04.10.2018 yildagi 792-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Innovatsion rivojlantirish va vinochilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vino mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirishga va vino xomashyosi bazasini kengaytirishga ko‘maklashuvchi, uzumchilik, shu bilan birga uzumning yangi seleksiya navlarini o‘zlashtirishda innovatsion g‘oyalarni, zamonaviy texnologiyalarni faol tatbiq etish, shuningdek, fan va innovatsion yechimlar natijadorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini shakllantirish va jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zsharobsanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “O‘zsharobsanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan uzumchilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishlarini bepul moliyalashtirish maqsadida yuridik shaxsni tashkil etmagan holda “O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasini boshqaruv kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsharobsanoat” AJ ning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilova muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi asosiy manbalar hisobidan shakllantirilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan subsidiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining boshqaruv xodimlariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tarif koeffitsiyentlariga 1,7 hamda xizmat ko‘rsatuvchi (texnik) xodimlariga 1,3 miqdorida oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsharobsanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalari asosida 2018-yilning oxirigacha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga 15 milliard so‘m va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 15 milliard so‘m ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi va keyingi yillarning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozini va davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablag‘lar har yili kamida 10 foizga indeksatsiya qilingan holda, tegishli ravishda 80 milliard va 100 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
(5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zsharobsanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazorat va monitoring olib borsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
792-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 792-son qaroriga
1-ILOVA

“O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish kengashi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mustafayev O.

“O‘zsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisi, Kengash raisi

Karimov A.

Moliya vazirining o‘rinbosari, Kengash raisining o‘rinbosari

Niyazmatov B.

Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari

Vaxabov A.

Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

Fayzibayev O.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Abdullayev T.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Pulatov J.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi o‘rinbosari v.v.b.

Umarov S.

“O‘zsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

Viloyat hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (moliyalashtirilayotgan loyihani joylashuv hududi bo‘yicha)

Vapayev N.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, Kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning lavozimiga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 792-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinda tashkilot deb ataladi) tomonidan uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni beg‘araz moliyalashtirish Jamg‘armani tashkil etishning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil etiladi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan “O‘zsharobsanoat” AJ g‘aznachilik shaxsiy hisob varag‘ida jamlanadi hamda mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllanishi va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larining manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi budjetidan har yili ajratiladigan beg‘araz subsidiya mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat tashkilotlarining kredit (qarzlar) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum ko‘chatlarini sotib olish va ularni ekishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, shu jumladan dalalarga suv yetkazib berish, tomchilatib sug‘orish uskunalarini sotib olish, artezian quduqlarini, skvajina va suv saqlash ombori (rezervuarlar) yaratish, suv yetkazib berish uchun nasos hamda quvurlarni sotib olish, suvni saqlash uchun sig‘imlar sotib olish va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shpalerlar, simlar va to‘siqlar sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektroenergiya va boshqa resurslarning avtonom (transformator,gaz taqsimlovchi va nasos stansiyalari va boshqalar) manbalari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregatlarini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumning seleksion texnik navlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsharobsanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarning uzum plantatsiyalarini tashkil etish va rivojlantirish uchun olingan kredit va zayomlar bo‘yicha majburiyatlarini so‘ndirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari doirasidagi uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishda ham foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lardan qat’iy ravishda ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va ularni taqsimlash Jamg‘armani boshqarish kengashi (keyingi o‘rinda Kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma kengashining yig‘ilishini o‘tkazish uchun ishtirokchilar soni Kengash a’zolarining 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Yig‘ilishda ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy — ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash yig‘ilishi rejaga asosan har oyda yoki zaruriyat bo‘lganda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-dekabrga qadar Jamg‘armaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarni Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxatini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat bo‘lganda Jamg‘armaning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning tashkil etilishi va mablag‘lardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamg‘armaning ishchi organi — ekspert guruhi bo‘lib, u Kengash tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert guruhi tarkibi “O‘zsharobsanoat” AJ xodimlaridan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekspert guruhi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha hujjatlarni qabul qilib, tahlil qiladi va Kengash ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasi reja ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini tushumi miqdorini ko‘paytirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tushum manbalari hamda xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari hisobini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli foydalanishining texnik va moliyaviy nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarda Jamg‘armadan olingan mablag‘larni ishlatilishi va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotni qabul qiladi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha har chorakda hisobotlar tayyorlaydi va Kengashga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni Jamg‘arma hisobidan moliyalashtirilishi mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun tashkilotlar “O‘zsharobsanoat” AJga quyidagi hujjatlarni yozma ravishda yoki elektron shaklda taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablag‘ ajratish uchun ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili (pochta adresi), bank filialining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sis hujjatlari nusxasi (Ustav yoki ta’sis shartnomasi) va Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati aksiyadori va ta’sischilari (Kuzatuv kengashi, Boshqaruv), Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ta’sischilari (paychilar, ishtirokchilar) roziligi to‘g‘risidagi umumiy yig‘ilish bayonnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilikni rivojlantirish loyihasining biznes-rejasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisoboti nusxasi, to‘liq ilovalari bilan birga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatuvchi bankdan barcha hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari aylanmasi, hisob raqami holati va 2-sonli kartoteka mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish masalasi, taqdim etilgan loyiha qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda tashkilotning o‘z mablag‘lari yoki ularga tenglashtirilgan boshqa moliyalashtirish manbalari bilan ishtiroki bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasi va Vazirlar Mahkamasi qarori va topshiriqlari doirasidagi loyihalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkilotning loyihadagi ishtiroki quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim, agrotexnik tadbirlarni moliyalashtirish (jumladan yer haydash va erni ekishga tayyorlash, chizellash va boshqalar), qishloq xo‘jalik texnikalari uchun yonilg‘i-moylash materiallari sotib olish, mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalar sotib olish va boshqa moddiy aktivlar (ko‘chmas mulk, asbob-uskunalar, pul mablag‘lari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamg‘armadan loyihani moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish yoki mablag‘ ajratishni rad etish haqidagi qaror, ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun muddatda qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tashkilotning Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun taqdim etilgan hujjatlari ekspert guruhining mas’ul shaxslari tomonidan qabul qilinadi va mazkur Nizomning 12 — 14 bandlarida ko‘rsatilgan talablarga mosligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ekspert guruhi tomonidan 10 kun muddatda Kengash tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kengash Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 5 kun muddatda ko‘rib chiqadi va ushbu mablag‘larni ajratish yoki ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ekspert guruhi qabul qilingan qaror yuzasidan tashkilotni 1 kun muddatda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Uzumchilikni rivojlantirish loyihasini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha Kengash tomonidan qabul qilingan qaror asosida beg‘araz moliyaviy yordam ajratish to‘g‘risidagi shartnoma “O‘zsharobsanoat” AJ va tashkilot o‘rtasida 3 kun muddatda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamg‘arma mablag‘larining hisobi, ulardan foydalanish yuzasidan hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisobotini yuritish “O‘zsharobsanoat” AJning boshqa mablag‘lari hisobidan alohida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi qonunchilikda belgilangan tartibda (tushum manbalari va mablag‘larni foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha choraklar kesimida) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamg‘arma tomonidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi bo‘yicha va bajarilgan ishlar haqida tashkilotlar “O‘zsharobsanoat” AJga hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari haqidagi hisobotlar har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan, yil yakunlari bo‘yicha esa keyingi yilning 30-yanvaridan kechiktirmagan holda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari qaytarib olinmaydi va mazkur Nizomda belgilangan tartibda keyingi yilda foydalanish uchun qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi va “O‘zsharobsanoat” AJ bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 09/18/792/1996-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)