21.11.2018 yildagi 938-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“2-GMZning qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-son qaroriga muvofiq va zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, qayta ishlash quvvatlarini yanada oshirish hisobiga qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni barqaror koʻpaytirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.  “2-GMZning qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy qiymati 168,30 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilib, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) obyektni 2023-yilning noyabrida ishga tushirish orqali yiliga tarkibida oltin boʻlgan 12,0 mln. tonna hajmda rudalarni qayta ishlash boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishi natijasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy KMK” DKning maxsus investitsiya hisobraqamidagi mablagʻlari hisobidan 95,88 mln AQSh dollari ekvivalentidagi oʻz mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtiriladigan va qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 2,0 foiz miqdoridagi foiz stavkasi hamda yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasi qoʻshilgan holda 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrga beriladigan 72,42 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy KMK” DK qarz oluvchi va investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditidan maqsadli hamda samarali foydalanish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb etiladigan kreditni qoplash va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Navoiy KMK” DKning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2-GMZning qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2-GMZning qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” investitsiya loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplashning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va “Navoiy KMK” DK bosh direktori K.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
938-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/938/2204-son)