1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.05.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sug‘urta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida zamonaviy agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligida klaster ishlab chiqarishini rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish, paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa mahsulotlarni yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlarni yetishtirish va chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda shu asosda agrar sektorda ish unumdorligini va mehnatga haq to‘lashni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Toshkent viloyati hokimligi, “Paraglide limited” (Buyuk Britaniya), “Petromaruz Kapital” (“Pm kapital” — Rossiya Federatsiyasi) kompaniyalarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlarining (keyingi o‘rinlarda XMI deb ataladi) mablag‘larini, xorijiy banklarning kredit liniyalari va tijorat banklarining kreditlarini jalb etish hisobiga paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishlarni, shuningdek, chorvachilik hamda baliqchilik komplekslari tashkil etishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasteri tashkil qilish loyihasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ishtirokida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Tashkent Sotton Textile cluster” korxonasini (keyingi o‘rinlarda “TST cluster” MChJ deb ataladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TST cluster” MChJni tashkil qilish va uning tarkibiga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha agrosanoat korxonalarini kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “TCT cluster” MChJning dastlabki ustav kapitali “Paraglide limited” (Buyuk Britaniya), “Petromaruz Kapital” (“Pm kapital” — Rossiya Federatsiyasi) kompaniyalarining badallari hisobiga shakllantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TST cluster” MChJ tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalariga (keyingi o‘rinlarda agrokorxonalar deb ataladi) paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa mahsulotlarni, shuningdek, chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish uchun Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida doimiy egalik qilish hamda foydalanish huquqi bilan 35,4 ming gektar sug‘oriladigan yer va 3,1 ming gektar baliqchilik ko‘llari ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng turdagi baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, shu jumladan, eksport qilish bo‘yicha zamonaviy kompleks tashkil qilish uchun sobiq “Baliqchi” AJ mulkiy kompleksini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va 8,2 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalar kiritish sharti bilan, “TST cluster” MChJga “nol” qiymatida sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TST cluster” MChJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalari tomonidan 2019 — 2023-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2022-yillarda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 10-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida umumiy maydoni 33,6 ming gektar bo‘lgan yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — tumandagi qolgan 4,9 ming gektar sug‘oriladigan yerlarni ulardan foydalanish samaradorligini baholash yuzasidan xatlovdan o‘tkazsin hamda nooqilona foydalanish va (yoki) istiqbolli rivojlanish rejalari mavjud bo‘lmagan holatlar aniqlanganda — “TST cluster” MChJga bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda — ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun agrokorxonalarga sug‘orilmaydigan yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda, ushbu qarorga asosan berilgan yer uchastkalaridan foydalanilmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, ulardan nooqilona yoxud tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladigan, kimyoviy va radioaktiv ifloslantiradigan hamda ekologik vaziyatni yomonlashtiradigan usullarda foydalanilganda ushbu yerlarga doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agrokorxonalarga hududlar sharoitlariga muvofiq paxta va boshoqli don ekinlari navlarini mustaqil ravishda joylashtirish, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suvni va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TST cluster” MChJ agrokorxonalarning mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida jamlash va keyinchalik bu mablag‘larni moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular o‘rtasida taqsimlash huquqiga ega;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda joriy yildan boshlab har yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi irrigatsiya tarmog‘ini kapital ta’mirlash va qayta tiklash uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga “TST cluster” MChJning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka bank” ATIB bilan birgalikda bank sindikatini tashkil etish va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni yetakchi bank deb belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TST cluster” MChJ va agrokorxonalarning investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslari inobatga olingan holda ushbu qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, xorijiy banklarning kredit liniyalari hisobiga uzoq muddatli sindikatlangan valyuta kreditlari, shu jumladan, yevroda kreditlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblangan foizlar bo‘yicha imtiyozli davrni qo‘llagan holda qayta moliyalashtiradigan bankning yillik 2 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi marjasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kelinadigan uskunalar, texnika va mexanizmlarni, shuningdek, sug‘urta polislari va uchinchi shaxslar kafilligini kreditlar bo‘yicha talab etiladigan kafolat ta’minoti sifatida qabul qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mustaqillik paxta tozalash” AJning bino va inshootlari hamda uning paxta tayyorlash punktlarini 5 yil muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan bozor narxida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun bo‘sh turgan davlat obyektlarini “nol” xarid qiymatida “TST cluster” MChJga sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xatlov natijalarini hisobga olgan holda davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan obyektlarni Toshkent viloyati hokimining qaroriga asosan keyinchalik “TST cluster” MChJga investitsiya majburiyatlari bilan “nol” xarid qiymatida sotish uchun ularning ro‘yxatini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “TST cluster” MChJ va agrokorxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, moddiy-texnika resurslari, xomashyo, materiallar hamda o‘simliklar 2022-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ agrokorxonalarning ishlab chiqarish maydonlari loyiha tashabbuskorlarining mablag‘lari hisobiga tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalariga binoan ushbu qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsat bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalari bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasida yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok uchun malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-avgustdagi 677-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 34-son, 695-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
974-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 974-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TST cluster” MChJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari (mln. dollar)
1.
