12.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3086
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 12.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3086
Kuchga kirish sanasi
13.11.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻorish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3086]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son “Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sugʻorish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir B. YUSUPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-son

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 9-oktabrdagi 52-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻorish tarmoqlari (kanallar)da baliq yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son “Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq sugʻorish tarmoqlarida (kanallarda) (bundan buyon matnda sugʻorish tarmogʻi deb yuritiladi) baliq yetishtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sugʻorish tarmogʻida baliq yetishtirish sugʻorish tarmogʻining chuqurligi yoki sayozligidan kelib chiqqan holda qafaslarda yoki sugʻorish tarmogʻining qirgʻoqlarini toʻr bilan toʻsish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sugʻorish tarmoqlarida baliq yetishtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qafaslarda baliq yetishtirish davrida sugʻorish tarmogʻidagi suvning sathi 2,5 metrdan kam boʻlmagan joylarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv sathi 2,5 metrdan past boʻlgan joylarda sugʻorish tarmogʻining qirgʻoqlarini toʻr bilan toʻsish yoʻli orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baliq yetishtirish sugʻorish tarmogʻining texnik holatiga hamda suv oqimiga taʼsir koʻrsatmaydigan joylarda amalga oshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sugʻorish tarmogʻida baliq yetishtirishni tashkillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sugʻorish tarmoqlarida baliq yetishtirishni rejalashtirayotgan shaxs baliq yetishtirishdan oldin tegishli hududdagi Tuman irrigatsiya boʻlimini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda baliq yetishtirish rejalashtirilayotgan sugʻorish tarmogʻining aniq joyi, sugʻorish tarmogʻiga joylashtirish rejalashtirilayotgan qafasning yoki toʻr bilan toʻsish rejalashtirilayotgan qirgʻoqning oʻlchamlari haqidagi maʼlumotlar taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman irrigatsiya boʻlimi baliq yetishtirish rejalashtirilayotgan sugʻorish tarmogʻidan foydalanish hamda u bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman irrigatsiya boʻlimi baliq yetishtirishni rejalashtirayotgan shaxsni sugʻorish tarmogʻida bajarilishi rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari hamda boshqa amalga oshirilishi lozim boʻlgan tashkiliy ishlar haqida oldindan ogohlantirishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sugʻorish tarmoqlarida baliq yetishtirish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qafas sugʻorish tarmogʻidagi suv oqimining tezligi sekundiga 10 santimetrdan koʻp boʻlmagan, shuningdek sugʻorish tarmogʻidagi suvning chuqurligi 2,5 metrdan kam boʻlmagan joylarga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sugʻorish tarmoqlarida qafaslar alohida yoki seksiyali yoxud bir-biriga bogʻlangan holda oʻrnatiladi hamda sugʻorish tarmogʻining qirgʻogʻiga mahkamlanadi. Bunda qafas sugʻorish tarmogʻini enining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qafas sugʻorish tarmogʻining kengligi, chuqurligi hamda undagi suv oqimining tezligidan kelib chiqqan holda turli hajm va shakllarda tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sugʻorish tarmoqlariga baliq chavoqlarini joylashtirishdan oldin suvning gidrokimyoviy holati oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Baliq chavoqlarini sugʻorish tarmogʻidagi suvga tushirishdan oldin baliq chavoqlari saqlanayotgan suvning harorati sugʻorish tarmogʻi suvining haroratiga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sugʻorish tarmoqlarida baliq yetishtirishda foydalaniladigan qafas va toʻrlar kapron yoki pishiq sunʼiy toladan toʻqilgan yoxud tayyorlangan boʻlishi, shuningdek qafas yoki toʻr teshiklarining kattaligi unda yetishtirilishi rejalashtirilayotgan baliq chavoqlari hajmidan kelib chiqqan holda 6 millimetrdan — 2 santimetrgacha oʻlchamda boʻlishi tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sugʻorish tarmogʻiga joylashtiriladigan qafaslar temir yoki plastmassadan foydalangan holda tayyorlangan boʻlishi kerak. Bunda qafas sugʻorish tarmogʻining chuqur boʻlgan joylarida suv ostiga choʻkib ketishini oldini olish maqsadida, qafasning suv ustidagi qismiga bochka, plastmassa truba yoki plastmassa qoplangan poʻkak pontonlar, shuningdek uni suv ostiga tushib ketmasligini taʼminlovchi materiallar mahkamlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Baliq yetishtirish sugʻorish tarmogʻining sayoz boʻlgan hamda suv oqimiga xalaqit qilmaydigan joylaridagi qirgʻoqlarni toʻr bilan toʻsish yoʻli orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sugʻorish tarmogʻini qirgʻoqlarda hamda suv tubida oʻsgan oʻsimliklardan tozalash hamda suvning toʻsiqlarsiz oqishini taʼminlash maqsadida, ushbu sugʻorish tarmogʻining 1 kilometr boʻlgan masofadagi qismiga 100 — 150 dona 1 yillik oʻt bilan ozuqalanadigan baliq chavoqlarini tashlash tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sugʻorish tarmoqlarida yetishtirilayotgan baliqlar omuxta yem bilan oziqlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sugʻorish tarmoqlarida baliq yetishtirishda sugʻorish tarmogʻi va uning qirgʻoqlariga salbiy taʼsir etuvchi ishlarni (qazish va qurilish ishlarini) amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Baliq yetishtirish sugʻorish tarmogʻi gidrotexnik inshootlaridan kamida 100 metr uzoq masofada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sugʻorish tarmogʻida baliq yetishtirayotgan shaxs baliqlarni yetishtirib boʻlgandan keyin, shuningdek baliq yetishtirish mavsumi tugaganda, u tomondan sugʻorish tarmoqlarida oʻrnatilgan qafas va boshqa moslamalarni yigʻib olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 8-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi A. ERGAShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2018-y., 10/18/3086/2178-son)