26.10.2018 yildagi 877-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Vazirlar Mahkamasining ““Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
877-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-oktabrdagi 877-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 78-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish)ga, shu jumladan ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek, aylanma mablag‘larni to‘ldirishga beriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3 — 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga biznesni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish) uchun, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan moliyaviy resurslar doirasida imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga (shu jumladan mikrofirmalarga, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xo‘jaliklariga — 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mikrolizing xizmatlari kichik tadbirkorlik subyektlariga — texnologik uskunalar va texnikalar sotib olish uchun 3 yilgacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 2000 baravarigacha miqdorda ko‘rsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Beriladigan mikrokreditlar va ko‘rsatiladigan mikrolizing xizmatlari bo‘yicha foiz stavkalari “Mikrokreditbank” ATB siyosatiga asosan belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/877/2113-son)