Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.01.1997 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORALARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash hamda 1996-yilda ob-havoning noqulay kelganligi munosabati bilan ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaziy bank va tijorat banklarining qishloq xo‘jaligi korxonalari banklarning kreditlaridan foydalanganlik uchun foizlar to‘lash bo‘yicha 1997-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qarzlarini hisobdan chiqarish, shuningdek, ularning kreditlar bo‘yicha qarzlarni to‘lashini foizlar qo‘shmasdan 2000-yilgacha kechiktirish to‘g‘risidagi taklifiga ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi tijorat banklari, soliq va moliya organlari bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarda muqobil tekshirishlarni tashkil etgan holda qishloq xo‘jaligi korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzdorligini yalpi qayta ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi qishloq xo‘jaligi korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzdorligi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi yakunlari taqdim etilgandan keyin 10 kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonalarining qoplash manbalari bilan ta’minlanmagan kreditorlik qarzlarini Moliya vazirligining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasiga 2 yil muddatga yiliga 3 foizlik krediti sifatida qayta rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Energetika va zlektrlashtirish vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalik-ta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari va tashkilotlarining debitorlik qarzlarini qishloq xo‘jaligi korxonalarining ulardan kreditorlik qarzlari miqdorida ko‘rsatib o‘tilgan idoralarning korxonalaridan budjetga muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa to‘lovlar hisobiga yopish masalalarini ko‘rib chiqsin va hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Pensiya jamg‘armasi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi korxonalarining budjet, Pensiya jamg‘armasi va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi oldidagi qarzlarini to‘lashni 1997-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra penya qo‘shmasdan 3 yilga kechiktirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi, “O‘zdavsug‘urta” boshqarmasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 1997-yil 1-fevralgacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘urta qoplamasi to‘lovlari va sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha qarzlarni o‘zaro hisob-kitob qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetga muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa to‘lovlarni 1997-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari hisobidan chiqarish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi korxonalariga sug‘urta qoplamalari to‘lanishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi muddatidan ilgari, joriy yilning 1-fevraligacha, 1996-yil hosilidan olingan paxta xomashyosi uchun va joriy yilning 1-apreligacha ushbu davrda paxta tolasi sotishdan tushayotgan mablag‘larni jamlash hisobiga xo‘jaliklar tasarrufida qoladigan paxta tolasi uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan uzil-kesil hisob-kitob qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar sarfi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ Qo‘mitasining yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishi bo‘yicha har oylik hisobot 1997-yil yanvar oyi hisobotidan boshlab joriy etilishini nazarda tutib qishloq xo‘jaligi korxonalari hisob va hisobotining mavjud tizimini qayta ko‘rib chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari bilan birgalikda 1996-yilgi buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli qishloq xo‘jalik korxonalari sonini, zararlarning umumiy summasini, ular hosil bo‘lishining haqiqiy sabablarini ko‘rsatgan holda, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha alohida aniqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi bilan birgalikda moliyaviy ahvolini yaxshilashning iloji bo‘lmaydigan aniq xo‘jaliklarni bankrot deb e’lon qilish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqsinlar va Korxonalarning bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 13-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-son