25.10.2018 yildagi PQ-3983-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mineral oʻgʻitlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, kimyo sanoati korxonalarining qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish yuzasidan koʻrilgan choralar ularni moliyaviy sogʻlomlashtirishga va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga imkon berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport hajmini kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, investitsiyaviy jozibadorlikning pastligi va tarmoqni rivojlantirish uchun oʻz mablagʻlarining yetarli emasligi xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish imkonini bermayapti, buning oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotda mineral oʻgʻitlar ulushining yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jahon kimyo sanoati rivojlanishining tendensiyalarini va respublikaning muhim xom ashyo salohiyatini hisobga oluvchi fundamental ilmiy baza va zamonaviy loyiha-injiniring ishlanmalari mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyo tarmogʻini yanada diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, yetakchi xorijiy institutlarni jalb qilgan holda zamonaviy ilmiy va loyiha bazasini yaratish, shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uglevodorod xom ashyosini va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash asosida iqtisodiyot tarmoqlarida va jahon bozorida talab katta boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyo mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabini qondirish va eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo sanoati korxonalarining ustav kapitalida davlat ishtirokini qisqartirish, tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, tarmoq korxonalari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni chuqurlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanni va sohaviy ilmiy tadqiqotlarni faol rivojlantirish, shuningdek, birinchi navbatda, uglevodorod xom ashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga qaratilgan ilgʻor ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-injiniring ishlari va diagnostika tadqiqotlari sifatini oshirish, kimyo va kimyo texnologiyalarning barcha yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2019 — 2030-yillar davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fargʻonaazot” AJ va “Qoʻqon superfosfat zavodi” AJni xorijiy investorlarga sotish maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kengaytirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha 2018-yil 30-dekabrga qadar ushbu jamiyatlarning aktivlarini mustaqil baholashni yakunlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun, keyinchalik “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertiza qilish sharti bilan, kimyo sohasida tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish kompleksini qurish boʻyicha 2019-yil avgust oyiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy tashkilot tomonidan fosforli xom ashyo maydonini baholash (ekspertizadan oʻtkazish) asosida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra, “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kimyo sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish, yangi qayta ishlash quvvatlarni yaratishga qaratilgan yangi investitsiyaviy loyihalar asosan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish hisobiga amalga oshirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda tarmoq korxonalarining investitsiyaviy jozibadorligini va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda energiya tejamkorlikni oshirish boʻyicha ishlar amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 15-apreliga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarning tavsiyalarini hisobga olgan holda, kimyo sanoati tizimini isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shaxsiy javobgarlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripovga — “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini qatʼiy nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanovga — kimyo tarmogʻi obyektlarini oʻz vaqtida ishga tushirish hamda “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradovga — xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari mablagʻlarini jalb etish, hamda salohiyatli investorlarni topish va kimyo tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi A.A. Abdullayevga — jalb etiladigan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirish hamda investitsiyaviy loyihalar doirasida obyektlar qurilishining yakunlanishini taʼminlash va ularning qatʼiy belgilangan muddatlarda loyiha quvvatlariga chiqishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” AJning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoatloyiha” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini nominal qiymatda va “Navoiy KMK” DKning Qizilqum fosforit kombinati mulk kompleksini qoldiq balans qiymatida “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fargʻonaazot” AJning 3-son sanoat maydonchasidagi umumiy maydoni 6,5 ga boʻlgan foydalanilmayotgan obyektlarni (sexlar, obyektlar va ularga tutash hududlari bilan) investitsiya majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan “nol” qiymatida sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan, kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun begʻaraz topshirish yuzasidan patentlangan texnologiyaga ega boʻlgan “ECO TECN GROUP” QK MCHJ bilan investitsiya kelishuvini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yildan boshlab “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlar tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish va ularni Xalqaro audit standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi auditdan oʻtkazish tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilga qadar xalqaro tajribaga asoslanib investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini, moddiy va moliyaviy resurslarni boshqarish boʻyicha axborot tizimlarini, samaradorlikni oshirish koʻrsatkichlarini qoʻllagan holda xodimlar mehnatini ragʻbatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga va qayta moliyalovchi tijorat banklariga kimyo sanoatida yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash maqsadida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi xoʻjalik jamiyatlariga kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash uchun kreditlar Jamgʻarma tomonidan shartnomada belgilangan, biroq 5 mln. AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar bilan hamkorlikda moliyalashtiriladigan yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash uchun Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan kredit miqdori 10 mln. AQSH dollari ekvivalentigacha koʻpaytirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini ajratishga tarmoq ilmiy-texnika kengashi bilan kelishilgan texnik vazifa, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha oldi hujjatlarni tayyorlash va tadqiqot ishlarini bajarish boʻyicha tuzilgan shartnoma asos boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandga asosan Jamgʻarma kreditlarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma kreditlari xizmat koʻrsatuvchi banklar orqali qayta moliyalashtiriladi va qayta moliyalovchi bankning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasi qoʻshilgan holda, loyihani ishga tushirish davriga qadar, jumladan, 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda umumiy yillik foiz stavkasi 2,25 foiz miqdorida 5 yil muddatga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar va ular boʻyicha barcha xarajatlar texnik-iqtisodiy asos tasdiqlanishi jarayonida loyihalar qiymatiga kiritiladi va ularning qaytarilishi loyihalar amalga oshirilganidan keyin, obyektlar ishga tushirilganidan soʻng olingan daromadlar va loyiha hujjatlarini investorlarga sotishdan tushgan Jamgʻarma mablagʻlari hamda qarz oluvchining umumxoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar yoki “Oʻzkimyosanoat” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining Koreya kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda “Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti” MCHJ va “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ negizida — Ilmiy tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markaz faoliyatini tashkil qilish uchun EDCF (Koreya Respublikasi) liniyasi boʻyicha Eksimbankning 50 mln. AQSH dollari miqdorida kredit va grant mablagʻlarini jalb etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha 2019 — 2021-yillar yakunlariga koʻra hisoblanadigan dividendlar investitsiyaviy loyihalarini moliyalashtirish, shu jumladan, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etilgan kredit va qarzlarni toʻlashga yoʻnaltirish sharti bilan kapitalizatsiya qilinsin (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan 30 foiz miqdoridagi dividendlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Jamgʻarma, tijorat banklari va “Oʻzkimyosanoat” AJning “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarning Jamgʻarma va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari boʻyicha majburiyatlarini 2-ilovaga muvofiq restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarining majburiyatlari boʻyicha oldin berilgan davlat kafolatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzkimyosanoat” AJ bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 25-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3983-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Loyiha
qiymati va moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalari

1.

“Samarqandkimyo” AJ negizida ammiak, karbamid, sulfat ammoniy

va melamin ishlab chiqarish

450 mln AQSH doll.

1. Loyiha boʻyicha marketing tadqiqotlarini oʻtkazish.


2. Litsenziarlarni tanlash va baholash.



3. “Samarqandkimyo” AJning texnik auditini oʻtkazish.

4. Loyihaning optimal konfiguratsiyasini tanlash.


5. Loyiha doirasida bazaviy loyihalashtirish (FEED) va TIAni ishlab chiqish.


6. YERS kontraktini tayyorlash va imzolash (tadqiqot ishlari va qurilish).



7. Dastlabki qurilish ishlarini amalga oshirish.



8. Loyiha uchun moliyalashtirishni izlash va jalb qilish.



9. Asosiy qurilish ishlarini amalga oshirish.

2019-yil aprel


2019-yil
aprel — iyun


2019-yil iyul

2019-yil iyul


2019-yil avgust —
2020-yil may


2019-yil dekabr —
2020-yil mart


2019-yil dekabr —
2020-yil mart


2019-yil avgust —
2020-yil avgust


2020-yil mart —

2023-yil fevral

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(Temirov)

2.

“Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish

216,6 mln AQSH doll.

1. Texnologik uskunalarni xarid qilish va yetkazish.


2. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.


3. Tayyorgarlik va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.


4. Oʻrnatilgan tartibda obyektni foydalanishga qabul qilish boʻyicha ishchi komissiya dalolatnomasini rasmiylashtirish.

2019-yil sentabr


2019-yil oktabr


2019-yil dekabr


2020-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ (Sharipov)

3.

“Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish

985,7 mln AQSH doll.

1. Texnologik uskunalarni xarid qilish va yetkazish.


2. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.


3. Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, ishlab chiqarishni boshlashni taʼminlash.


