08.12.2018 yildagi 997-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni oʻrnatish, oʻquvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy gʻoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Taʼlim inspeksiyasi deb ataladi), Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni (keyingi oʻrinlarda xalqaro tadqiqotlar deb ataladi) tashkil etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlangʻich 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitish va taʼlim olish muhitini hamda oʻqituvchilarning ish sharoitlarini oʻrganish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini (keyingi oʻrinlarda Milliy markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda Oʻzbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimida oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni oʻrnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sifatini baholash boʻyicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro baholash dasturlarini taʼlim jarayoniga joriy etish boʻyicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilgʻor tajribani ommalashtirish va uning asosida taʼlim muassasalari uchun tavsiyalar va qoʻllanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim inspeksiyasi boshligʻiga, zarur hollarda, Milliy markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachilik boʻlinmasidagi shaxsiy gʻazna hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi koʻrsatilgan muhrga, oʻz nomi yozilgan shtampga, blankalarga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markaz xodimlariga Taʼlim inspeksiyasining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markaz direktori xalqaro tadqiqotlarning milliy loyiha menejeri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Milliy markazni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro donor tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatishdan tushgan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Taʼlim inspeksiyasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markazning ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markazni taʼlim sifatini nazorat qilish sohasida amaliy-metodik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy-pedagogik stajga ega xodimlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Milliy markaz Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda hududlardagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining malakali mutaxassislaridan xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoniga masʼul xodimlarni tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-fevralga qadar Milliy markaz bilan birgalikda oʻquvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-sinfidan boshlab aniqlash va rivojlantirish, oʻquvchilarning savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida ishtirok etishni taʼminlash dasturini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻquv dasturlari hamda oʻquv adabiyotlari mazmuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yoʻnalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va oʻquv dasturlariga integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va 2019 — 2021-yillarda amaliy koʻnikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda oʻtkazib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yoʻnalishlaridagi savollarni oʻzida mujassam etgan oʻquv dasturlari asosida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va adabiyotlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahar hamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanganlik va Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganlik holatini inventarizatsiya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida munosib ishtirok etishni taʼminlash maqsadida vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari (Respublika taʼlim markazi, Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi) imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, zaruriyatdan kelib chiqib, tegishli boʻlimlarining funksiyalarini qayta koʻrib chiqish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadqiqotlar oʻtkaziladigan oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy mintaqaviy va tarmoq markazlarining oʻquv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, davlat ilmiy dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash va amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Milliy markazning murojaatiga asosan uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir hafta muddatda PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi yuzasidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlik shartnomalarining imzolanishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliyaviy tashkilotlari kreditlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markazni saqlash hamda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun aʼzolik badallarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarga zarur boʻlgan mablagʻlarni 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Milliy markazning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, shuningdek, zarur boʻlgan jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy markazga ikkita yengil xizmat, shu jumladan bitta personal avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Taʼlim inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 8-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
997-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro baholash dasturlari boʻyicha xalqaro tadqiqotlardaOʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul

ijrochilar

I. Tashkiliy tadbirlar

1.

Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish va unga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Hamkorlik shartnomalarini imzolash.

2018-yil

dekabr

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

2.

Xalqaro tadqiqotlarga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasining ish tajribalarini oʻrganish.

1. Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasiga tajriba almashish uchun xizmat safarini tashkil etish;

2. Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasidan ekspertlarni taklif qilish hamda ular ishtirokida seminar-treninglar oʻtkazish.

2018-yil

dekabr

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

3.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini(keyingi oʻrinlarda Milliy markaz deb ataladi) taʼlim sohasida amaliy-metodik va ilmiy-pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan taʼminlash va milliy markazning moddiy-texnik bazasini muntazam ravishda zamon talablari asosida yangilab borish.

1. Milliy markazni taʼlim sohasida amaliy-metodik vailmiy-pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan taʼminlash;

2. Milliy markazning moddiy-texnik bazasini muntazam ravishda zamon talablari asosida yangilab borish.

2018-yil

dekabr

2018-yil

dekabr oyidan boshlab

doimiy

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Milliy markaz,

Xalq taʼlimi vazirligi

II. Tadqiqot jarayonlarining oʻquv-uslubiy taʼminoti

4.

Xalqaro tadqiqotlarni joriy etish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish.

3. Xalqaro baholash dasturlari boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari, xalqaro ilmiy tashkilotlar grantlari tanlovlari, xoʻjalik shartnomalari �sosida samarali ilmiy faoliyatni tashkil etish.

