05.11.2018 yildagi 912-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Kuyganyor gidrouzelining suvoqar qismini rekonstruksiya qilish va quyi qismini yuvilishdan saqlash uchun himoyalovchi inshootni qurish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuyganyor gidrouzelining xavfsiz ekspluatatsiyasini taʼminlash va uning quyi qismini yuvilishdan saqlash hamda Qoradaryo daryosining suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek, Andijon va Fargʻona viloyatlarining sugʻoriladigan ekin maydonlarini suv bilan kafolatli taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuz bergan davomli va kuchli sel va toshqinlar Qoradaryo daryosining oʻzan jarayonlarining faollashishiga va Kuyganyor gidrouzelida qoʻshimcha yemirilishlarni keltirib chiqarganligi, suvoqarning temir-beton qurilmasi ostida boʻshliqlarni yuzaga kelishiga sabab boʻlganligi, oqibatda gidrouzelni barqarorlashtirish boʻyicha tezkor choralar qabul qilish zaruriyati yuzaga kelganligi hamda “Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Kuyganyor gidrouzeli quyi qismini yuvilishdan saqlash uchun himoyalovchi inshootni qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashiga tuzatishlar kiritilish talab etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh loyiha tashkiloti — “Oʻzsuvloyiha” AJ tomonidan “Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Kuyganyor gidrouzelining suvoqar qismini rekonstruksiya qilish va quyi qismini yuvilishdan saqlash uchun himoyalovchi inshootni qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashiga tuzatishlar kiritilganligi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasi olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Kuyganyor gidrouzelining suvoqar qismini rekonstruksiya qilish va quyi qismini yuvilishdan saqlash uchun himoyalovchi inshootni qurish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) tuzatishlar kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslashining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilova rus tilidagi matnda berilgan,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Loyihani amalga oshirilishini yakunlash muddati 2020-yil 1-aprel etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzsuvloyiha” AJ bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar loyihaning ishchi hujjatlari sifatli ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ilgari ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini oʻzlashtirish natijalariga koʻra 2018-yil uchinchi chorak yakuni boʻyicha markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarni qayta taqsimlash yoʻli bilan suvoqarni rekonstruksiya qilishning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-2020-yillarga moʻljallangan rivojlanish davlat dasturlari parametrlarini shakllantirishda loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish uchun talab etiladigan kapital qoʻyilmalar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ishchi hujjatlar belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va loyiha doirasida amalga oshirilayotgan loyihalash va qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga, “Sirdaryo” suv xoʻjaligi havza birlashmasiga va Andijon viloyati hokimligiga loyiha doirasidagi barcha zarur tashkiliy-amaliy tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi va loyihani amalga oshirish uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi yuzasidan masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatidagi Kuyganyor gidrouzelini yuvilishining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-maydagi 263-son qarori oʻz kuchi yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
912-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 09/18/912/2161-son)