1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarori)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
934-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/177/0299-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-maydagi 120-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 37-modda) quyidagi mazmundagi 231-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“231. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo elektron hamkorlik tizimlarida davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida ariza beruvchilarni identifikatsiya qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlari — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo elektron axborot almashinuvida boshqa identifikatorlardan foydalanish, ariza beruvchilardan boshqa identifikatorli qoʻshimcha hujjatlar talab qilish taqiqlanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 108-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 161-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“161. Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonidagi idoralararo elektron hamkorlik qilishda jismoniy va yuridik shaxslarning boshqa identifikatorlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-banddagi “mavjud boʻlgan maʼlumotlarni” soʻzlaridan keyin “hamda boshqa identifikatorli qoʻshimcha hujjatlarni” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 13.04.2022-y., 09/22/177/0299-son)