O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risida MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida 2018-yil 1-iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul markaziy vakolatli organ, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi o‘ziga taalluqli qismi bo‘yicha mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida va uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar haqida tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-noyabr,
PQ-4016-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2018-y., 07/18/4016/2185-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)