2018-yil

dekabr oyidan boshlab doimiy

2018-yil

dekabr oyidan boshlab doimiy

2018-yil

dekabr oyidan boshlab doimiy

Milliy markaz,

Oliy va oʻrta maxsus taʼl��m vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi

5.

Maktab oʻquvchilari savodxonligini shakllantirish boʻyicha ilgʻor milliy va xalqaro tajribalarni oʻrganish.

1. Oʻquvchilarning yozma savodxonligini yaxshilash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish;

2. Oʻquvchilarning nutq savodxonligini oʻstirish boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish;

3. Oʻquvchilarning yozma va nutq savodxonliklarini oshirish boʻyicha ilgʻor milliy va xalqaro tajribalarni joriy etish.

2018-yil

dekabr oyidan boshlab doimiy

Milliy markaz,

Xalq taʼlimi vazirligi

6.

Umumiy oʻrta taʼlim tizimida oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻrganish boʻyicha qoʻllaniladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish va modernizatsiya qilish boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirish.

1. Xalqaro baholash dasturlari asosida integratsiyalashtirilgan oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni modernizatsiya qilish boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirish;

2. Xalqaro baholash dasturlari asosida integratsiyalashtirilgan oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻrganish boʻyicha qoʻllaniladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish;

3. Yaratilgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish.

2018-yil

dekabr —
2019-yil fevral

Milliy markaz,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

7.

Oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishlari, shuningdek mustaqil taʼlim olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish.

1. Oʻquvchilar mustaqil taʼlim olishlari uchun elektron shakldagi taʼlimni rivojlantirish, un�aoʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar boʻyicha savollar bazasini yaratish hamda boyitib borish;

2. Oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish uchun mustaqil taʼlimni joriy etish.

2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy

2019-yil yanvar oyidan boshlab

doimiy

Xalq taʼlim vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Milliy markaz

8.

Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlikni rivojlantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish.

1. Koʻrsatuv, eshittirishlar va maqolalar ssenariylarini shakllantirish;

2. Koʻrsatuv, eshittirishlarni tayyorlash, efirga uzatish, maqolalarni chop etish hamda Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish.

2018-yil

dekabroyidan

boshlab doimiy

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Xalq taʼlimi vazirligi

9.

Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan taʼlim muassasalarida tegishli targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda xalqaro tadqiqotlar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish.

1. Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan malakali oʻqituvchi-trenerlar bilan hamkorlikda hududlarda oʻquvlar tashkil etish;

2. Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan kaskad usulida oʻquv seminarlari oʻtkazish.

3. Xalqaro tadqiqotlar yuzasidan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va direktorlari hamda ota-onalar va oʻquvchilar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;

4. Xalqaro tadqiqotlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni xabardor qilib borish.

2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy

2018-yil dekabr oyidan

boshlab doimiy

Xalq taʼlimi vazirligi, Milliy markaz,

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shaharhamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablarni belgilash.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shahar hamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablar manzillarini belgilash;

2. Tayanch tadqiqot maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida masʼul ijrochilarning qoʻshma qarorini qabul qilish;

3. Tayanch tadqiqot maktablarini xalqaro tadqiqotlarga doir metodik qoʻllanmalar, oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash.

2018-yil

dekabr —

2019-yil fevral

2018-yil

dekabr

2018-yil

dekabrdan

boshlab doimiy

Xalq taʼlimi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Milliy markaz

11.

Xalqaro tadqiqotlar yoʻnalishlaridagi savollarni oʻzida mujassam etgan oʻquv dasturlari asosida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va adabiyotlar yaratish.

1. 7-sinf oʻquvchilari uchun PISA xalqaro baholash dasturi doirasida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va tavsiyalarni yaratish;

2. 8-9-sinf oʻquvchilari uchun PISA xalqaro baholash dasturi doirasida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va tavsiyalar yaratish;

3. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun PIRLS xalqaro baholash dasturi doirasida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va tavsiyalar yaratish;

4. Boshlangʻich va oʻrta sinf oʻquvchilari uchun TIMSS xalqaro baholash dasturi doirasida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va tavsiyalar yaratish.

2019-yil

mart

2019-yil davomida

2019-yil davomida

2019-yil davomida

Xalq taʼlimi vazirligi,

Milliy axborot agentligi,

Milliy markaz

12.

Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va oʻquv adabiyotlari mazmuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va oʻquv adabiyotlarini ilgʻor xorijiy davlatlar bilan qiyoslash orqali oʻrganib chiqish;

2. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va oʻquv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2018-yil
dekabr —

2019-yil

yanvar oyi

2019-yil

dekabr oyidan

boshlab davriy ravishda

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Milliy markaz

13.

Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar yoʻnalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va oʻquv dasturlariga integratsiya qilish.

