O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etishda ko‘maklashish tartibi haqidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2269-1]
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 3, 9, 20, 24, 15914, 01-02/12-18-son qarori (ro‘yxat raqami 2269, 2011-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 39-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etishda ko‘maklashish tartibi haqidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
38-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
79-son
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
56-son
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
9-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
14-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-dekabr,
01-02/12-52-son
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 11-dekabrdagi 38, 79, 56, 9, 14, 01-02/12-52-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etishda ko‘maklashish tartibi haqidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 16-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga” degan so‘zlar “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 43-banddagi “Milliy” degan so‘z “Davlat” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirishlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi bilan kelishilgan.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori v.b B. XAKIMOV
2018-yil 10-dekabr
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2018-yil 10-dekabr
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘i D. DEXKANOV
2018-yil 10-dekabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2269-1/2307-son)