Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.1998 09.03.1992 yildagi 111-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON SSJ PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON SSJ HUDUDIDA OV QILISh VA OVChILIK-BALIQ OVLASh XO‘JALIGINI YuRITISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 1991-YIL 10-APRELDAGI 95-SON QARORIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 136-sonli “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-apreldagi 95-son qaroriga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror nomidagi va matnidagi “O‘zbekiston SSJ” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomning 1 va 3-ilovalari yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, baliq ovlashga litsenziya uchun mazkur qaror bilan joriy etilayotgan to‘lov (1-ilova) “O‘zbaliq” konsernining baliq zaxiralarini tiklash va baliq ovlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalariga taalluqli emas.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-iyundagi 270-sonli qarori bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 9-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIYMATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yoshi va jinsidan qat’i nazar, yovvoyi hayvonlarni ovlashning narxlari (bir bosh hayvon uchun so‘m hisobida)‎‎

Sport ovi‎ tayyorlov maqsadlari uchun‎ Ilmiy va boshqa maqsadlar uchun‎

SUT EMIZUVChILAR

Shu jumladan:
a) Qizil kitobga kiritilgan turlar
yo‘qolib borayotganlari
Gepard, old Osiyo qoploni, targ‘il sirtlon, burama shohli echki, Ustyurt qo‘chqori yoki arkal, Tyanshan qo‘chqori yoki arxar, Qizilqum qo‘chqori yoki Seversov qo‘chqori, tojik yoki Buxoro qo‘chqori

2000
kamyob hayvonlar
Qor qoploni, qoraquloq, Buxoro bug‘usi, qulon, jayron, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, asalxo‘r, O‘rta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, manul 1000
Menzbir sug‘uri, olako‘zan 500
b) ovlanadigan va boshqa turlar
Tog‘ suvsari, qorako‘zan 500 150 30
To‘ng‘iz, Sibir tog‘ echkisi, kosulya 300 200 30
Oqquyruq (sayg‘oq) 50 30
Tulki, qorsoq, qizil sug‘ur, sassiqko‘zan, oqsuvsar 100 50 30
Bo‘rsiq, yovvoyi mushuklar, ariq sichqoni, chiyabo‘ri, jayra 50 15 10
Ondatra 30 30
Tolay tovushqon 15 10 5
Tipratikan, yumronqoziq, qo‘shoyoqlar, ko‘rshapalak, xavfli kasalliklarni tarqatadigan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalaridan tashqari boshqa sut emizuvchilar 1 1


PARRANDALAR‎

Shu jumladan:
a) qizil kitobga kiritilgan turlar
yo‘qolib borayotgan parrandalar
Shipun oqqushi, kichik yoki tundra oqqushi, yapaloqqush, uzun dumli suv burguti, qumay yoki qor kalxati, sariqbosh lochin yoki shaxin, oqturna, tuvaloq, bezgaldak, oqqorin bulduruq 1000
Qizg‘ish va jingalak patli soqaqushlar, oq va qora laylaklar, tog‘ g‘ozlari, qizil g‘oz, baliqxo‘r qush, sapsan, marmarrang churrak, oq dumli burgut, kichik burgut, cho‘l burguti, o‘limtikxo‘r burgut, burgut, boltayutar, itolg‘i, yo‘rg‘a tuvaloq yoki jek, shumkar, Osiyo loyxo‘ragi, uzunburun baliqchi qush, cho‘l chumchug‘i, qoshiqburun, boshqa turlar 500
b) sport va havaskorlik ovi uchun taqiqlangan turlar‎
Qoravoy, qarg‘a, qora kalxat, oqboshli qo‘moy, jo‘rchi, turna, ukki 30
Boshqa yirtqich qushlar 10
v) ovlanadigan va boshqa turlar
Qirg‘ovul 25 10 3
G‘ozlar 5 3 2
O‘rdaklar, churraklar, kakliklar, qashqaldoq, cheregatlar, qarqara, qo‘ng‘irlar, saja, ular 1 1 2
Bedana, qoraqorin bulduruq 0,5 0,5 0,5
Kumushrang oq charloq, qorabosh chag‘alay 1 1
Kaptarlar, qumrilar, baliqchi qush, qamishzor qushi, baqlan 0,2 0,2 0,2
Qorayaloq, chug‘urchiq 0,1 0,5 0,5
Rekshesimon qushlar, kakku, tentakqush 0,5 0,5
Yovvoyi sayroqi qushlar (chumchuqsimonlar, dehqonchumchuq) 5 5
Boshqa parrandalar 0,1 0,1


