taqdim etadi.
37. DQQ bo‘yicha foiz to‘lovlari foiz daromadining to‘lov muddati tugagan kundan keyingi ish kuni pul mablag‘larni Markaziy bank tomonidan O‘zRVBning HKKMdagi hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
38. Foiz to‘lovlari bo‘yicha pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng O‘zRVB ushbu mablag‘larni bir ish kuni ichida dilerlarning savdo tizimidagi shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazadi.
39. Investorlar bilan foiz to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar dilerlar tomonidan investorlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan foiz to‘lov ko‘rinishida pul mablag‘larini investorlarning bankdagi talab qilingunga qadar depozit hisobvaraqlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
6-bob. DQQ ni so‘ndirilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
40. DQQning navbatdagi chiqarilishining so‘ndirilishi to‘g‘risidagi axborot Markaziy bank tomonidan global sertifikatda ko‘rsatilgan so‘ndirilish kunidan kamida bir kun oldin e’lon qilinadi.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
DQQning chiqarilishi muddatdan oldin so‘ndirilgan taqdirda, Markaziy bank Moliya vazirligining topshirig‘iga binoan muddatdan oldin so‘ndirilishi kuni haqidagi axborotni e’lon qiladi.
41. DQQlarning so‘ndirilishi so‘ndirish kunida soat 9.00 dan 12.00 gacha amalga oshiriladi.
42. Muomalaga chiqarilgan DQQlarning to‘liq hajmi so‘ndirilgandan keyin so‘ndirilgan DQQ “to‘langan” bo‘limidan “keyinchalik yo‘q qilish maqsadida blokirovka qilingan” emissiya depo hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
43. Chiqarilishning to‘liq hajmi so‘ndirilgan kunning ertasi kuni Markaziy bank O‘zRVBga so‘ndirilgan DQQlarini o‘zining emissiya depo hisobvarag‘idan olishga depo topshirig‘ini beradi.
44. O‘zRVB Markaziy bankning talabi bo‘yicha uning emissiya depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berishi mumkin.
7-bob. DQQ bozorida Moliya vazirligining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
45. Moliya vazirligi DQQ emitenti funksiyalarini bajarish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
a) O‘zbekiston Respublikasining nomidan moliya yilida chiqariladigan DQQning cheklangan miqdorlarini qonunchilikda belgilangan limitlar doirasida chiqarish;
b) moliya bozori konyunkturasi va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining ehtiyojlaridan kelib chiqib, DQQ har bir chiqarilishining miqdori va muddatlarini, ular bo‘yicha to‘lovlarning davriyligi va foizli daromad miqdorini belgilash;
v) norezidentlar o‘rtasida joylashtiriladigan DQQning yillik miqdorlarini Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilash;
g) raqobatsiz buyurtmanomalar bo‘yicha auksionda diler tomonidan DQQni sotib olishga yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdoriga cheklovlar belgilash;
d) chiqarishning belgilangan miqdori doirasida DQQni sotishning cheklangan narxini belgilash;
e) ikkilamchi bozorda DQQni sotib olish, joylashtirish jarayonida sotilmagan DQQni ikkilamchi bozorda qo‘shimcha joylashtirish, shuningdek, ularni sotib olish orqali muddatidan oldin so‘ndirish operatsiyalarini amalga oshirish;
j) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda moliya yilida chiqarilib, shu moliya yilining o‘zida so‘ndiriladigan DQQni chiqarish va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining daromad qismidan to‘liq so‘ndirilishini amalga oshirish;
z) DQQ bozorida fiskal agent sifatida tegishli operatsiyalarni amalga oshirish uchun Markaziy bankka topshiriqlar berish;
i) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan DQQ chiqarilishini fiskal agentga topshiriq berish orqali so‘ndirish va foizli daromad to‘lovlarini amalga oshirish;
k) muomalada bo‘lib turgan DQQ bo‘yicha qo‘shimcha birlamchi joylashtirishni amalga oshirish;
l) DQQ bilan operatsiyalarda dilerlar uchun talablarni belgilash va diler funksiyalarini bajarish bo‘yicha shartnomalar tuzish.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
8-bob. DQQ bozorida Markaziy bankning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
46. Markaziy bank fiskal agent funksiyasini bajarish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
a) DQQning joylashtirilishi va muomalada bo‘lishi, DQQga bo‘lgan huquqlarni saqlash tartibi va hisobini yuritishning to‘g‘riligi, REPO bitimlari amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, O‘zRVB savdo tizimiga talablarni belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
b) DQQ bilan operatsiyalarda dilerlar uchun talablarni belgilash va diler funksiyalarini bajarish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
(46-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
v) DQQni birlamchi joylashtirish bo‘yicha Moliya vazirligining topshirig‘iga asosan auksion o‘tkazish, shuningdek, uni o‘tkazish qoidalariga nisbatan talablar o‘rnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Moliya vazirligining topshirig‘iga asosan muomalada bo‘lib turgan DQQ bo‘yicha qo‘shimcha birlamchi joylashtirishni amalga oshirish;
(46-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
d) Moliya vazirligining topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan DQQ chiqarilishlarini va foiz to‘lovlarini so‘ndirish;
e) Mazkur Nizom qoidalari va O‘zRVB birja savdo qoidalari buzilgan hollarda istalgan dilerlarning DQQ bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib turish;
j) ikkilamchi bozorda operatsiyalarni amalga oshirish.
9-bob. DQQ bozorida axborotlarning oshkor qilinishi
Oldingi tahrirga qarang.
47. DQQ bozoridagi operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar (auksion o‘tkazish bo‘yicha e’lonlar, auksion natijalari va investorlar uchun zarur ma’lumotlar) muntazam ravishda Moliya vazirligi, Markaziy bank va O‘zRVBning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinib boriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)
48. Savdo tizimida saqlanayotgan, rasmiy ma’lumot tarkibiga kirmagan, shu jumladan, Markaziy bankka taqdim etiladigan diler va investorlarning depo hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, DQQni oldi-sotdi bo‘yicha muayyan bitimlar shartlari va tomonlari to‘g‘risidagi barcha axborotlar mazkur Nizom maqsadlari uchun maxfiy hisoblanadi.
49. Maxfiy axborot, shuningdek, davlat va bank sirlaridan iborat ma’lumotlar qonunchilik talablariga muvofiq taqdim etiladi.
50. O‘zRVBda tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborot (DQQning nomi, soni, kotirovkasi (narxi), bitim tuzilgan sana to‘g‘risidagi ma’lumot bundan mustasno) uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi. Tuzilgan bitim to‘g‘risidagi axborot huquqni muhofaza qilish organlariga yoki sud organlariga qonunchilikka muvofiq tegishli qarorlar (qaror, ajrim) asosida taqdim etiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
51. Dilerlar va O‘zRVB o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar Markaziy bank va O‘zRVBning maxsus tuzilgan komissiyasi tomonidan, nizolar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘imlar undirilmasdan hal etiladi.
52. Komissiyaning qaroridan norozi bo‘linganda har qaysi tomon iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1016/2333-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)