4. Oʻrnatilgan tartibda obyektni ishga qabul qilish boʻyicha ishchi komissiya dalolatnomasini rasmiylashtirish.

2019-yil avgust


2020-yil may


2020-yil sentabr



2020-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ (Sharipov)

4.

“Ammofos-Maksam” AJda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish — I bosqich

9,7 mln AQSH doll.

1. Texnologik uskunalarni xarid qilish va yetkazish.


2. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.


3. Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish va ishlab chiqarishni boshlashni taʼminlash.

2019-yil iyul


2019-yil avgust


2019-yil sentabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),
“Ammofos-Maksam” AJ (Ibragimov)

5.

“Dehqonobod kaliy zavodi” MCHJda kaliy sulfati
va kaliy tuzlarining boshqa turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

61 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.


2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr


2020-yil yanvar

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Dehqonobod kaliy zavodi” MCHJ (Shermatov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

6.

“Dehqonobod kaliy zavodi” MCHJda granulalangan xlorli kaliy ishlab chiqarishni tashkil etish

15 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.


2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr


2020-yil yanvar

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Dehqonobod kaliy zavodi” MCHJ (Shermatov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

7.

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish

600 mln AQSH doll.

(manbalar aniqlanmoqda)

1. Dastlabki loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.


2. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash va keyinchalik oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish sharti bilan bosh pudratchi bilan shartnoma tuzish orqali loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

3. Moliyalashtirishni ochish.



4. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil iyul


2019-yil noyabr




2019-yil

dekabr


2022-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Asakabank (Saydullayev),

“OʻzInjiniring” RLI

(Urazayev)

8.

Navoiy viloyatida fosforli oʻgʻitlar, oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish, fosforit xom ashyosini qayta ishlash

950 mln AQSH doll.

1. Qoʻshimcha geologik tadqiqotlar oʻtkazish va xalqaro tashkilot tomonidan fosfor xom ashyosi maydonini baholash (ekspertiza) asosida loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish orqali texnologiya litsenziarlarini aniqlash.


2. Fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan qazib olish va qayta ishlash majmualarining dastlabki loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.


3. Qayta ishlash majmuasi va fosforli oʻgʻitlarni ishlab chiqarish boʻyicha tegishli kelishuvlarga erishilgan holda potensial xorijiy investor yoki kreditorni izlab topish.


4. Moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


5. Bosh pudratchini aniqlash va shartnoma tuzish hamda uni oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.


6. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


7. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil oktabr





2020-yil aprel



2020-yil iyul




2020-yil oktabr



2021-yil yanvar

2021-yil fevral


2024-yil iyul

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), Davlat geologiya qoʻmitasi (Islamov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Navoiy viloyati hokimiyati (Tursunov),

“OʻzInjiniring” RLI

(Urazayev)

9.

“Fargʻonaazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish

91 mln AQSH doll.

1. Potensial investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


2. Bosh pudratchini aniqlash va u bilan shartnoma tuzish hamda oʻrnatilgan tartibda uni ekspertizadan oʻtkazish.


3. Moliyalashtirishni ochish.


4. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil dekabr




2020-yil mart



2020-yil may


2023-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Fargʻonaazot” AJ (Salijanov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

“OʻzInjiniring” RLI

(Urazayev)

10.

“Fargʻonaazot” AJda ammiakli selitra ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va konsentratsiya qilinmagan azot kislotasi ishlab chiqarishni kengaytirish

45 mln AQSH doll.

1. Potensial investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


2. Bosh pudratchini aniqlash va u bilan shartnoma tuzish hamda oʻrnatilgan tartibda uni ekspertizadan oʻtkazish.


3. Moliyalashtirishni ochish.


4. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil dekabr




2020-yil mart



2020-yil may


2023-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Fargʻonaazot” AJ (Salijanov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

“OʻzInjiniring” RLI

(Urazayev)

11.

“Ammofos-Maksam” AJda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish II bosqich

70 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini texnologiya litsenziarlari bilan ishlab chiqish
va loyihani amalga oshirish shartlarini “Ammofos-Maksam” AJning xorijiy hamtaʼsischisi “Maksam” (Ispaniya) kompaniyasi bilan kelishish.


2. Moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


3. Bosh pudratchini aniqlash va u bilan shartnoma tuzish hamda oʻrnatilgan tartibda uni ekspertizadan oʻtkazish.


4. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


5. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil oktabr




2020-yil mart



2020-yil iyun



2020-yil iyul


2022-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Ammofos-Maksam” AJ (Ibragimov)

12.

“Qoʻqon superfosfat zavodi” AJda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

70 mln AQSH doll.

1. Loyihaning TIAsini ishlab chiqish.


2. Loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini boshlash.


3. Birinchi bosqichni foydalanishga topshirish (175,0 ming tn. sof vazndagi superfosfat).


4. Ikkinchi bosqichni foydalanishga topshirish (350,0 ming tn. sof vazndagi superfosfat).


5. Jamiyatning rivojlanish konsepsiyasini tayerlash va II bosqich doirasida investitsiya majburiyatlarini jalb qilish.

2019-yil iyul


2019-yil iyul



2020-yil iyul



2021-yil yanvar



2021-yil dekabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Joʻrayev),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(Umurzakov), Fargʻona viloyati hokimiyati (Ganiyev),

xorijiy investor

II. Polimer mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalari

13.

“Navoiyazot” AJda polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish

500,1 mln AQSH doll.

1. Montaj ishlarining mexanik qismini yakunlash.


2. Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.


3. Obyektni foydalanishga topshirish.


4. Oʻrnatilgan tartibda obyektni foydalanishga qabul qilish boʻyicha ishchi komissiya dalolatnomasini rasmiylashtirish.

2019-yil iyul


2019-yil avgust


2019-yil sentabr


2019-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ (Sharipov)

14.

“Jizzax” EIZda BOPP plenka ishlab chiqarishni tashkil etish

40 mln AQSH doll.

1. Qoʻshma korxonani tashkil etish.


2. Loyihaning biznes rejasini ishlab chiqish.


3. Bosh pudratchini aniqlash va u bilan shartnoma tuzish.


4. Loyihaning Oʻzbekiston tomoni ulushini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat bankining kreditini jalb qilish.


5. Moliyalashtirishni ochish.


6. Qurilish-montaj ishlarini boshlash.


7. Obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil avgust


2019-yil dekabr


2020-yil mart


2020-yil may



2020-yil iyun


2020-yil avgust


2021-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Jizzax plastmassa” AJ (Turakulov), “OʻzSQB” ATB (Voitov),

Jizzax viloyati hokimiyati (Soliyev),
“Jizzax” EIZ direksiyasi

(Zoirov)

15.

“Oʻzbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda

PET, sintetik kauchuk, kimyoviy tolalar, polistirol, polimerlar va boshqa neft-kimyo mahsulotlarini kelgusida ishlab chiqarish maqsadida MTO texnologiyasi boʻyicha 2 mlrd m3 gazni qayta ishlab, olefinlar ishlab chiqarish

6 500 mln AQSH doll.

1. “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJ mutaxassislaridan iborat qoʻshma ishchi guruh tuzish.


2. 2019-yil may oyida Toshkentdagi xalqaro neft-gaz konferensiyasida loyihaning potensial ishtirokchilari, litsenziarlar, investorlar, konsultantlar bilan biznes forum oʻtkazgan holda, loyiha konsepsiyasini aniqlash.


3. Bozorni oʻrganish natijasida texnologik konfiguratsiyani ishlab chiqish va mahsulot turi boʻyicha quvvatlarni aniqlash.


4. Yiriklashtirilgan moliyaviy-iqtisodiy modelni ishlab chiqish.

2019-yil aprel



2019-yil may





2019-yil sentabr



2019-yil noyabr

Energetika vazirligi

(Sultanov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xodjayev),

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov)

III. Respublika iqtisodiyot sohalari uchun kimyo mahsulotlarining mavjud turlarini kengaytirish va yangi turlarini yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari

16.

Navoiy viloyatida ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish

10 mln AQSH doll.

1. Ishlab chiqarish texnologiyasini aniqlash va biznes rejani ishlab chiqish.


2. Bosh pudratchini aniqlash.


3. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash, moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


4. Obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil sentabr


2019-yil noyabr


2020-yil yanvar



2022-yil avgust

“Navoiyazot” AJ

(Sharipov),

Davlat geologiya qoʻmitasi (Islamov),
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov)

17.

Kaprolaktam ishlab chiqarishda kimyoviy chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni tashkil etish

3 mln AQSH doll.

1. Kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilarini “ECO TECN GROUP” QK MCHJga begʻaraz oʻtkazish shartlari:

chiqindi poligoni hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga moʻljallagan mini zavod qurish uchun tegishli ruxsatnoma olish;

chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashda xavfsizlikni taʼminlash uchun mini zavodni qonunchilikda oʻrnatilgan barcha talab va normalarga rioya qilgan holda, investorning 3 mln AQSH dollaridan kam boʻlmagan oʻz mablagʻlari hisobiga qurish;

chiqindi poligonini kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilaridan butunlay tozalash va kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalangan chiqindi poligonini “Maksam-Chirchiq” AJ balansiga keyinchalik foydalanish uchun qaytarish;

70 tadan kam boʻlmagan yangi ish oʻrinlarini yaratish;

investor tomonidan tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari va atrof-muhitni saqlash choralarini koʻrish, shuningdek, ekologiyaga turli zararlar yetkazilishi xavfining javobgarligini oʻz mablagʻlari hisobiga qoplash majburiyatini qabul qilish.

2. Kichik zavod qurish uchun Toshkent viloyati Parkent tumanida umumiy maydoni 9,21 ga boʻlgan yer uchastkasini ajratish.

2019-yil aprel

















2019-yil may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Joʻrayev),

“Maksam-Chirchiq” AJ (Saydaxmedov),
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Toshkent viloyati hokimiyati (Ibragimov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

18.

“Navoiyazot” AJ negizida ammoniy rodaniti va natriy polisulfidi asosida tiomochevina ishlab chiqarishni tashkil etish

50 mln AQSH doll.

1. Loyihaning TIAsini ishlab chiqish.


2. Loyihaning TIAsini ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


3. Qoʻshma korxonani tashkil etish.


4. Loyihaning moliyalashtirish, shu jumladan Oʻzbekiston tomoni ulushini birgalikda moliyalashtirish uchun manbalarni aniqlash.


5. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


6. Obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil sentabr


2019-yil noyabr


2020-yil yanvar


2020-yil mart



2020-yil iyun


2022-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ

(Sharipov),

“OʻzInjiniring” RLI (Urazayev),

Oʻzsanoatqurilishbank (Voitov)

19.

“Jizzax plastmassa” AJda kimyoviy qoʻshilmalar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish

1,6 mln AQSH doll.

1. Kimyoviy qoʻshilmalarni chiqarishga doir texnologik uskunalarni joylashtirish uchun ishlab chiqarish maydonini tayyorlash.

2. Kimyoviy qoʻshilmalarni chiqarishga doir uskunalarni tayyorlash, yetkazish va oʻrnatish.


3. Kimyoviy qoʻshilmalarni chiqarishga doir obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil iyun


2019-yil oktabr



2019-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Jizzax plastmassa” AJ (Turakulov)

20.

“Navoiyazot” AJda quruq sian tuzlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

30 mln AQSH doll.

1. Loyihaning TIAsini ishlab chiqish.


2. Loyihaning TIAsini ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


3. Qoʻshma korxonani tashkil etish.


4. Loyihaning moliyalashtirish, shu jumladan Oʻzbekiston tomoni ulushini birgalikda moliyalashtirish uchun manbalarni aniqlash.


5. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


6. Obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil sentabr


2019-yil noyabr


2020-yil yanvar


2020-yil aprel


2020-yil iyun



2023-yil iyul

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ

(Sharipov),

“OʻzInjiniring” RLI (Urazayev),

Oʻzsanoatqurilishbank (Voitov)

21.

Navoiy viloyatida oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

5 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

22.

“Angren” EIZda yengil, yuk va avtobus shinalari, konveyer lentalari, shuningdek, boshqa rezina mahsulotlarini ishlab chiqarish
(II bosqich)

200 mln AQSH doll.

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish, loyihaning dastlabki loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlarini izlab topish hamda tegishli kelishuvlarga erishish.


3. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil dekabr


2020-yil mart



2020-yil may

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ (Tillayev),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

“Oʻzkimyosanoat-loyiha” AJ (Abdullayev)

23.

LAB asosida sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

58,6 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

24.

