27.11.2018 yildagi 962-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyundagi PF-5466-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, yoshlarni biznes bilan shugʻullanishga faol jalb qilish hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
962-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-son qaroriga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigi — tuman (shahar) hokimliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etishdagi oʻzaro samarali hamkorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va (yoki) “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish boʻyicha investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) — davlat sherigi va xususiy sherikning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari — Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar tadbirkorligi subyektlari (18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar), 50 foiz va undan koʻproq muassislari yoshlardan iborat boʻlgan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, yaratiladigan ish oʻrinlarining 70 foizidan kam boʻlmagan qismini 5 yil davomida yoshlarni ish bilan taʼminlash uchun taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik — davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari (keyingi oʻrinlarda kovorking markazlari deb ataladi) — yoshlar tadbirkorligi subyektlariga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha koʻmak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini koʻrsatish, forumlar, mahorat darslari va seminarlar tashkil etishga moʻljallangan majmua;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar mehnat guzari” komplekslari (keyingi oʻrinlarda mehnat guzarlari deb ataladi) — chakana savdo va maishiy xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratish orqali yoshlarni ish bilan taʼminlashga moʻljallangan majmua.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat sherigi va xususiy sherikning kovorking markazi va (yoki) mehnat guzarini oʻzaro manfaatdorlikda tashkil etish boʻyicha takliflari davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi. Mazkur bitim namunasi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizom tasdiqlangunga qadar kovorking markazlari va mehnat guzarlari tashkil etish maqsadida boʻsh turgan yer uchastkalarini va boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini bepul asosda olgan tadbirkorlik subyektlari bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar xususiy sherikning soliq solinadigan bazasidan chegirib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kovorking markazlari yoki mehnat guzarlarini qurish (joylashtirish) istagini bildirgan xususiy sherik tuman (shahar) hokimligiga ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, jismoniy shaxslar uchun — pasport nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish (joylashtirish) uchun rejalashtirilayotgan yer uchastkasi yoki davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yer uchastkasiga (binoga) boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma (agar kovorking markazi yoki mehnat guzari xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) zaruratga koʻra, kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish uchun eskiz loyihaviy taklif hujjatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklariga tushgan arizalar ikki ish kunida quyidagilarga asosan koʻrib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi hisob-kitoblarining asoslanganligi hamda iqtisodiy samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherikning moliyaviy holati, xususan oʻz mablagʻlari va (yoki) u tomonidan jalb etilgan kreditlar va boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishining taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kovorking markazlari tuman (shahar) markazida, mehnat guzarlari esa ishsiz yoshlar soni koʻp boʻlgan aholi punktlarida tashkil etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza ushbu Nizomning 8-bandi talablari buzilgan holda berilgan boʻlsa yoki uni koʻrib chiqish vaqtida 9-band talablariga javob bermagan taqdirda, hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi bildirishnoma yozma shaklda, shu jumladan, elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka yetkaziladi (joʻnatiladi). Bildirishnomada qanday talablar buzilganligi, qonun hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik koʻrsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni tuman (shahar) hokimligiga takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik talablar buzilishini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab uch ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamchiliklar bartaraf etilib takror taqdim etilgan ariza qabul qilingan kundan boshlab ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi va “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda ajratiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12 — 17-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish boʻyicha bitimni tuzish, oʻzgartirish, bekor qilish, shuningdek, amal qilishini toʻxtatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bitim qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilingan holda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bitimda u amalga oshirilishi shakliga qarab quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning amal qilish muddati va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kovorking markazlari yoki mehnat guzarlari foydalanishga topshiriladigan va ishga tushiriladigan muddatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari, qurilishni moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, qurilishning borishi ustidan texnik nazorat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi va u qay darajada bajarilganligiga berilgan baho;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida bitim tuzish bilan bogʻliq xavf-xatarlarni taqsimlash tartibi va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan obyektga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kovorking markazlari yoki mehnat guzarlaridan foydalanish, unga texnik xizmat koʻrsatish, uni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, taʼmirlash, modernizatsiyalash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlariga rioya qilinmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini toʻldirish yoki qoplash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi yoki tegishlicha bajarilmasligi uchun sanksiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi xususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Agar zarurat boʻlsa, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida bitim qoidalarini kelishib olish maqsadida muzokaralar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri tuman (shahar) hokimliklari tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bitim oʻttiz yilgacha boʻlgan muddatga imzolanadi. Bitim, agar unda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Bitimga quyidagi hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

davlat sherigining talabi boʻyicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi munosabatlariga doir kovorking markazlari va (yoki) mehnat guzarlarini qurishni (joylashtirishni) tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning hal qiluv qarori boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik bankrot boʻlsa yoki tugatilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigining talabi boʻyicha — xususiy sherik oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning talabi boʻyicha — davlat sherigi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud orqali bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Bitimning amal qilishi uning muddati tugaganidan keyin toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning amal qilish muddati tugashi tomonlarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davlat sherigi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikdan bitim shartlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida bitimda belgilangan muddatlarda hisobot olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan monitoring olib borish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini baholashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish doirasida aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan obyekt boʻyicha zararlar qoplanishini talab qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimning sud tartibida bekor qilinishini talab qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishini moliyalashtirishda ishtirok etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sherigi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat sherigi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikka kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish uchun oʻziga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasini bitimda belgilangan muddatga ijaraga berish belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda taqdim etishi;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kovorking markazlari va mehnat guzarlarini muhandislik kommunikatsiyalariga, jumladan, elektr, gaz va suv taʼminoti tarmoqlariga ulash va ulashni tuman (shahar)lar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan kovorking markazlari va mehnat guzarlarining mavjud imtiyozlardan foydalanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikga soliq imtiyozlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa preferensiyalar taqdim etilishida koʻmaklashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning xoʻjalik faoliyatini olib borishiga aralashmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sherigi zimmasida ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Xususiy sherik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasini taqdim qilish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun davlat sherigiga taqdim etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish (joylashtirish) uchun zamonaviy qurilish mahsulotlarini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar olish uchun murojaat qilishga;
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda olish va uni erkin tasarruf etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasini bitim amal qiladigan muddatga ijaraga olish hamda ulardan foydalanishga;
(40-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Xususiy sherik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kovorking markazlari va mehnat guzarlari qurilishini moliyalashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar va talablarga muvofiq kelishilgan muddatlarda qurilishi va foydalanishga topshirilishini taʼminlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
(41-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kovorking markazlari va mehnat guzarlarini saqlab turish xarajatlarini oʻz mablagʻlari hisobiga qoplashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bitim amal qiladigan butun muddat davomida obyekt faoliyatining ixtisosligini saqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kovorking markazlari va mehnat guzarlariga ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 70 foizi miqdorida band boʻlmagan yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) kovorking markazlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar tadbirkorligi subyektlariga, tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda ofis xonalari va texnika, sarflash materiallarini ijaraga berishi, ularni Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha tarzda koʻmaklashishi, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya xizmatlari va boshqa xizmat turlarini koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatiga oid boʻlgan forumlar, mahorat darslari va seminarlar tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) mehnat guzarlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga chakana savdo va maishiy xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga oʻrgatishi hamda ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik zimmasida ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bitim amal qiladigan muddat tugamay turib xususiy sherik mulki boʻlgan obyektning u tomonidan musodara qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq almashtirilishi mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(nizomga 2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)