Paxta xomashyosi va don mahsulotlarini yetishtirish hamda yig‘ib olish uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi va melioratsiya hamda irrigatsiya tarmoqlarini kapital va joriy ta’mirlash uchun agrokorxonalargamaxsus texnika xarid qilish.
28,3
24,0
4,3
12 ta K700 rusumli traktor, 176 ta haydov traktori, 15 ta paxta terish mashinasi, 40 takombayn, 200 ta tarkama, 15 ta maxsus texnika, 195 ta boshqa texnika va mexanizmlar
2019-2020-yillar
2.
Paxta xomashyosini yetishtirish va dastlabki ishlov berish hamda chigit tayyorlashni tashkil qilish.
3,5
3,0
0,5
7,8 ming tonna paxta tolasi,
12,2 ming tonna chigit
2019-2020-yillar
3.
Paxta tolasini chuqur qayta ishlash, tayyor to‘qimachilik va tikuvchilik buyumlari ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksi tashkil etish.
88,2
75,0
13,2
6,6 ming tonna ip,
8 mlnp.m. gazlama,
3 mlnta tayyor buyumlar
2019 — 2021-yillar
4.
Bog‘dorchilik xo‘jaligini tashkil qilish, uning mahsulotlarini qayta ishlash hamda saqlash.
8,2
7,0
1,2
maydoni- 100 ga er, 5,0 ming tonna mahsulotni qayta ishlash va saqlash
2019 — 2022-yillar
5.
Yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish.
4,7
4,0
0,7
2,2 ming tonna yog‘, 5,6 ming tonna kunjara, 3,8 ming tonna shulxa
2020-2021-yillar
6.
Baliqlarni ko‘paytirish va qayta ishlash kompleksini tashkil qilish.
8,2
7,0
1,2
3,0 ming ga er, 10 ming tonna baliq
2021-2022-yillar
7.
Don ekinlarini chuqur qayta ishlovchi ishlab chiqarishni tashkil qilish.
10,6
9,0
1,6
36,5 ming tonna un, 50 ming tonna ozuqa
2022-2023-yillar
8.
Chorvachilik kompleksini tashkil qilish, sut va go‘sht yetishtirish hamda ularni qayta ishlash.
45,9
39,0
6,9
10 ming bosh qoramol, 2,0 ming tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 35 ming tonna sut mahsulotlari
2022-2023-yillar
9.
Chorvachilik kompleksi chiqindilaridan biogaz va biogumus ishlab chiqarishni tashkil qilish.
5,9
5,0
0,9
140 ming tonna biogumus, 4,2 mln m3biogaz
2022-2023-yillar
10.
Sabzavotlar va ko‘katlar yetishtirish bo‘yicha zamonaviy issiqxona kompl�ksini tashkil qilish.
14,1
12,0
2,1
20 ga er
2022-2023-yillar
Jami:
217,6
185,0
32,6
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “TST cluster” MChJ muassislarining qaroriga ko‘ra investitsiya loyihalarining prognoz parametrlariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Investitsiya loyihalarining yakuniy parametrlari biznes-rejalarni ishlab chiqish natijalari bo‘yicha belgilanadi. Zarurat bo‘lganda ularni tuzatish hisobiga kredit ajratish miqdorlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 974-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2022-yillarda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud texnika parkini modernizatsiya qilish va hovuz fondining meliorativ holatini yaxshilash.
3,0
10 ming tonnatovar baliqlar yetishtirish
2019-2020-yillar
2.
Baliqlarni ko‘paytirishning intensiv texnologiyalarini joriy qilish va baliqlar oziqlanadigan o‘simliklarni zich joylashtirish usullarini qo‘llash hisobiga ko‘llar mahsuldorligini oshirish.
2,0
Mahsuldorlik — gektaridan 60 sentner
2019-2020-yillar
3.
Ona baliqlarning yangi zotlarini ko‘paytirish va ona baliqlar sonini 5,0 mingtagacha oshirish, suv hamda baliq holatini tahlil qilish bo‘yicha ixtiopatologik va gidrokimyoviy laboratoriyalar tashkil qilish.
0,7
5,0 ming tonna baliqlar
2020-yillar
4.
Baliq mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish:
yarim tayyor mahsulotlar (lahm, nimtalangan go‘sht), quritilgan va dudlangan mahsulot, shuningdek, baliq preservlari;
baliq konservalari ishlab chiqarish;
baliq uni ishlab chiqarish.
1,5
Ishlab chiqarish hajmi — 10 ming tonna, jumladan:
5,0 ming tonna — tirik baliq;
820 tonna — tayyor konservalar;
670 tonna — yarim tayyor mahsulotlar va preservlar;
500 tonna — dudlangan mahsulot;
250 tonna — baliq uni.
2020 — 2022-yillar
5.
Ekoturizm infratuzilmasini, jumladan, mavjud kottejlarni kapital ta’mirlash hamda yangi obyektlarbarpo etish orqaliqayta tiklash va rivojlantirish.
1,0
32 kishiga mo‘ljallangan 8 ta kottejni rekonstruksiya qilish,
ekoturizmzonasi tashkil qilish, hududlarni obodonlashtirish
2020-2021-yillar
Jami:
8,2
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Kiritilayotgan investitsiyalarning yakuniy qiymati loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgandan so‘ng aniqlashtiriladi.