14.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3099
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qarori, 14.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3099
Kuchga kirish sanasi
15.12.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3099]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son “Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh prokuraturasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2018-yil 20-noyabr,

52-son

Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-son

Oliy sud raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-192-18-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror O. MURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-qq-son

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh prokuraturasining 2018-yil 20-noyabrdagi 52, 74, 11-192-18, 68-qq-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son “Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash ichki ishlar organining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb yuritiladi) xodimlari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash boʻyicha tekshiruv (keyingi oʻrinlarda tekshiruv deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan sertifikatlangan transport vositasi haydovchisi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bugʻlarini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qogʻozda aks ettiruvchi maxsus texnik vosita — alkotester (keyingi oʻrinlarda texnik vosita deb yuritiladi) yordamida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruv bevosita DYHXX xodimlari ishtirokida tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalarining masʼul xodimlari tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda ekanligini aniqlash uchun tekshiruv oʻtkazishga asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchining ogʻiz boʻshligʻidan alkogol hidi kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi bir holatda toʻgʻri tura olmasligi (chayqalib turishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi nutqining buzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi qoʻl barmoqlarining qaltirashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi yuz terisi rangining sezilarli oʻzgarganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash DYHXX xodimi tomonidan texnik vosita yordamida qoidabuzarlik yuz bergan joyning oʻzida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tekshiruv oldidan DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisini texnik vositaning ishlash tartibi bilan tanishtiradi, zarur hollarda haydovchining talabiga asosan texnik vositaga tegishli hujjatlarni koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tekshiruv kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi, DYHXX xodimi tomonidan kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda amalga oshiriladigan tekshiruvlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tekshiruv jarayonida DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisi va boshqa fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, ularga nisbatan xatti-harakatlari tushunarli va qonunchilik talablari asosida boʻlishi, shuningdek sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tekshiruv oʻtkazishda DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havo namunasini texnik vositani qoʻllash yoʻriqnomasiga asosan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bugʻlari konsentratsiyasi koʻrsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi fakti yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Transport vositasi haydovchisi texnik vosita yordamida tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortgan yoxud unda texnik vosita orqali tekshiruv natijalariga eʼtiroz mavjud boʻlgan hollarda DYHXX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning mast holatda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalariga olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Transport vositasi haydovchisi tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlagan taqdirda DYHXX xodimi unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 136-moddasiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Texnik vosita yordamida oʻtkazilgan tekshiruv natijalariga asosan, transport vositasi haydovchisi alkogolli ichimlik taʼsiridan mast holatda ekanligi aniqlanmagan, biroq uning giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligi belgilari mavjud boʻlgan taqdirda shaxs tibbiy tekshiruvga olib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Transport vositasi haydovchisining mast holatda ekanligi texnik vosita yordamida yoki tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijalari asosida tasdiqlangan taqdirda DYHXX xodimi tomonidan unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy bayonnomaga tekshiruv texnik vosita yordamida oʻtkazilgan taqdirda tekshiruv natijalari boʻyicha ushbu vositadan chop etilgan maʼlumot, tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalari xodimlari tomonidan tibbiy tekshiruv oʻtkazilganda esa, tibbiy xulosa ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruv uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, harbiy bileti va b.) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasi haydovchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud emasligi uni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazmaslik uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud boʻlmagan transport vositasi haydovchisining shaxsini aniqlash DYHXX xodimi tomonidan maxsus dasturiy taʼminot oʻrnatilgan mobil elektron qurilma (planshet)dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mobil elektron qurilma (planshet) xotirasiga kiritilgan transport vositasi haydovchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “onlayn” tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi maʼlumotlar bazasi orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tibbiy tekshiruv transport vositasi haydovchisi toʻxtatilgan (yoʻl-transport hodisasi roʻy bergan) paytdan boshlab, uzogʻi bilan bir soat ichida oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Transport vositasi haydovchisining mast holatda ekanligini aniqlash, narkologik dispanserlarda narkologlar tomonidan yoki sogʻliqni saqlash idoralari belgilagan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalarida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shifokorlar tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davolash-profilaktika muassasalarida alkogolli mastlik holatida ekanligiga gumon qilingan shaxslar barcha taraflama klinik tekshiruvdan oʻtkaziladilar va etanol bugʻlari bor-yoʻqligini