06.11.2018 yildagi PQ-4004-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni hamda referendumni ochiq, shaffof va mustaqillik prinsiplari asosida oʻtkazishda xalq hokimiyati va siyosiy plyuralizmning huquqiy asoslarini mustahkamlash va saylov tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov tizimi nafaqat davlat hokimiyati organlarini demokratik shakllantirish tizimining elementi, balki fuqarolik jamiyatining davlat boshqaruvida ishtirok etish darajasi koʻrsatkichiga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, davlat organlarini shakllantirish jarayonini yanada demokratlashtirish siyosati saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha toʻplangan tajriba, zamonaviy xalqaro saylov standartlarini va saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni hisobga olgan holda saylov tizimining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, zamonaviy shart-sharoitlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy saylov komissiyasi) axborot-tahliliy, uslubiy va maslahat ishlarini tashkillashtirishga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va joriy etishga, saylov komissiyalari aʼzolarining professional mahoratini yuksaltirishga talablar oshib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan — saylov va referendumlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish, shuningdek, fuqarolar konstitutsiyaviy saylov huquqlarini amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha umumeʼtirof etilgan xalqaro prinsiplar va standartlar, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda, saylov tizimi va qonunchiligini bosqichma-bosqich liberallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan — saylov komissiyalarining faoliyati samaradorligini oshirish, Markaziy saylov komissiyasining saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayonida, tashkiliy, axborot-tahliliy, uslubiy, maslahat funksiyalarini kuchaytirish, uning maqomini mustahkamlash hamda optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan — saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, saylovlarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish, saylov jarayonida axborot xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan — saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirish va oʻqitish tizimini joriy etish, saylovchilar hamda saylov jarayoni boshqa subyektlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan — saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar faoliyatida jamoatchilik ishtirokini keng taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan — saylov komissiyalari faoliyatining moddiy-texnik taʼminotini yanada yaxshilash, munosib sharoit yaratish, saylov komissiyalari aʼzolari va xodimlari samarali faoliyat yuritishlari uchun ijtimoiy va moddiy ragʻbatlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan — saylov qonunchiligi meʼyorlarini unifikatsiyalash va takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda demokratik tamoyillarga hamda xalqaro standartlarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda saylov jarayoniga “bitta saylovchi — bitta ovoz” tamoyilini amalga oshirishni taʼminlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyxatini joriy etish boʻyicha ish olib borilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaziy saylov komissiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Saylov qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini 1-ilovaga muvofiq qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi 9 nafar aʼzosi shu jumladan, rais, rais oʻrinbosari va kotibi ishini tashkil etish, shuningdek, 39 nafar masʼul xodimdan iborat Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati shtat birligini belgilash;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Markaziy saylov komissiyasi tarkibida Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Oʻquv markazining vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov komissiyasi aʼzolarini tizimli oʻqitish, malakasini oshirish, ularning saylov qonunchiligi sohasida mukammal bilimlarini, saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda professional koʻnikmalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish amaliyoti, shuningdek, milliy saylov qonunchiligining umumeʼtirof etilgan xalqaro prinsiplari va standartlariga muvofiqligini tizimli ravishda monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov tizimining muammolarini chuqur oʻrganishni taʼminlash, ushbu sohadagi dolzarb muammolar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov jarayonini tashkil etish boʻyicha ilmiy-amaliy qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish, saylovchilarni saylovda ovoz berish tartibi, saylov kampaniyasi jarayonlari bilan tanishtirish boʻyicha zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda oʻquv-uslubiy materiallarni yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2024-yil 1-fevraldan Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari va Kotibiyat xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha ish haqi razryadlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari doimiy asosda ishlovchi aʼzolarining Yagona tarif setkasi boʻyicha ish haqi razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, maqomi, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish, moddiy-maishiy taʼminot shart-sharoitlariga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy saylov komissiyasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita raisiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy saylov komissiyasi kotibi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita raisining oʻrinbosariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzolari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita aʼzolariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, uzoq muddat xizmati uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy saylov komissiyasining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodim shtat birliklari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-oktabrdagi PQ-4872-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 07/20/4872/1423-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ish beruvchilarga saylovlarni va referendumni oʻtkazish davrida jamoatchilik asosida ishlab kelayotgan tuman va shaharlar saylov komissiyalari raisi, uning oʻrinbosari yoki kotiblariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar saylov komissiyalarining tavsiyalariga koʻra, oylik maoshiga asosiy ish joyi moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan 50 foiz miqdorida ustama belgilash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari daxlsizlik maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Markaziy saylov komissiyasini majlislar oʻtkazish, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiyalar va kuzatuvchilarni qabul qiladigan zallar, shuningdek, seminar-treninglar oʻtkazishga moʻljallangan xonalardan iborat alohida binoga joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzolariga xizmat uylari ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa davlat tashkilotlari saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish boʻyicha komissiyalarga saylov va referendumlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish, qoʻyilgan vazifalarni bajarishlari uchun axborot, hujjatlar, bino va inshootlar, zarur moddiy-texnika vositalarini oʻz vaqtida taqdim etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning moliyaviy mustaqilligini va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda transport vositalari bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining majburiy joʻnatmalari roʻyxatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-sentabrdagi 387-son qarorining 2 va 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4004-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish

muddati

Masʼul ijrochilar

I. Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasini jamoatchilik vakillari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, saylov huquqi sohasidagi olim va mutaxassislar, xorijiy ekspertlar ishtirokida keng muhokamadan oʻtkazish, shuningdek, loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

2018-yil

15-noyabrgacha

Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), siyosiy partiyalar, QR MSK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, OAV

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasining muhokamasi jarayonida uning matni boʻyicha kelib tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtirish hamda Kodeks matnini takomillashtirish.

2018-yil

1-dekabrgacha

Qonunchilik palatasi (N. Ismoilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), MSK (M. Abdusalomov)

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini qabul qilish.

2018-yil

noyabr-dekabr

Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov)

4.

Markaziy saylov komissiyasining normativ-huquqiy hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiqlashtirish.

2019-yil

yanvar-fevral

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida zarur miqdorda chop etish.

2019-yil

1-martgacha

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov)

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida Markaziy saylov komissiyasining qoidalarini, shu jumladan, saylovlarni moliyalashtirishning aniq tartibi, saylov komissiyalari faoliyatining xavfsizligini taʼminlash va boshqa jihatlarini ochib beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish.

2019-yil

1-martgacha

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

II. Saylov komissiyalari faoliyatining samaradorligini oshirish

7.

Saylov komissiyalari vakillarini saylov qonunchiligiga muvofiq saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari bilan ishlash, shuningdek, SYAER tizimidan foydalanish tartiblari boʻyicha oʻqitishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2018-2019 yy.

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Fuqarolarning saylovlarda ishtirok etishlari uchun imkon qadar qulay sharoitlar yaratish maqsadida saylov komissiyalari joylashtiriladigan bino va inshootlarning elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2018-yil

1-dekabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazini saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirish uchun zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2019-yil

1-fevralgacha

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirishda jamiyat hayotining turli soha vakillari, ayollar, avvalgi saylovlarda saylov komissiyalari tarkibida faoliyat koʻrsatgan, huquqiy va kompyuter savodxonligiga ega boʻlgan shaxslarni jalb etish boʻyicha Markaziy saylov komissiyasining tavsiyalarini qabul qilish.

2019-yil

1-fevralgacha

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

11.

Markaziy saylov komissiyasi tavsiyalari asosida saylov komissiyalari aʼzolarining yagona elektron roʻyxatini, shuningdek, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga kadrlar zaxirasini shakllantirish.

