11.10.2018 yildagi 819-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmon maydonlarini kengaytirish, mavjud oʻrmon fondi yerlarining holatini yaxshilash, yaylovlardan samarali foydalanish, pista, bodom, yongʻoq plantatsiyalarini barpo etish hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni koʻpaytirish, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etishni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzurida davlat muassasasi shaklidagi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazini (keyingi oʻrinlarda Innovatsiya markazi deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi muassisligida “Oʻrmoninvest” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda “Oʻrmoninvest” DUK deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Innovatsiya markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, oʻrmon barpo etish, oʻrmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va oʻrmon boyliklaridan oqilona foydalanishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzarali, mevali va dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda koʻchatxonalar tashkil etishning innovatsion usullarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi oʻsimlik turlarini introduksiya qilish va mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish boʻyicha tadqiqotlar olib borish va ularni joriy etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi yerlarida shoʻrlanishga va suvsizlikka chidamli oʻsimliklarni yetishtirishning ilmiy asoslangan innovatsion texnologiyasini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tizimli joriy etishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish takliflarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqulay iqlim sharoitiga, zararkunanda va kasalliklarga chidamli oʻrmon oʻsimliklarini introduksiya qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noyob, manzarali, mevali va dorivor oʻsimliklar turlarini jadal koʻpaytirish usullarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan davlatlarning sohaga oid tajribalarini oʻrganish, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni va olimlarni hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy xodimlarning salohiyatini oshirish, ularning chet ellarda muntazam malaka oshirishini tashkil etish va iqtidorli yoshlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ilmiy va oʻquv seminarlar hamda anjumanlar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Oʻrmoninvest” DUKning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaliklarida ishlab chiqarish (mahsulotlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash uchun xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish va eksport potensialini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar imidjini oshirish va xizmatlar brendini yaratish va jahon bozorida ularning raqobatbardoshligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida investorlarni ekoturizm, ov turizmi va oʻrmon xoʻjaligi rekreatsiya zonalarini rivojlantirish uchun jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma korxonalar, savdo uylari, reklama agentliklari, shu jumladan chet elda ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori likvidli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun tuzilmaviy qoʻshma korxonalar uchun zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (tovarlar) va koʻrsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish uchun marketing tadqiqotlari oʻtkazish va isteʼmol bozorini oʻrganish, shu jumladan eksport qilish strategiyasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar (tovarlar) va xizmatlar uchun ichki tizim narxlarining monitoringi va ularning raqobatbardoshligi boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimot va konsepsiyalarni tayyorlash, oʻtkazish, potensial investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, xalqaro fondlar va banklardan investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar va grantlar berish boʻyicha muzokaralar olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsiya markazi hamda “Oʻrmoninvest” DUKning ustavlari tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻrmoninvest” DUKning tuzilmasi, shtatlar jadvalini tasdiqlash, moddiy-texnika bazasini shakllantirish hamda bino va malakali kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni kuchaytirish davlat qoʻmitasi Andijon viloyat hokimligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazini bino va inshootlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Innovatsiya markazi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratiladigan grantlar;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donor davlatlarning grantlari, shuningdek homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar “Oʻrmoninvest” DUK faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki, Innovatsiya markazi xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab Innovatsiya markazi faoliyatini Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar asosida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsiya markazining 2018-yilgi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Innovatsiya markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

talab etiladigan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, zarur mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy vositalar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavsumdan tashqari paytlarda oʻsimliklarni oʻstirish va ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun fitotronlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon tajribasini va boshqa innovatsion gʻoyalarni oʻrmon xoʻjaliklarida joriy qilishni tatbiq etish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Andijon viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda Andijon viloyatining Xoʻjaobod, Buloqboshi, Marhamat, Jalaquduq tumanlarida xandon pista, yongʻoq va eksportbop mahsulotlar yetishtirishga qulay boʻlgan, hozirgi vaqtda samarasiz foydalanilayotgan hamda tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning belgilangan tartibda Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Andijon viloyatidagi chorva mollarini ozuqa bazasi bilan taʼminlash uchun yaylov sifatida foydalanish hamda bosqichma-bosqich dorivor oʻsimliklar yetishtirish maqsadida, Oxangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi hududidan 20 ming gektar yer maydonini Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligiga belgilangan tartibda uzoq muddatli ijara asosida foydalanish uchun ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Andijon viloyati hokimligi viloyatda eksportbop dorivor oʻsimliklarni saqlash va dastlabki qayta ishlashni tashkil qilish maqsadida Andijon viloyati Xonobod shahar hokimligining Xonobod shahrida joylashgan sobiq mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna korxonasi binosini tekin foydalanish huquqi asosida Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligiga bir oy muddatda oʻtkazib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligining Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh hududida Davlat chegarasi chizigʻidan 100 metr mintaqadan soʻng oʻrmonzorlar va davlat chegarasi boʻylab yongʻinga qarshi mintaqa barpo etsin hamda uni doimiy ish holatida saqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, tarmoqqa oid ilmiy ishlar, innovatsiya loyihalari va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ixtirolar, ilmiy ishlar yaratishni ragʻbatlantirish Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2025-yilga qadar oʻrmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasiga “Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi” blokidan soʻng “Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazi” bloki qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
819-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 819-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 9 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlar qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida jalb etiladi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 09/18/819/2034-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)