ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Normativ bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2014 — 2023-yillarda xalq tabobati sohasi strategiyasida nazarda tutilgan, ushbu tashkilotning tavsiyalari asosida, shuningdek, ushbu yo‘nalishda rivojlangan davlatlar (Xitoy, Koreya, AQSH, Rossiya va boshqalar) tajribasi asosida tayyorlangan va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, jumladan: mahalliy sog‘liqni saqlash tizimida xalq tabobatining rolini oshirish; xalq tabobati usullarini qo‘llagan holda xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; sog‘liqni saqlash tizimining ambulator va statsionar muassasalarida xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan kasalliklarni davolash bo‘yicha maxsus bo‘limlar tashkil etish; xalq tabobati dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar tizimini tashkil etish (rivojlantirish), xalq tabobati sohasida kadrlar tayyorlash; xalq tabobatini yanada ommalashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun sharoit yaratish; xalq tabobatidan keng foydalaniladigan xorijiy mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilish. |
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palata (R. Izamov), TIV (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun nazarda tutilgan tartibda xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan ko‘rsatiladigan xizmat faoliyatini litsenziyalash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-dekabrgacha |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
3. |
Xalq tabobati vositalarini reklama qilish, shuningdek, xalq tabobati usullarini qo‘llash bo‘yicha faoliyatni huquqiy tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga tahliliy ma’lumotnoma kiritish. |
Aniq takliflar bilan tahliliy ma’lumotnoma |
2018-yil 1-dekabrgacha |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Davlat raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov) |
|
4. |
Xalq tabobati usullarini qo‘llagan holda amalga oshiriladigan xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxslarning faoliyatiga baho berish mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat |
2018-yil 1-dekabrgacha |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov) |
|
5. |
O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasi tartibga solinishi munosabati bilan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va kasblar Klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. |
Idoraviy |
2018-yil 1-noyabrgacha |
Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
II. Xalq tabobatini rivojlantirish va ommalashtirishning tashkiliy choralari | ||||
|
6. |
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va boshqa idoralar, shu jumladan tibbiyot muassasalari xodimlarini Xitoy, Koreya, Yaponiya davlatlariga xalq tabobatini rivojlantirish va rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash hamda dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha tajribasini chuqur o‘rganish uchun tanishtiruv safarini tashkil etish masalasini ishlab chiqish. Safar xarajatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi mablag‘lari, grantlar va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. |
Tashkiliy-amaliy |
2018-yil oxirigacha |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) |
|
7. |
Toshkent shahrida chet el ekspertlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa tuzilmalar vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini huquqiy tartibga solish va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish. |
Tashkiliy-amaliy |
2019-yil 1-fevralgacha |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlanlirish borasida Xalq tabobati faoliyatini tartibga solish bo‘yicha malakali tabiblar, professional shifokorlar, xalq tabobati sohasida izlanishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, huquqshunoslar va boshqa kasb egalaridan iborat bo‘lgan Kengashni tashkil etish. |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
2018-yil 20-oktabrgacha |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’limvazirligi (I. Madjidov), |
|
9. |
Xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmatlarini ilgari surish, ular manfaatini himoya qilish maqsadida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida O‘zbekiston Xalq tabobati assotsiatsiyasi (jamiyati)ni tashkil etish masalasini muhokama qilish. |
Tashkiliy amaliy |
2018-yil 15-noyabrgacha |
O‘zNNTMA (I. Nasriyev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palata (R. Izamov) |
|
10. |
Xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan kasalliklarni davolash uchun tavsiya qilinadigan (ishlatiladigan), aniq nomdagi o‘simliklar, ularni parvarish qilish va o‘stirish joyi, o‘simliklardan foydalanish va boshqa zarur ma’lumotlarni o‘zida jamlagan milliy o‘simlik turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish. |
Tashkiliy-amaliy |
I bosqich — 2019-yil 1-yanvargacha II bosqich — 2019-yil 1-maygacha III bosqich — 2019-yil 1-oktabrgacha |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
11. |
Xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan kasalliklarni davolash uchun tavsiya qilinadigan tabiiy va o‘simlik dorivor vositalari, xalq tabobati vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, uni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining veb-saytida joylashtirish. |
Tashkiliy-texnik |
2019-yil 1-martgacha |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
|
12. |
Xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali kasalliklarni davolash va uning targ‘iboti bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi markaziy telekanallarida doimiy asosda tok-shou (ko‘rsatuvlar) o‘tkazishni tashkil etish. |
Tashkiliy-texnik |
muntazam |
MTRK (A. Xadjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
13. |
O‘zbek xalq tabobatining noyob merosi va boy tarixiy an’analarini o‘rganishni aks ettiruvchi elektron ilmiy izlanishlar ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, ushbu ro‘yxatni izlanishlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etish. |
Tashkiliy-texnik |
2018-yil |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK (A. Yusupov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |