22.10.2018 yildagi 846-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farg‘ona viloyatida tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-amaliy salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farg‘ona viloyatida tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tomorqa yer uchastkalarini uyma-uy yurib o‘rganish natijalariga ko‘ra, meva-sabzavot va bog‘dorchilik-dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning innovatsion shakllari va texnologiyalarini o‘zlashtirish, xususan, yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, pakana va yarim pakana mevali daraxtlarning yuqori hosil beradigan navlarini ekish, yiliga 2-3 marotaba hosil olish imkoniyatini beruvchi agrotexnologiyalardan foydalanish, shuningdek, parranda, baliq, quyon, asalari va mayda shoxli mollarni intensiv usulda ko‘paytirish orqali tomorqa yer egalarining daromadini oshirish uchun mavjud ulkan salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2018-2019-yillarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi tomorqa yer egalariga imtiyozli kreditlar berish uchun Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan maqsadli mablag‘lar ajratishning prognoz ko‘rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farg‘ona viloyati hokimligi va tegishli hududlardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda imtiyozli kreditlarni mahallalar kesimida berish uchun manzilli dasturlarning shakllantirilishini va tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq tijorat banklari orqali keyinchalik imtiyozli kreditlar berish uchun mablag‘lar ajratilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda manzilli dasturlarni mahallalar kesimida tasdiqlagan holda, ikki oy muddatda mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozli kreditlar berish amaliyotini Farg‘ona viloyatining barcha tumanlarida joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston fermerlari kengashi, Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Farg‘ona viloyati Quva tumanida 395 gektar yer maydonida joylashgan Farg‘ona ilmiy-amaliy stansiyasi mulkini mavjud ekinzorlar bilan birga (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) O‘zbekiston fermerlari kengashi kengashiga bepul foydalanish huquqi bilan berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston fermerlari kengashi va Farg‘ona viloyati hokimligi ushbu bandning birinchi xatboshida qayd etilgan obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirish va qabul qilishni ta’minlasin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston fermerlari kengashining:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mevali ekinlar va uzumning duplet kolleksiyalari hamda onalik bog‘larini saqlab qolish va kengaytirishni ta’minlagan holda, berilayotgan mulk negizida Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2025-yillar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan Markaz ustav jamg‘armasini to‘ldirish uchun 8 mlrd. so‘m yo‘naltirish hamda ushbu mablag‘lardan innovatsion texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish, intensiv bog‘larni ko‘paytirish va tegishli infratuzilmani rekonstruksiya qilish uchun maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” MChJning ustav kapitalidagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ulushi nominal (balans) qiymatida Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning Kengashga yo‘naltiriladigan 30 foiz qismi hisobidan Kengashga rasmiylashtirib beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz va jahon ilm-fani hamda amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan to‘liq foydalanishni hisobga olgan holda ko‘chatchilik, urug‘chilik va naslchilikni ko‘paytirish, tomchilatib sug‘orishni joriy qilish, muqobil energiyadan foydalanish, tomorqa yerlarida baliq boqish uchun hovuzlar tashkil etish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish va kengaytirishga, ular tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini keyinchalik sotish, jumladan eksport qilishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomorqa yer egalarini sifatli urug‘lar va ko‘chatlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer, dehqon xo‘jaliklari ishchilari, tomorqa yer egalari va qishloq xo‘jaligi sohasining boshqa mutaxassislarini, zarur bo‘lganda, qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni taklif etgan holda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun malaka oshirish va amaliyot o‘tashni tashkil etishga, shuningdek, qishloq joylarda qishloq turizmi va dam olish turlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalarini hosildorligi yaxshilangan va moslashtirilgan limon, pakana va yarim pakana mevali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha “in vitro” laboratoriyasini tashkil etish, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalariga konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ta’sis hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni malakali mutaxassislar bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi, “Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasi, “O‘zparrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasiga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun Markaz hududida namunali issiqxonalar, laboratoriyalar, hovuzlar va boshqa ishlab chiqarish maydonchalarini tashkil etish tavsiya etilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2020-y., 09/20/289/0601-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida Markazga qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif etish va ularga viza berish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b. A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
846-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 846-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019-yillarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi tomorqa yer egalariga kredit berish uchun Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘ ajratishning prognoz parametrlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(mln.sum)

Oltiariq tumanidagi mahallalar soni

Jami

Shundan:

Jumladan yo‘nalishlar bo‘yicha:

yengil konstruksiyalardan foydalangan holda issiqxonalar qurish uchun

tok, yarimpakana (pakana) mevali daraxtlar ekish uchun

parranda, quyon, asalari, baliq, mayda chorva mollarini va boshqa hayvonlarni boqish uchun

2018 y.

2019 y.

2018 y.

2019 y.

2018 y.

2019 y.

2018 y.

2019 y.

22

2 375,6

950,2

1 425,4

360,0

540,0

105,8

158,8

484,4

726,6

21

1 825,3

730,1

1 095,2

442,0

663,0

54,3

81,5

233,8

350,7

19

1 441,4

576,6

864,8

380,0

570,0

14,6

21,8

182,0

273,0

10

1 860,6

744,2

1 116,4

434,0

651,0

94,6

142,0

215,6

323,4

72

7 502,9

3 001,2

4 501,7

1 616,0

2 424,0

269,4

404,0

1 115,8

1 673,7

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu prognoz parametrlarga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan kelishgan holda o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/846/2082-son; 19.05.2020-y., 09/20/289/0601-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)