O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-sentabrdagi PQ-3948-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-sonli qaroriga asosan 1-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 26-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 09/25/738/1087-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-oktabr,
862-son
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-sonli qaroriga asosan 1-ilovaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 26-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 09/25/738/1087-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-oktabrdagi 862-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016, 10-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning 3-bandiga quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
“dorivor angro-mahsulot — yirik qadoqda ishlab chiqariladigan va sotiladigan, shuningdek, keyinchalik tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish (tayyorlash) uchun ishlatiladigan dori vositasi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ijtimoiy dorixonalar tomonidan ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, xarid qilish narxi yoki ulgurji narxning 10 foizidan ortiq bo‘lmagan cheklangan savdo ustamasi ko‘llanilgan holda chakana sotiladi”;
b) 24-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ijtimoiy dorixonalar Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan ro‘yxatini davlat va rus tillarida 12 shrift o‘lchamidan kam bo‘lmagan o‘lchamda ko‘rinadigan joyga osib qo‘yishlari shart”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-sonli qaroriga asosan 4-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 26-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 09/25/738/1087-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi 993-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 291-modda):
a) 4-ilovada:
8-bandning yettinchi xatboshidagi “shuningdek, ularga qat’iy narxlarni belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
9-bandning “e” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “shuningdek, ularga qat’iy narxlarni belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlarning qat’iy narxlarini belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga takliflar kiritadi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 5-ilova 6-bandining “e” kichik bandida:
“shuningdek, ularga qat’iy narxlarni belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 09/22/153/0266-son, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 25.11.2025-y., 09/25/738/1087-son)