aniqlash maqsadida ulardan faqat chiqarilayotgan nafas havosi namunasi olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligiga gumon paydo boʻlganda mastlik holatini keltirib chiqargan moddani aniqlash maqsadida biologik suyuqliklar (peshob, soʻlak) tekshiruvdan oʻtkazilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mastlikning klinik belgilarini aniqlash imkoni boʻlmagan hollarda (shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatilishini talab qiluvchi holatlar) tekshiruvdan oʻtkazish uchun qon namunasi surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qarori asosida tegishli davolash-profilaktika muassasalarida olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosani chiqarish qonning laborator tekshiruvi natijalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning alkogol mahsulotini isteʼmol qilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa alkogol mahsulotining qondagi konsentratsiyasi 0,3 promille va undan ortiq boʻlgan hollarda chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Biologik suyuqliklar olingan davolash-profilaktika muassasalarida tegishli laborator uskunalar boʻlgan holda, ushbu suyuqliklar tekshiruvi shu muassasalarda oʻtkaziladi yoki sud-tibbiy ekspertizalar xududiy byurolari qoshidagi kimyo-toksikologik laboratoriyalariga tekshiruv uchun yuboriladi. Biologik suyuqliklarning olinishi va namunalarining yetkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sud-tibbiy ekspertiza byurolari tomonidan kimyoviy tekshiruv natijalarining dalolatnomasi biologik suyuqliklar olib kelingan vaqtdan yetti kundan kechiktirmay berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Chiqarilayotgan nafas havosi tarkibidagi alkogol miqdorini, insonning biologik suyuqliklari tarkibidagi giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatiga olib kelgan boshqa vositalarning miqdori va sifatini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanishga ruxsat etilgan hamda tekshiruvdan oʻtgan texnik vositalardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Shaxsning mast holatda ekanligi toʻgʻrisida xulosa chiqarishda biologik suyuqliklarni maxsus laborator tekshiruvidan oʻtkazish zarurati tugʻilsa, xulosa tekshiruv natijalari olingandan soʻng chiqariladi va barcha tekshiruv natijalari bayonnomada aks ettiriladi. Laborator tekshirish natijalarining asl nusxasi tekshiruv oʻtkazgan mutaxassis imzosi bilan tasdiqlangan holda tibbiy tekshiruv bayonnomasining ikkinchi nusxasi bilan birga saqlanadi. Bayonnomaning birinchi nusxasi tekshiriluvchini olib kelgan mansabdor shaxsga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tibbiy tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tibbiy tekshiruv natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomada tekshiruv sanasi va tartib raqami alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxslar hisobini yuritish daftarining tartib raqamiga muvofiq holda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bayonnomaning barcha bandlari hech qanday qisqartirish va boshqa oʻzgartirishlarsiz toʻldiriladi. Bayonnoma tibbiy tekshiruvni oʻtkazgan shifokor tomonidan imzolanadi va tekshiruv oʻtkazilgan tibbiyot muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davolash-profilaktika muassasalarida tekshiruvdan oʻtkazish bayonnomasi blanklari boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash-profilaktika muassasalarida tekshiruvdan oʻtkazish bayonnomasi blanklari boʻlmagan taqdirda ularda koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar aks ettirilgan holda erkin shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgan shaxsga, uning talabiga koʻra, tibbiy tekshiruv bayonnomasi nusxasi (qogʻoz yoki elektron shaklda) berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻtkazilgan tibbiy tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumot mazkur Nizomning 2a-ilovasida keltirilgan maxsus tikilgan, raqamlangan, tibbiyot muassasasi rahbari imzosi va tashkilot muhri bosilgan daftarda qayd etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftarning tuzilishi, uni yuritish va saqlash mazkur Nizomning 2b-ilovasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftarning tuzilishi, uni yuritish va saqlash tartibini buzgan shifokor oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tekshiriluvchi shaxsning holati toʻgʻrisidagi xulosaning asosi boʻlib, biologik suyuqliklarning va chiqarilayotgan nafas havosi tarkibining laborator tekshiruvi natijalari inobatga olingan kompleks tibbiy tekshiruv natijalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tekshiriluvchi shaxsning tekshiruvdan yoki ayrim tekshiruv turidan bosh tortgan hollarda, shifokor tomonidan daftarga va bayonnomada “tekshiruvdan bosh tortdi” deb yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tibbiy tekshiruv asosida xulosa tuziladi, unda tekshiriluvchi shaxsning tekshiruv vaqtidagi holati aniq yoritilishi zarur. Shifokor xulosa tuzayotganda quyidagi holatlardan birini belgilashi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mastlik holati aniqlanmadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli mastlik holati aniqlandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mastlik holati aniqlandi (bu holatda aniqlangan modda koʻrsatilishi shart va xulosa faqat moddaning aniq haqqoniy laborator taʼrifi boʻlgandagina chiqariladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salomatlik holati boʻyicha yuqori xavf manbai bor ishlardan chetlatishni talab etuvchi funksional holatning buzilishlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi xulosa tekshiruvdan oʻtkazilgan shaxsga uni olib kelgan DYHXX xodimi oldida tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tekshiriluvchida xulosaga nisbatan eʼtirozlar mavjud boʻlgan hollarda u boshqa tibbiyot muassasasida qayta tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishini talab qilishga haqli. Bunda qayta tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish mastlik alomatlari aniqlangan yoki yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan vaqtdan eʼtiboran ikki soat ichida boshqa yaqin masofada joylashgan tibbiyot muassasasida amalga oshirilishi lozim. Ushbu kayta tekshiruvga tekshiriluvchi DYHXX xodimi bilan birgalikda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida daxlsizlik huquqiga ega boʻlgan shaxslarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish zarurati yuzaga kelgan hollarda, faqatgina ularning roziligi bilan mazkur Nizomda nazarda tutilgan umumiy asoslarga koʻra, tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Mastlik holatini aniqlash
‎boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi
‎ __ son BAYONNOMA

