O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-oktabr,
840-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 840-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil., 41-son, 506-modda) bilan tasdiqlangan “Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi” nizom 29-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiya majburiyatlari miqdori bo‘yicha ham va ijtimoiy majburiyatlar bo‘yicha ham ikkita va undan ko‘p tanlov takliflari teng bo‘lgan taqdirda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq, alohida toifaga kiritilgan tadbirkorlik subyekti ustun huquqqa ega bo‘ladi, u bo‘lmagan taqdirda esa — taklifini oldin hududiy tanlov komissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazgan qatnashchi g‘olib deb e’tirof etiladi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)