‎‎SUDRALIB YuRUVChILAR

Shu jumladan:
a) qizil kitobga kiritilgan turlar
Kobra, kulrang echkiemar 1500
Xentaun yumaloqbosh, Shtraux yumaloq bosh ilonlari, Farg‘ona cho‘l kaltakesagi 50
b) zaharli ilonlar
Gyurza, efa, qalqon ilon, qora ilon 1000 1000
v) boshqa sudralib yuruvchilar
Bo‘g‘ma ilon
Zaharsiz ilonlar, sariq ilon, chirqildoq gekkon 15 5
Toshbaqa 5 2
Kaltakesaklar, gekkonlar, agamalar va boshqa turlar 3 0,5


QURUQLIKDA VA SUVDA YaShOVChILAR ‎

Qurbaqalar, baqalar va boshqa turlar 0,5 0,2


‎BALIQ

Baqrabaliq, filmoy, Orol so‘zan balig‘i, chaklik (toshbaqra) 250
Laqqa, Turkiston so‘zan balig‘i 4 1000 20
Issiqko‘l gulmohi balig‘i, pelyad, qalqon baliq 4 2000 10
Qorabaliq, buffalo 2 1000 5
Olabo‘g‘a, karp, tovonbaliq, ilonbosh, leshch, cho‘rtanbaliq 1 1000
Samarqand xramulasi, tarashabaliq, moybaliq, oqko‘z vobla, qizilko‘z baliq, kutum 0,7 800 1
Oqko‘z, qizilqanot 0,5 500 0,5
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan normada baliq ovlash uchun yo‘llanma qiymati — 1 so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi katakda — belgilangan normadan ortiq ushlangan (ammo ko‘pi bilan 5 kg) har 1 kg baliq uchun, shuningdek, ovchilar va baliqchilar jamiyatlarining a’zosi bo‘lmagan baliqchi ushlagan 1 kg (ammo belgilangan normadan ko‘p bo‘lmagan) baliq uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi katakda 1 tonna baliqning narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi katakda 1 ta baliqning narxi ko‘rsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport-xavaskorlik maqsadida, baliq ovlashda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, urush qatnashchilari, urush va mehnat nogironlari haq to‘lashdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


‎‎
‎‎UMURTQASIZLAR

Daryo qisqichbaqasi‎‎ —‎ 3‎ 1‎
Boshqa qisqichbaqasimonlar‎ —‎ 5 (1 kg uchun)‎ —‎
Qizil kitobga kiritilgan turlar, kolleksiya
‎va muzey qimmatiga ega bo‘lgan mahalliy turlar‎

‎—‎

‎—‎

‎25‎
Zaharli umurtqasizlar‎ —‎ 1‎ 1‎
Amalda foydalaniladigan turlar‎ —‎ 0,1‎ 0,05‎
Mumiyo‎ —‎ 0,4‎ (0,001 kg uchun) —‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamlarda va hayvonlarda uchraydigan xavfli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar — qishloq, o‘rmon va ovchilik xo‘jaligi zararkunandalari haq to‘lanmasdan ovlanadi (tegishli tashkilotlar beradigan ro‘yxatga muvofiq).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish yoki iqlimlashtirish maqsadida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni; ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalarning qiymati dastlabki qiymatidan 5 baravar kam bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarni, ularning qismlarini yoki hayoti faoliyati mahsulotlarini eksportga yetkazib berish maqsadida yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma bepul beriladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazorati bilan yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq keyinchalik valyutada hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarning ovlanadigan turlarini ovlash uchun ruxsatnomalar (litsenziyalar) yovvoyi hayvonlar sonini, ovchilik xo‘jaligining yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirishdagi va qo‘riqlashdagi ishtirokini hisobga olgan holda shartnoma narxlarida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (zaharlar va boshqalar), shoxlar, mo‘ynali hayvonlarning terilari respublika tashqarisida Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazoratning ruxsatnomalari bilangina sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pitomniklarda o‘stirilgan hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomalar qiymati ishlab chiqaruvchilar bilan kelishuv bo‘yicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noqonuniy ov qilish va baliq ovlash tufayli yetkazilgan zararni undirib olish miqdorini hisoblash uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QAT’IY NARXLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yoshi, katta-kichikligi, og‘irligi va jinsidan qat’i nazar, har bir jonzot uchun (bosh, teri, shox) undirib olish miqdori, so‘m hisobida

SUT EMIZUVChILAR

Shu jumladan:
a) Qizil kitobga kirgan turlar Qor qoploni, gepard, old Osiyo qoploni, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, targ‘il sirtlon, burama shoxli echki yoki morxo‘r, Ustyurt qo‘chqori yoki arqal, Qizilqum qo‘chqori yoki Seversov qo‘chqori, tojik qo‘chqori, Tyanshan qo‘chqori yoki arxar, Buxoro bug‘usi yoki xongul, jayron 20000
Qoraquloq, Turkiston silovsini, O‘rta Osiyo qunduzi, qulon, manul, asalxo‘r 15000
Menzbir sug‘uri 5000
Olako‘zan, Geptner qo‘shoyog‘i 3000
b) ovlanadigan turlar
To‘ng‘iz, Sibir tog‘ echkisi, kosulya, sayg‘oq (erkagi), tog‘ suvsari, qorako‘zan, qizil sug‘ur 2500
Tulki, ondatra, chiyabo‘ri, sayg‘oq (urg‘ochisi) 1000
Bo‘rsiq, jayra, suv kalamushi, qorsoq, yovvoyi mushuklar, oqsuvsar 700
Sassiqko‘zan, ariq sichqoni, quyon 300
v) boshqa turlar
Ko‘rshapalak, tipratikan 10
Xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi qishloq, o‘rmon va ovchilik xo‘jaligi zararkunandalariga kirmaydigan boshqa sutemizuvchilar 5
Sayroqlar, bug‘ular, echkilar, qo‘chqorlarning shoxlari Tegishli turning bir boshiga muvofiq keladi
Buyumlardagi mo‘yna Mazkur buyumdagi terilar soni bo‘yicha


‎PARRANDALAR

Shu jumladan:
‎a) Qizil kitobga kiritilgan turlar
Shipun oqqushi, kichik yoki tundra oqqushi, yapaloqqush, uzun dumli suv burguti, qumay yoki qor kalxati, oq turna, tuvaloq, bezgaldak, oqqorin bulduruq 5000
Sariqbosh lochin yoki shaxin, sapsan, burgut, itolg‘i 10000
Qizg‘ish va jingalak patli soqaqushlar oq va qora laylaklar, tog‘ g‘ozlari, qizil g‘oz, baliqxo‘r qush, oq dumli burgut, kichik burgut, uzun dumli burgut yoki qirg‘iy, o‘limtikxo‘r burgut, boltayutar, rangdor tuvaloq yoki jek, shumkar, Osiyo loyxo‘ragi, uzunburun baliqchi qush 4000
Marmarrang churrak, qoshiqburun, kazarkalar 2000‎
Cho‘l chumchuqlari 1000
b) sport va havaskorlik ovi uchun taqiqlangan turlar
Turnalar, qoravoy, ukki 2000
Qarqara, saja, haqqush, qoraqorin bulduruq, boshqa yirtqich qushlar, qorabosh chag‘alay 1000‎
Bedana (erkagi), jig‘altoy 5000
v) ovlanadigan turlar
Qirg‘ovul 500
G‘ozlar 400
O‘rdaklar, kaklik, chil kaklik, ular qarg‘alar 250
Qashqaldoq, ko‘lbuqa, cheregatlar, churraklar‎ 100‎
Qumri, kaptarlar, bedana, qamishzor qushi, qo‘ng‘irlar, baliqchi qush‎ 50‎
g) parrandalarning boshqa turlari ‎
Yovvoyi sayroqi qushlar, kolleksiya va muzey qimmatiga ega bo‘lgan turlar‎ 50 yoki xalqaro katalog narxlari bo‘yicha‎
Parrandalarning boshqa turlari ‎ 10‎

‎‎
‎SUDRALIB YuRUVChILAR

Shu jumladan:
‎a) Qizil kitobga kiritilgan turlar ‎
Kobra, kulrang echkiemar ‎ 10000‎
Xentaun yumaloqbosh, Shtraux yumaloqbosh ilonlari, Farg‘ona cho‘l kaltakesagi‎ 2000‎
b) zaharli ilonlar‎
Gyurza, efa‎ 6000‎
Qalqon ilon, qora ilon‎ 5000‎
v) sudralib yuruvchilarning boshqa turlari‎
Bo‘g‘ma ilon‎ 1000‎
Zaharsiz ilonlar‎ 500‎
Toshbaqa‎ 250‎
Chirqildoq gekkon‎ 500‎
Boshqa sudralib yuruvchilar‎ 100‎
Zaharlar va boshqa hayot faoliyati mahsulotlari‎ xalqaro katalogga muvofiq narxlarda‎