2019-yil

15-fevralgacha

MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, saylovchilarga interaktiv xizmatlar koʻrsatish imkoniyatini kengaytirish, shu jumladan, ularni SYAERdagi saylovchilar roʻyxati bilan tanishtirish, muddatidan oldin va saylov kuni ovoz berish tartibi boʻyicha uslubiy va video materiallar tayyorlash va hokazolarni hisobga olgan holda, MSK www.elections.uz veb-saytini modernizatsiya qilish.

2019-yil

1-iyungacha

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Saylov jarayoni ishtirokchilarining elektoral madaniyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

13.

Jamoatchilikni saylov qonunchiligi yangiliklari bilan keng tanishtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mohiyati va ahamiyati, fuqarolar, jamoat tashkilotlarining saylov huquqlarini, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonlarini yoritish kafolatlarini taʼminlashni nazarda tutuvchi aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish.

2019-yil

mart —
dekabr

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), OʻzA (A. Kuchimov), MTRK (A. Xadjayev) va boshqa OAV

14.

Saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov instituti muhimligi, jamiyatda fikrlar plyuralizmi, koʻp partiyaviylikni rivojlantirish, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirish, davlat va jamiyat boshqaruvida har bir saylovchining shaxsan ishtiroki muhimligini tushuntirishga bagʻishlangan hududiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish.

2019-yil

mart — dekabr

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), DBA (R. Qosimov), OʻzA (A. Kuchimov), MTRK (A. Xadjayev) boshqa OAV

15.

Saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov kampaniyasining asosiy bosqichlarini yorituvchi, jumladan, saylovchilar va saylov tashkilotchilari uchun SYAER boʻyicha oʻquv video materiallar ssenariysini tayyorlash.

2019-yil

1-maygacha

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni yoritish masalalari hamda saylovoldi targʻibot-tashviqoti va boshqa saylov jarayonlarida ularning ishtiroki boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishning roli va ahamiyatini tushuntirish, fuqarolarni saylov kampaniyasining borishi va ovoz berish tartib-qoidalari bilan tanishish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar toʻgʻrisida xabardor qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi

(R. Davletov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Yergeodezkadastr qoʻmitasi

(A. Abdullayev), MTRK (A. Xadjayev)

18.

SYAER axborot tizimi imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), DBA (R. Qosimov)

IV. Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash

19.

Saylov kodeksi loyihasining muhokamasiga, shuningdek, saylov jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish istiqbollariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish.

2018-yil

1-dekabr

MSK (M. Abdusalomov), Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Markaziy saylov komissiyasining xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash.

2018-2019 yy.

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov)

21.

Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini xalqaro oʻquv kurslarda xalqaro kuzatuvchilarni tayyorlash va saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha oʻqitish bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish.

2018-2019 yy.

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov)

22.

Saylov qonunchiligi sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati haqida xalqaro hamjamiyatga yetkazish.

2018-2019 yy.

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov)

23.

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda saylov jarayoniga zamonaviy AKTni joriy etish loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov)

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari va Kotibiyat xodimlarining ish haqi razryadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar nomi

Ish haqi razryadlari

Rais

21

Rais oʻrinbosari

19

Komissiya kotibi

19 — 3%

Komissiya aʼzosi

18

Kotibiyat rahbari

18

Rais maslahatchisi, Matbuot kotibi

18 — 3%

Boʻlim boshligʻi, oʻquv markazi direktori, bosh buxgalter

17

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, oʻquv markazi direktori oʻrinbosari

17 — 3%

Bosh maslahatchi

16

Yetakchi maslahatchi, rais yordamchisi, buxgalter

15

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-son qaroriga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari doimiy asosda ishlovchi aʼzolarining ish haqi razryadlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar nomi

Ish haqi razryadlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari raisi oʻrinbosarlari

14

Komissiya kotibi

12

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: hududiy saylov komissiyalari doimiy asosda ishlovchi aʼzolarining ish haqi razryadlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari asosida markazlashgan tartibda ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-229-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2026-y., 07/26/229/0610-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 07/18/4004/2162-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 29.10.2020-y., 07/20/4872/1423-son; 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son; 17.06.2026-y., 07/26/229/0610-son)