“Angren” EIZ hududida toʻqimachilik kordlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

20 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Toshkent viloyati hokimiyati (Ibragimov)

25.

“Angren” EIZ hududida texnik uglerod ishlab chiqarishni tashkil etish

100 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Toshkent viloyati hokimiyati (Ibragimov)

26.

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJda mavjud kalsinatsiyalangan soda ishlb chiqarishni kengaytirish
va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

180 mln AQSH doll.

1. Xorijiy investor bilan birgalikda loyihani amalga oshirish tarmoq jadvalini kelishish va tasdiqlash.

2. Investor va moliya institutlari bilan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shartlarini ishlab chiqish.

2019-yil avgust


2019-yil dekabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),
Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

27.

PVX ishlab chiqarish uchun kaustik soda
va xlor ishlab chiqarishni tashkil qilish

213 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

28.

Vodorod peroksidini ishlab chiqarish

25 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

29.

“Navoiyazot” AJ metanol negizida keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

435 mln AQSH doll.

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish, loyihaning dastlabki loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlarini izlab topish hamda tegishli kelishuvlarga erishish.

3. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr


2019-yil dekabr


2020-yil fevral

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

“Oʻzkimyosanoat-loyiha” AJ (Abdullayev)

30.

“Fargʻonaazot” AJ negizida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi turdagi kam tonnali kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

12,2 mln AQSH doll.

1. Quvvatlarni oshirish va yangi turdagi kam tonnali kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha biznes reja ishlab chiqish.

2. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

3. Uskunalarni xarid qilish va qurilish-montaj ishlarini bajarish.

4. Loyihani bosqichma-bosqich foydalanishga topshirish.

2019-yil iyun


2019-yil dekabr

2020-yil dekabr

2021-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Fargʻonaazot” AJ (Salijanov)

31.

Katalizatorlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

125 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati — 12 073,0 mln AQSH doll.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur “Yoʻl xaritasi”dagi tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va muddatlariga investorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyihalarning parametrlariga loyihalar DTIA/TIAsi ishlab chiqilishi asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ investitsiyaviy loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan, yakuniy toʻlov muddatlari uzaytirilmagan holda qayta moliyalovchi banklarning majburiyatlari restrukturizatsiya qilinadigan kreditlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

mln. AQSH dollari

T/r

Investitsiyaviy loyihalarning nomi

Jami kredit summasi,
jumladan

Asosiy qarz summasi *

rasmiylash-tirilgan kredit summasi

ajratilgan kredit summasi

jami

jumladan

2019-y.

2020-y.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

1.

Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodini qurish (I bosqich)

61,7

61,7

26,0

13,0

13,0

2.

Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)

128,1

106,4

64,0

32,0

32,0

3.

“Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish

75,5

75,5

20,6

10,3

10,3

“Asaka” ATB

4.

“Navoiyazot” AJda polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish

69,1

69,1

18,6

9,3

9,3

5.

“Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish

320,0

336,9

32,2

-

32,2

6.

“Angren” EIZda konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish

27,6

25,5

8,5

4,25

4,25

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

7.

Ammiak selitrasi va azot kislotasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishini yakunlash (“Fargʻonaazot” AJ 2001-yil 3-iyuldagi raqamsiz kredit shartnomasi)

56,6

56,6

26,06

13,03

13,03

JAMI

738,6

731,7

195,96

81,88

114,08

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: foizlarni kechiktirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3236-son qarorining 4-ilovasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3900-son qarorining ilovasidagi 30-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalarida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 110-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻzkimyosanoat” AJ boʻlimi quyidagi mazmundagi 161 va 162 pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

161.

Turli lak-boʻyoq mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2021-yil 4-chorak

10 ming tonna

4,0

3,0

1,0

OʻzSQB

30

“Navoiy” EIZ

162.

BOPP plenkasi ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2022-yil 4-chorak

20 ming tonna

40,0

24,0

6,0

10,0

OʻzSQB

50

“Jizzax” EIZ

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning 17, 18, 19 va 20-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” investitsiyaviy loyihasi doirasida togʻ-kon majmuasi qurilishini yakunlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-avgustdagi 576-son qarorning 4-bandi uchinchi xatboshidagi va 6-bandidagi “2018-yil 1-sentabr” soʻzlari “2020-yil 1-yanvar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 07/18/3983/2106-son; 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)