Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2023 29.06.2018 yildagi 1808-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 29.06.2018 yildagi 1808-III-son
Kuchga kirish sanasi
29.06.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-maydagi 3128-IV-son va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 2-maydagi KQ-494-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 6-bandida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy darajaga ega va ilgʻor xorijiy mamlakatlarda tahsil olgan yuqori malakali mutaxassislardan iborat kadrlar tarkibini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shunga oʻxshash xorijiy institutlar hamda markazlar bilan hamkorlik oʻrnatish va uni rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Institutning yangilangan tuzilmasi hamda xodimlarning cheklangan umumiy soni 40 nafardan iborat boʻlgan shtatlar jadvali, shuningdek Yagona tarif setkasi boʻyicha ularning mehnatiga haq toʻlashning yangilangan razryadlari 1, 2, 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Hujjat ilovalari berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 29-dekabrda qabul qilingan 1399-III/KQ-283-III-sonli qoʻshma qaroriga 2, 3, 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 29-dekabrda qabul qilingan 1399-III/KQ-283-III-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vazifalardan tashqari quyidagilar ham Institutning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan budjetnomani koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining hamda soliq va budjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik muammolari, qabul qilinayotgan qonunlar va huquqni qoʻllash amaliyotining samaradorligi masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini va tashabbuslarini “Mening fikrim” veb-portali orqali oʻrganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Institut ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari deputatlari, senatorlari, qoʻmitalari va komissiyalari soʻrovlariga koʻra Institut tomonidan tayyorlanadigan axborot-tahliliy hamda boshqa materiallarning shakllarini, shuningdek ularning sifatini baholash tartibotini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonun ijodkorligi jarayonida keng jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash maqsadida Institut oʻz boʻlimlari qoshidagi ilmiy-ekspertlik kengashlari tarkibiga yetuk olimlarni, amaliyotchilarni, tadbirkorlik subyektlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini kiritib, ushbu kengashlarning ishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut qoshida yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, qonun ijodkorligi sohasida hamda parlament faoliyatining boshqa jabhalarida bilim va koʻnikmalar olishga intiluvchi yoshlarni birlashtirishga qaratilgan “Yosh qonunshunoslar klubi” tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari Institutning “Yosh qonunshunoslar klubi” samarali faoliyat koʻrsatishiga har tomonlama koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Institut xorijiy parlamentlar ishi tajribasini oʻrganish, bu tajribaning samarali shakllari va uslublarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, deputatlar va senatorlar faoliyatida qoʻllash maqsadida xorijiy mamlakatlar parlamentlari hamda xalqaro parlament tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisida haftalik tahliliy sharh tayyorlanishi va chiqarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Institut bilan birgalikda bir oy muddatda Institutning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning tadqiqot muassasalari bilan hamkorligini oʻrnatish borasida “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin va bunda amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha aniq muddatlar hamda masʼul ijrochilarni belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining devonlari Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Institutni qulay binoga joylashtirish masalasi hal etilishini tezlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda hukumat qarorlarini ushbu qoʻshma qarorga muvofiqlashtirsin, davlat boshqaruvi organlarining ushbu qoʻshma qarorga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Otamuratov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 29-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1808-III-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 29-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-375-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 04/18/1808-III/KQ-375/1993-son)