25.12.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1436
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining qarori, 25.12.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1436
Kuchga kirish sanasi
04.01.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2021
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 26-avgustdagi 368-son, “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004-yil 5-maydagi 209-son va “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorlariga muvofiq investorlarga (shu jumladan, chet ellik investorlarga) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotilgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — davlat maqsadli jamg‘armalari)ga to‘lovlar bo‘yicha oldingi yillardagi to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarzlari, shu jumladan, ular bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini (keyingi o‘rinlarda — qarzdorlik)ni aniqlash va hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotilayotgan davlat mulki obyektlari ro‘yxatini shakllantirish va tanlov shartlarini tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan, Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan aniqlanadi.
7. Komissiya mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz summasini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari to‘plami, 2003-yil, 8-son, 78-modda) muvofiq qarzni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Nizomga
ILOVA