O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI YANADA ERKINLAShTIRISh VA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1995 YIL 25 IYuLDAGI 287-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 20-martdagi PF-1410-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga 7-ilovaning 4 va 5-bandlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘zlarining normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar va ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgartirishlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga yetkazsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 20-mart,
110-son
Eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar
| № | Qisqacha nomi | Tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi |
| 4 | Chorva mollari, parranda | 0101—0106 |
| 5 | Go‘sht va qo‘shimcha go‘sht mahsulotlari | 0201—0210 |