1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori bilan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini har yili Innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida topshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qo‘shma qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi buyurtmasiga asosan, belgilangan tartibda “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlarni taqdirlash tadbirlarini tashkil etish, ko‘krak nishonlar va ularning guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 2-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
786-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan har yili 1-apreldan 30-aprelgacha tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyalar taqdim etilgan takliflarni mazkur hudud yoki respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni ushbu hududga yoki respublika iqtisodiyotiga tatbiq etish darajasini hisobga olgan holda o‘rganib chiqadi va ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalarni har yili 1-iyungacha tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan oliy ta’lim muassasalari talabalarining hujjatlari oliy ta’lim muassasasida tuzilgan komissiyalar tomonidan o‘rganib chiqilib, oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi va ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar har yili 1-iyungacha oliy ta’lim muassasasi rektorining yo‘llanma xati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlar hujjatlarni ko‘rib chiqib, tegishli yig‘ilish qarorlari asosida har bir hududdan 3 nafardan tavsiya qilingan nomzodlarning hujjatlarini (ma’lumotnomalar, ularning ishlanmalari haqida annotatsiyalar (200 ta so‘zdan ko‘p bo‘lmagan), asosnomalar) har yili 20-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha har yili 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan komissiya tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar bo‘yicha hujjatlar ko‘rib chiqiladi va har yili 31-avgustgacha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida har yili 15-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qo‘shma qarori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti har yili Innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot nashrlarida va boshqa tegishli ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslarning respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlariga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oya va texnologiyalari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tegishli tarmoq yoki sohaga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlaridan bir nafardan hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan tavsiya etilgan shaxslar ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Ko‘krak nishoni takroran berilmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 209-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Mas’ullar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Amalga oshirish muddati
I bosqich
Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, tashabbuskor fuqarolar
1. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflarni shakllantiradi.
2. Ishlab chiqilgan takliflarni tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyaga taqdim etadi.
har yili 1-apreldan 30-aprelgacha
II bosqich
Tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyalar
1. Taqdim etilgan takliflarni hudud yoki respublika ehtiyojlaridan kelib chiqib hamda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni ushbu hududga tatbiq etish darajasini hisobga olgan holda o‘rganib chiqadi.
2. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalarni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
har yili 1-iyungacha
Oliy ta’lim muassasalarida tuzilgan komissiyalar
1. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlaydi.
2. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalarni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
har yili 1-iyungacha
III bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
1. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
2. Tegishli yig‘ilish qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadi.
har yili 20-iyungacha
IV bosqich
1. Innovatsion rivojlanish vazirligi.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi.
3. Komissiya
1. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi komissiya tashkil etadi.
2. Komissiya ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi va yakuniy xulosa qabul qiladi.
har yili 1-iyulgacha
har yili 31-avgustgacha
V bosqich
1. Innovatsion rivojlanish vazirligi.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
1. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qo‘shma qaror qabul qiladi.
2. Ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshiradi.
har yili 15-sentabrgacha
har yili Innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining old yuqori qismida uch qatorda balandligi 2 millimetr bo‘lgan “INNOVATSION G’OYALAR YETAKCNISI” yozuvi joylashgan, “G`OYALAR” so‘zining o‘ng va chap tomonlarida 1,5 millimetr uzoqlikda diametri 1,8 millimetrli sakkiz qirrali yulduz joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YETAKCNISI” so‘zidan 2,5 millimetr pastda balandligi 11,7 millimetr bo‘lgan innovatsiyaning ramziy belgisi — cho‘g‘lanma elektr chirog‘i aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining orqa tomoni markazida to‘rt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr bo‘lgan “INNOVATSION RIVOJLANISNDA YETAKCNILIGI UCNUN” so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uning atrofi diametri 30,5 millimetr bo‘lgan naqsh bilan hoshiyalangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida to‘g‘ri to‘trburchak shaklidagi qadag‘ichgacha ulangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 17 millimetr. Qadag‘ich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, lentaning o‘rtasidan eni 9 millimetrli oq rangli yo‘l, uning ikki chetidan esa eni 1,5 millimetrli qizil rangli ikkita yo‘l o‘tgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoyi lentaning chekka qismlari bo‘ylab har birining eni 5 millimetr bo‘lgan chap tomondagi chekka qismi ko‘k rangli va o‘ng tomondagi chekka qismi yashil rangli yo‘llar o‘tgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv. m qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) och yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Innovatsion g`oyalar yetakchisi”, ikkinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och havo rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda GUVONNOMA (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GUVONNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki chiziqdan 6,5 millimetr quyida, markazda oralig‘i 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O`zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Innovatsion rivojlanish vazirligi”, “O`zbekiston Yoshlar ittifoqining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-son qo`shma qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda “Innovatsion g`oyalar yetakchisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi so‘zlardan 10 millimetr pastda, chap va o‘ng tomonda oralig‘i 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Chap tomondagi matnning birinchi satrda “O`zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “innovatsion rivojlanish vaziri” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 8-kegl), o‘ng tomondagi matnning birinchi satrda “O`zbekiston Yoshlar ittifoqi”, ikkinchi satrda “Markaziy kengashi raisi” so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/786/1988-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)