‎‎20___y. “____”____________
‎‎Familiyasi, ismi, otasining ismi __________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Yoshi (tugʻilgan yili) _____________________________________________________________________
‎‎Qayerda va kim boʻlib ishlaydi ______________________________________________________________
‎‎Kim tomonidan va qachon (aniq vaqti) tekshirishga yuborilgan _____________________________________
______________________________________________________________________
‎‎Tekshiruv oʻtkazilgan kun va aniq vaqt _______________________________________________________
‎‎Kim tomonidan tekshirilgan (shifokor) _____________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshirilish sababi: transport boshqarayotganlik vaqtida mastlik holatiga gumon, tibbiy yordam koʻrsatish va boshqa holatlarda tekshirish (sababi koʻrsatilsin) ___________________________________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshiriluvchining tashqi koʻrinishi: kiyimlari holati, teri qoplami, jarohat (yaralanish, lat yeyish va boshqalar) _____________________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Oʻzini tutishi: zoʻriqqan, indamas, taʼsirchan, qoʻzgʻaluvchan, jahldor, eyforik holatda, ezma, mijgʻov, kayfiyati oʻzgaruvchan, uyqusiragan, oʻz holatidan shikoyat qiladi (aynan nimaga) ________________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Es-hush holati, turgan joyiga, vaqtga va oʻz shaxsiga boʻlgan moʻljali _______________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Nutq qobiliyati: fikrlarning bogʻliqligi, artikulyatsiyaning buzilishi, soʻzlarni noaniq talaffuz qiladi va boshqalar _____________________________________________________________________________
______________________________________________________________________
Vegetativ qon-tomir reaksiyalari: (teri qoplamlari holati, koʻz shilliq pardasi, til, terlash, uyquchanlik)
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Nafas olishi: tezlashgan, sekinlashgan _______________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Puls ____________ Qon bosimi__________________________________________________________
Koʻz qorachigʻlari: toraygan, kengaygan, yorugʻlikka reaksiyasi _______________________________________
______________________________________________________________________
Tomonlarga qaraganda nistagm _____________________________________________________________
‎‎Harakat doirasi ________________________________________________________________________
‎‎Mimikasi: boʻshashgan, jonlangan __________________________________________________________
‎‎Qadam bosishi: (gandiraklangan, oyoqlarini har tomonga tashlab yuradi) _____________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎koordinator sinamalar: tez burilishlar bilan yurish (burilishlarda gandiraklash) ____________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tashen sinamasi ________________________________________________________________________
‎‎Romberg holatida sinama (oddiy va murakkablashtirilgan) ______________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Aniq harakatlar (poldan tangani olish, barmoq-burun sinamasi) ___________________________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Qovoqlar, til, qoʻl barmoqlarining titrashi __________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshiriluvchida markaziy asab tizimining organik buzilishlari, ruhiy-asab kasalliklar belgilari bor-yoʻkligi, jismoniy toliqqanlik ____________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Ilgari olgan jarohatlari (tekshiriluvchining soʻzlaridan) ______________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Oxirgi isteʼmol qilingan alkogolli ichimliklar yoki dori vositalari haqida maʼlumot: subyektiv, obyektiv (hujjatlar boʻyicha va boshqa manbalardan) ___________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Ogʻiz boʻshligʻidan alkogolli yoki boshqa moddalar hidi __________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Chiqarilgan nafas va organizmning boshqa biologik muhitlarida alkogol va boshqa moddalar mavjud yoki mavjud emasligi:
‎‎a) chiqarilgan nafas alkotester yoki Rappoport usuli yordamida tekshirildi _________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshirish natijalari va oʻtkazilgan vaqti ____________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Qayta tekshirish natijalari _______________________________________________________________
______________________________________________________________________
‎‎b) biologik muhit (peshob, soʻlak, lab yuzasidan, qoʻl barmoqlaridan olingan surtma) __________________
‎‎______________________________________________________________________
qaysi usul boʻyicha ‎‎_______________________________________________________________________
‎‎sinamaning olingan vaqti ________________________________________________________________
‎‎Tekshiruv vaqti va natijalari _____________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshirish oʻtkazgan tibbiy xodimlar Oʻz.R.JKning 238 va 240-moddalari boʻyicha javobgar hisoblanadi va ogohlantirilgan ________________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
Xulosa: ______________________________________________________________________________
______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Tekshiruv oʻtkazgan shifokor imzosi ________________________________________________________
______________________________________________________________________
‎‎Tekshiriluvchining tekshirish natijalari bilan tanishganligi haqidagi yozma bildiruvi va imzosi _______
______________________________________________________________________
‎‎
‎‎
‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mastlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxslarni ruyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAFTARI

T/r

Tibbiy tekshiruvga yoʻllanma, toʻldirilgan sana va vaqt

Tibbiy tekshiruvga olib kelgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va xizmat guvohnomasi raqami

Tibbiy tekshiruvga olib kelingan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili

Tekshiriluvchining yashash manzili, ish joyi, lavozimi

Tekshiriluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Tibbiy tekshiruvni oʻtkazgan shifokorning familiyasi, ismi, otasining ismi

Tibbiy tekshiruv oʻtkazilgan sana va vaqt

Xulosa (kimyo-toksikologik tekshiruv natijasi bilan birga)

Tibbiy tekshiruv bayonnomasini olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, lavozimi va imzosi

Tibbiy tekshiruvni oʻtkazgan shifokorning imzosi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mastlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarini yuritish va saqlash toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIB

1. Daftar tibbiy tekshiruv oʻtkaziladigan tibbiyot muassasasida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daftar tibbiy tekshiruv oʻtkazishda qatnashayotgan tibbiy xodim tomonidan toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir oʻtkazilayotgan tibbiy tekshiruv uni oʻtkazayotgan shifokor tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Daftar varaqlari raqamlanadi, tikiladi va muassasa rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tibbiy tekshiruvlarni raqamlash har yili 1-yanvardan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Daftarning yuritilishi eng kami har uch oyda bir marta tibbiy tekshiruv olib borilayotgan tibbiyot muassasasi rahbari tomonidan tekshiriladi, har bir tekshiruvdan soʻng tekshiruv oʻtkazilgan sana qoʻyilib, imzo chekiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Daftar uchinchi shaxslardan holi joyda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toʻldirilgan daftar tibbiyot muassasasi rahbari imzosi bilan yakunlanadi va 5 yil davomida tibbiy muassasasini oʻzida saqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2018-y., 10/18/3099/2319-son; 10.12.2019-y., 10/19/3099-1/4131-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)