‎‎‎QURUQLIKDA VA SUVDA YaShOVChILAR

Qurbaqalar, baqalar va boshqalar‎ 10‎


‎‎‎BALIQLAR

Baqrabaliq, filmoy, Orol so‘zan balig‘i, chaklik (toshbaqra)‎ 2000‎
Laqqa, Turkiston so‘zan balig‘i‎ 500‎
Issiqko‘l gulmohi balig‘i, pelyad, qalqonbaliq‎ 250‎
Zog‘orabaliq, oqqayroq, oq va qora amur, do‘ngpeshana‎ 100‎
Qorabaliq buffalo‎ 50‎
Olabo‘g‘a, karp, tovonbaliq, ilonbosh, leshch, cho‘rtanbaliq‎ 25‎
Samarqand xramulasi, tarasha baliq, moybaliq, vobla, qizilko‘z baliq kutum‎ 15‎
Oqko‘z, qizilqanot va boshqa qimmatga ega bo‘lmagan turlar‎ 10‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik baliq turlarining uvildirig‘ini noqonuniy ravishda tayyorlash tufayli yetkazilgan zarar uchun bu xil baliq uchun (1 kg uchun) undiriladigan pulning uch baravari miqdorida pul undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan zarar Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazorat tasdiqlagan yo‘riqnoma bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

UMURTQASIZ JONIVORLAR‎

Daryo qisqichbaqasi 10‎
Boshqa qisqichbaqasimonlar 50 (1 kg uchun)
Zaharli umurtqasiz jonivorlar 25
Qizil kitobga kiritilgan, O‘zbekiston uchun kamyob turlar hisoblanuvchi umurtqasiz jonivorlar, mahalliy umurtqasizlar 50
Kolleksiya va muzey qimmatiga ega bo‘lgan turlar xalqaro katalogga muvofiq narxlarda
Xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatadigan, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalaridan tashqari, tayyorlash obyektlari bo‘lgan boshqa umurtqasizlar 1
Zaharlar va boshqa hayot faoliyati mahsulotlari 1 g zahar olish uchun
‎zarur bo‘lgan bosh soni hisobidan
Mumiyo 25 (0,001 kg uchun)
Qo‘riqxona, milliy (xalq) bog‘, zakazniklar, tabiiy yodgorliklar, qo‘riqxonalarning qo‘riqlanadigan qismlari hududlarida, maxsus pitomniklarda uyalarni, inlarni, kataklarni buzganlik uchun, xayvonlarni ovlaganlik uchun mazkur tur uchun undiriladigan
‎pulning ‎uch baravari miqdorida
Ovlash taqiqlangan parrandalarning uyasidan olingan har bir tuxum va jo‘ja uchun, ilon yoki echkiemarlarning har bir tuxumi uchun 50
Qizil kitobga kiritilgan turlarning uyasidan olingan har bir tuxum va jo‘ja uchun, shuningdek, noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni uchun mazkur tur uchun undiriladigan
‎ pulning 50 foizi miqdorida
Olingan har bir tuxum va jo‘ja uchun, shuningdek, noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni (yoki tuxum reptiliyasi) uchun 20
Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi to‘qaylarni, yosh nihollarni va ekilgan o‘rmon daraxtlarini, boshqa o‘simliklarni kesganlik va o‘rganlik uchun(1 ga uchun) 1000
Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi qamishlarni yoqqanlik va bo‘sh yerlarni shudgorlaganlik uchun (1 ga uchun) 500
Yovvoyi hayvonlarning yashashiga xos bo‘lmagan sharoitda (muzlikda, suvda va hokazo) falokatga uchraganda (yong‘in, suv toshqini, ozuqa yetishmasligi va boshqalar), shuningdek, yoritish asboblarini qo‘llanib, transport vositalari bilan, motorli qayiqlar va katerlar, samolyotlar hamda vertolyotlar bilan ularni tunda nobud qilganlik uchun mazkur tur uchun undiriladigan
‎pulning uch baravari miqdorida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yovvoyi hayvonlarning maqomi o‘zgargan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazoratga yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun undiriladigan pulning miqdorini aniqlash huquqi beriladi.