1. Xalqaro tadqiqotlarda oʻtgan yillarda foydalanilgan savollar mazmunini oʻrganib chiqib, tahlil qilish;

2. Savollar mazmunini oʻrganish va tahlil qilish natijasida xalqaro tadqiqotlar yoʻnalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish hamda oʻquv dasturlariga integratsiya qilish.

2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy

Milliy markaz,

Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

14.

Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻquvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va 2019 — 2021-yillarda amaliy koʻnikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda oʻtkazib borish.

1. Oʻquvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish;

2. Oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda oʻtkazib borish.

2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab

Milliy markaz,

Xalq taʼlimi vazirligi

15.

Xalqaro tadqiqotlarga asoslangan holda oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻqitishning shakllari, metodlari va texnologiyalarini yangilash va oʻqituvchilarning bu borada xabardorligini oshirish, tayyorgarligini kuchaytirish boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

1. Ilgʻor xorijiy davlatlardaoʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻqitishning shakllari, metodlari va texnologiyalarini oʻrganib chiqish;

2. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini joriy etish boʻyicha oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab

jadval asosida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Milliy markaz,

Tashqi ishlar vazirligi

16.

Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlarining oʻquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Malaka oshirish taʼlim muassasalariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish uchun xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;

2. Hamkorlik rejasi asosida rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish.

2018 — 2020-yillarda

reja asosida

Xalq taʼlimi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

17.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlardagi nufuzli taʼlim va ilmiy markazlar, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda iqtisodi� hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlardagi nufuzli taʼlim va ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;

2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlar boʻyicha konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar oʻtkazish.

2018 — 2020-yillarda

Milliy markaz,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

18.

Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida talabalarga oʻqish, matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi oʻquv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talablariga moslashtirish, bitiruvchi talabalarga umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga ishga kelishda mazkur yoʻnalishda tayyor holda kelishlarini taʼminlash.

1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida oʻqish, matematikava tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi oʻquv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talablariga moslashtirish;

2. Bitiruvchi talabalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga ishga kelishda xalqaro tadqiqotlarga tayyor holda kelishlarini taʼminlash.

2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab

doimiy

Milliy markaz,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi

19.

“Elektron taʼlim” tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalanish va masofaviy taʼlim turlarining amaliyotga joriy etilganligini inobatga olib, oliy taʼlim muassasalarida oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyichapedagogik kadrlarni tayyorlash uchun yangilangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

1. “Elektron taʼlim” tarmogʻida xalqaro tadqiqotlarga doir masofaviy kurslarni tashkil etish;

2. “Elektron taʼlim” tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalangan holda masofaviy taʼlim kurslari yaratilganligini inobatga olib, oliy taʼlim muassasalarida oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyichapedagogik kadrlarni tayyorlash uchun yangilangan oʻquv dasturlarni ishlab chiqish.

2019-yildan boshlab doimiy

Milliy markaz,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi

20.

Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar (oʻquv-metodik majmuasi: darslik, mashqlar toʻplami, audio va video materiallar, oʻqituvchi kitobi)ni elektron shaklda yaratish.

1. Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni elektron shaklda yaratish;

2. Elektron shaklda yaratilgan oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni axborot-taʼlim portaliga joylashtirish.

2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab jadval asosida

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Milliy markaz

21.

Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar, topshiriqlar toʻplami (shu jumladan, elektron shaklda), shuningdek, kompyuter dasturlari mahsulotlarini yaratish va taʼlim muassasalarini taʼminlash.

1. Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazi bilan birgalikdaoʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar, topshiriqlar toʻplami, shuningdek, kompyuter dasturlari mahsulotlarini yaratish;

2. Yaratilgan koʻrgazmali qoʻllanmalar, topshiriqlar toʻplami vakompyuter dasturlari mahsulotlari bilan taʼlim muassasalarini taʼminlash.

2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab jadval asosida

Xalq taʼlimi vazirligi,

Milliy markaz

22.

Internet jahon axborot tarmogʻida taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid portalni yaratish.

1. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid elektron jurnal va Internet portalini yaratishga doir taklif va mulohazalarni ishlab chiqish;

2. Yaratilgan Internet portalini kontent bilan toʻldirishga koʻmaklashish.

3. TALIS xalqaro tadqiqoti soʻrovnomalarini onlayn usulda oʻtkazish boʻyicha oʻquv-seminarlarini tashkil qilish.

2019-yil

yanvar oyi

Milliy markaz,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik v axizmat koʻrsatuvchi xodimlar tarkibidan tashqari) — 18 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni amaldagi meʼyorlar asosida belgilanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/997/2289-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)