07.11.2018 yildagi PQ-4007-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, sogʻliqni saqlash davlat tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilashga qaratilgan sogʻliqni saqlashni isloh qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlashning milliy tizimini jadal rivojlantirish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish uchun umumiy amaliyot vrachlarining, patronaj tibbiyot hamshiralarining, qishloq vrachlik punktlari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining lavozim maoshlari oshirildi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida mehnatni ragʻbatlantirishning bozor usullari belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlari mehnatini baholashning hamda ular oladigan ish haqi va mukofotning bajariladigan ishning murakkabligi va koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifatiga aniq va bevosita bogʻliqligini taʼminlashning ilgʻor mexanizmlari joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mamlakat sogʻliqni saqlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish zarur boʻlgan sharoitda tibbiyot sohasini boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni davom ettirish, ularning kasbiy darajasini oshirish uchun munosib shart-sharoitlar va ragʻbatlantiruvchi omillar yaratish masalalari davlatning diqqat markazida turibdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish, samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, yuksak professional kadrlar salohiyatini shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlari 2018-yil 1-dekabrdan 1,2 baravar va 2019-yil 1-apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda xalqaro tajribani oʻrganish asosida 2019-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish boʻyicha quyidagilarga yoʻnaltirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining lavozimiga va malakasiga, koʻrsatiladigan tibbiy yordamning murakkabligi va javobgarligiga, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari ixtisosligiga qarab bazaviy lavozim maoshlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlari faoliyatini va mehnati unumdorligini baholashning zamonaviy usullarini joriy etish, shu jumladan, davolangan kasallar elektron statistikasini bosqichma-bosqich tatbiq etish va bemorlar oʻrtasida onlayn soʻrovlar oʻtkazish orqali joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tartibini tubdan qayta koʻrib chiqish, ular bajaradigan ishlar sifati, erishiladigan natijalar va koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarga jamoatchilik tomonidan berilgan baholarga qarab ularga haq toʻlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalari rahbarlariga alohida oʻrnak koʻrsatgan vrachlarga Tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash huquqini berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga toʻlanadigan haq miqdori oshirilishi munosabati bilan davlat tibbiyot muassasalarining qoʻshimcha xarajatlari moliyalashtirilishini, 2019-yilda va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan zarur mablagʻlar nazarda tutilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yildan boshlab Tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlari bosqichma-bosqich oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi miqdorlarda ajratiladigan ajratmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar, shu jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari xizmatlari uchun tushumlar miqdorining 2 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy tibbiyot taʼlim muassasalari hisobvaraqlarida jamlanadigan pulli oʻqish kontraktlari boʻyicha tushumlar miqdorining 5 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy tibbiyot taʼlim muassasalari hisobvaraqlarida jamlanadigan oʻqish kontraktlari boʻyicha tushumlar miqdorining 10 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika va tibbiyot faoliyati bilan shugʻullanish, shu jumladan, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish huquqiga litsenziyalar olish uchun talabgorlar tomonidan toʻlanadigan davlat bojlari tizimidagi tushumlar miqdorining 20 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarmaning mablagʻlaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini mukofotlar, moddiy yordam, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarning boshqa turlari tarzida moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarni moliyalashtirish, shuningdek, ularga sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatilishiga haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy bilan taʼminlashni yaxshilashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlari va tashkilotlari tibbiyot xodimlari uchun uy-joylar qurishni tashkil etish orqali moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini oʻqitish, ularning malakasini oshirish va amaliyot oʻtkazishini tashkil etish, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, Oʻzbekiston hududidan tashqarida oʻtkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini, xizmat safariga yuborilishini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar xarid qilish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini saqlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy tibbiyot taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalariga maxsus stipendiyalar toʻlashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamgʻarmaning daromadlari, shu jumladan, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirishdan foizlar tarzida olingan daromadlar soliqlarning barcha turlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga boshqa majburiy toʻlovlardan 2021-yil 1-noyabrgacha ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimovning — tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilishi boʻyicha takliflarni tayyorlashda masʼul vazirliklar va idoralar ishi amalda muvofiqlashtirilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanovning — Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, ushbu qarorga muvofiq sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarining ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini takomillashtirish uchun shaxsan masʼul ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin, shu jumladan, Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning aniq va shaffof tartibini, uning daromadlari va xarajatlari boʻyicha hisobot berish masalalarini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan tibbiyot muassasalarida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajaruvchi oliy maʼlumotli mutaxassislar lavozimlari nomenklaturasini qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.A. Abduxakimov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4007-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2018-y., 07/18/4007/2167-son; 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)